Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar.
Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
D arsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
I.Tashkiliy qism.
|
2 minut
|
II.O’tilgan mavzuni tekshirish
|
10 minut
|
III.Yangi mavzuni bayoni
|
20 minut
|
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
|
8 minut
|
V.Darsni yakunlash va baholash
|
3 minut
|
VI.Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
Topshiriq. Berilgan gaplardagi qo‘shimcha izoh, qo‘shimcha ma’lumot bildirgan birliklarni aniqlang.
1. Ukamni men o‘zim (uyda kattalardan hech kim yo‘q edi) barvaqt uyg‘otdim. (A. Ahmedov) 2. Men yuvinish xonasi og‘zida qoldirilgan xaltani (og‘irgina ekan) olib, Tavakkalga berdim. (Sh. Xolmirzayev) 3. Oilamizdagi kattalarning (mening ham) shu kunlarda ko‘nglidagi niyat o‘sha tantanani tezroq va hamma havas qilgudek to‘kinroq qilib o‘tkazish edi. (A. Islomov)
96-mashq. Yozuvchi O‘. Hoshimov asarlarida qo‘llangan kiritmalarning ma’no nozikliklarini sharhlang.
1. Toshoyna tokchasidagi soat shoshilinch chiqillaydi (Valijon Novgorod tomonlardan olib kelgan batareyali soat). 2. Yangi rais (avvalgi Rais buva qamalib ketdi, uch yil bo‘ldi: pax tani qo‘shib yozgan ekan) majlis qildi. 3. Chap qo‘llab rasm chizsa (chapaqay edi), odamning aqli shoshardi. 4. Iskandarjon, jon bolam, – Bahri xola uning yelkasiga qoq di. – Chiqa qoling, qoqindiq.
97-mashq. Berilgan gaplardagi kirish va kiritmalarni subyek tiv baho ifodalashi yoki gap mazmuniga qo‘shimcha ma’no yuklayotganini ayting.
1. To‘g‘ri, tasodifiy hodisalar zumda unutiladi, xayol dan parishon bo‘lmagan taqdirda ham es-hushli odam zumda aqlini yig‘ib oladi. (Xurshid Do‘stmuhammad) 2. Shu payt zalning to‘ridagi sahnada musiqachilar (kirganimizda dam oli shayotgan edi, shekilli) gumbur-gumbur qilib, sozlarini chala ketishdi. (Sh. Xolmirzayev) 3. Aytaymi? Ishonasanmi, ishqilib?! (Xurshid Do‘stmuhammad)
98-mashq. Berilgan gaplardagi kiritmalarda ifodalangan qo‘shim - cha ma’lumot va izohlarning badiiy-mantiqiy qimmatini izohlang.
1. Hovli tomonda qo‘y ma’raydi (Valijonning to‘yiga atab boqilayotgan qo‘y). (O‘. Hoshimov) 2. Qizining o‘g‘irlanishi (aynan o‘g‘irlanganiga Asadbek shubha qilmaydi) ana shu yomg‘irdan nishon edi. (Tohir Malik) 3. Ertalab muzlatgichni (uning birdan bir boyligi) ochib, nonushtaga arzigulik hech vaqo yo‘qligini ko‘rib, ta’bi xira bo‘ldi. (Zulfiya Quroboy qizi)
99-mashq. Kirish va kiritmalarni subyektiv munosabat yoki qo‘shimcha ma’lumot ifodalashiga ko‘ra farqlang.
1. Bir kuni kirsa (Endi kelin bo‘lib tushgan paytlari edi), yana muk tushib o‘tiribdi. 2. Erining jahli tez chiqi shini yaxshi bilgan (Xudo biladi, hozir ham xayoliga nimalar keldi!) Gulbahor cho‘zib o‘tirmadi. 3. Unda nega og‘iz solishma yapti? To‘xta, to‘xta... kuni kecha uylanish haqida (hazillashib, albatta) gap ochganida... Yo‘q, hech narsa demadi, xuddi qiz lardek uyalib ketdi.
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan jilmaymoq so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘z lar ishtirokida gaplar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |