Sana: yil Ona tili fani Sinf: 10



Download 3,6 Mb.
bet67/173
Sana18.07.2021
Hajmi3,6 Mb.
#122210
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   173
Bog'liq
10 ona tili konspekt

Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar.

Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

Darsning borishi (reja):

I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi



II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish

III.Yangi mavzu bayoni:

Topshiriq. Berilgan gaplarda ko‘plik shakllarining qanday ma’no ifodalayotganini aniqlang.

1. Sevguchi Farhod va Shirinlar haqidagi go‘zal hikoya asrlar bo‘yi yashab kelmoqda. (Hamid Olimjon) 2. Soat beshlarda pedagogika institutiga bordik. (O‘. Umarbekov) 3. Qizlar o‘zlari yasagan katta ipak koptokni Gulshanga berdilar. (Abdulla Qodiriy)



46-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibidagi ko‘plik qo‘shim chalarining uslubiy vazifalarini ayting.

1. Do‘stlarimga Ra’noning bu gapi chunonam go‘zal dastak bo‘ldiki, o‘zlarini qushdek yengil sezganlaridan ochilib-sochilib, avvalgiday bordi-keldini avjlantirib yubordilar. (Komil Avaz) 2. Nomard ekan, chaldi bog‘lab qo‘llarim, Qiyo boqmay ko‘z yosh tomgan yuzimga. (Hamza) 3. Ham yana Erhubbi bo‘ladur tag‘o, Ammamizning erlaridur Nurato (Muqimiy) 4. Qizlar majlisi – gullar, lolalar, to‘tilar, qumrilar majlisi! (Abdulla Qodiriy) 5. Yosh oybeklar bayrog‘in ko‘taraylik ba landga. qari ifoda (A. Oripov) 6. Egila berib-egila berib, bellarim og‘rib ketdi, kapitan uka. (Tog‘ay Murod) 7. Opa, akamlarga bir bog‘ni ko‘rsatib chiqaman, maylimi? (O‘. Umarbekov)



47-mashq. Ko‘plik qo‘shimchasining grammatik ko‘plik va uslubiy vazifa bajarib kelgan o‘rinlarni aniqlang.

1. Bakovul ularning belbog‘larini boshqatdan boylab, omin deb fotiha berdi. (Said Ahmad) 2. Omon bo‘lsak, hademay Samarqand- u Farg‘onalarga ham borib qolgaymiz! (P. Qodirov) 3. Yaproqlari oqshom shabadasida ohista silkinib turgan bir tup o‘rik tagidan burilib o‘tdi-yu, muyulishda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. (O‘. Hoshimov)



48-mashq. Gaplarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardagi ko‘plik shaklini tushirib ko‘ring va yuz bergan ma’noviy o‘zgarishlarni izohlang.

1. U ellik yoshlarni qoralab qolgan, yuzlarida bitta ham ajini yo‘q, ko‘hlik ayol edi. (Said Ahmad) 2. O‘shanda ham, bu vagonda qayoqlarga ketayotganini emas, o‘sha Komilni o‘ylardi. (Asqad Muxtor) 3. So‘fi jim qoldi. Hatto ko‘zlariga yosh kelganday bo‘ldi. (Cho‘lpon) 4. Yig‘layberdi. Sovun yuqi qo‘llari bilan yuzlarimni, boshlarimni silab yig‘ladi. (E. Vohidov) 5. Boshlarida ulug‘vor shovullab daraxtlar mangu qo‘shiqlarini baralla aytar, oyoqlari ostida endi-endi to‘kilib, yer yuzini hali qoplab ulgurmagan xazonlar mayin shitirlar, quloqlari tagida sarin shaboda esib turar, yosh va baquvvat vujudlari sharobning yengil kayfidan mastona tebranib borardilar... (Ulug‘bek Hamdam) 6. Sen madorsizlanib qolgan oyoqlaringni zo‘rg‘a ko‘tarib, hovli eshigigacha bording. (Nazar Eshonqul) 7. Har bir kunda bir buyuk mazmun, Quyosh to‘kar boshlaringga zar, Tojixonlar tongi boshlangan Farg‘onadan Amuga qadar... (Hamid Olimjon) 8. Muloyim qo‘llarda ivib, suvga aylangandan keyin go‘zal ko‘zlarning supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko‘rar ekan bu ko‘kat! (Cho‘lpon)




Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish