Mustaqillik yillarida madaniy hayotda ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bu, avvalo, teatr san’ati rivojlanishida yaqqol sezila boshladi, yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi.
2015-yilning oktabrida rekonstruksiya qilingan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri
1993-yilning sentabrida “Turkiston” saroyi ish boshladi. 2009-yilda “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyi, 2011-yilda Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan tashkil topgan Ma’rifat markazi majmuasi maskanlari ochildi.
Simpoziumlar saroyi
2001-yil O‘zbek davlat akademik drama teatriga Prezident farmoni bilan “Milliy teatr” maqomi berildi.
“Milliy teatr”
Bu borada O‘zbekiston Yoshlar teatri, Ilhom teatri va Qashqadaryodagi “Eski masjid” teatr-studiyasi faollik ko‘rsatdi.
2018-yil O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzurida ilk bor harbiy teatr-studiya – «Turon» tashkil etildi.
2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy- texnika bazasini mustahkamlash belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Musiqa va raqs san’ati.
Mustaqillik davrida professional musiqa va raqsni rivojlantirish ishlariga ham e’tibor qaratildi. 1996-yil “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. “O‘zbekiston” ashula va raqs ansambli
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 1997-yil Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tuzildi.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yildagi qarori bilan har ikki yilda bir marotaba Samarqand shahrida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkazila boshlandi.
Birinchi festivalda dunyoning 31 mamlakatidan vakillar ishtirok etishdi.
1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festivali o‘tkazildi. Mazkur festivalda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlaridan ijrochilar ishtirok etishdi.
Tasviriy san’at.
Tasviriy san’at uchun mustaqillik keng imkoniyatlar yaratib berdi. Avvalo, 1997-yilda O‘zbekistonda birinchi bor Badiiy akademiya tashkil etildi.
Kino.
Mustaqillik yillarida milliy kino san’atini rivojlantirishga ham alohida etibor qaratildi. Dastlabki davrdagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlashlar 2004-yili “O‘zbekkino” milliy agentligi tashkil etilgandan keyin yangi bosqichga ko‘tarildi.