2-topshiriq. Tuyuqni o‘qing. Unda ishlatilgan shakldosh so‘zlarga izoh bering. Shakldoshlikning qanday leksik vositalar bilan yuzaga chiqqanini aniqlang.
Tig‘i ishqing yorasidur butmagan,
Dardini har kimga aytib butmagan.
Hajr sahrosidur ohim o‘tidin,
Anda gul yoxud giyohe butmagan. (Navoiy)
So‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish har qanday nutqning aniq va ta’sirli bo‘lishini ta’minlaydi. Bunda so‘zning leksik ma’nosi bilan bir qatorda uning uslubiy bo‘yog‘ini ham yaxshi bilish zarur. So‘zning u yoki bu uslubga xoslanganligi va so‘zdagi salbiy yoki ijobiy munosabat ifodasini bilmasdan turib, uni to‘g‘ri va maqsadga muvofiq holatda qo‘llab bo‘lmaydi. Qaysi uslub bo‘lishidan qat’i nazar, nutq tuzuvchi buni inobatga olishi lozim.
26-mashq. Berilgan she’rlarda qo‘llangan ma’nodosh so‘zlarni toping, ma’nodoshlikning qanday til vositalari o‘rtasida yuzaga chiqayotganligiga e’tibor bering.
1. Gunafshalar qulog‘imga madhingni So‘zlab-so‘zlab charchadilar, bitmadi… Alamzada bulbul yig‘lab, kechalar Alamingning so‘ngin tamom etmadi. (Cho‘lpon) 2. Maqtadim, ko‘kka ko‘tardim sizni men, Endi menga sizga yetmaklik qiyin. (Cho‘lpon
27-mashq. Anvar Obidjonning «Ota o‘giti» she’rini o‘qing. Sizga ham otangiz aytgan o‘gitlarni eslang va sinfdoshlaringiz bilan fikrlashing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nodoshlarini toping.
H
– Ey bolam, yot yurtga borsang,
«Ne atalur eling?» – derlar.
«Qay millatning vakilisan?
Bormi ona tiling?» – derlar.
Shunda: «Mening qutlug‘ tilim –
Navoiyning mehri, – degil.
– Yurtim Ulug‘beg-u Bobur,
Amir Temur yeri» – degil.
ar bitta so‘z – suvdek aziz,
Har bitta so‘z – nondek uvol.
Til boyligin bog‘ deb bilsak,
Har bitta so‘z – bitta nihol.
Biror so‘zni isrof qilmoq,
Bir ko‘chatni yulmoqlikdir.
Bora-bora ota meros –
Bog‘ni xarob qilmoqlikdir.
28-mashq. 4 guruhga bo‘lining va quyidagi ma’nodosh so‘zlar qatori asosida gaplar tuzing.
1. Do‘st—o‘rtoq—og‘ayni—birodar—oshna—yor. 2. Chiroyli—go‘zal— suluv—sohibjamol—barno. 3. Ko‘p—ancha—bisyor—talay—mo‘l—serob. 4. Tushunmoq— anglamoq—fahmlamoq—idrok qilmoq—ilg‘amoq.
29-mashq. Alisher Navoiy shohbaytlarida ilgari surilgan g‘oya haqida bahslashing. Qavs ichida berilgan paronim so‘zlardan mosini qo‘yib ko‘chiring va ularga izoh bering.
1. Hunarni asrabon netkumdur (oxir, axir, oxur), Olib tufroqqamu ketkumdur (oxir, axir, oxur). 2. Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz (ganch, ganj) ila. 30-mashq. «O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan chek so‘zining izohlariga e’tibor bering. Ularni gap ichida qo‘llang.
Do'stlaringiz bilan baham: |