Sana Texnologik xarita



Download 50,97 Kb.
Sana10.09.2017
Hajmi50,97 Kb.
#21840
Sana

Texnologik xarita

Mavzu

Geometrik progressiya

Maqsad, vazifalar

- o’quvchilarga geometrik progressiya to’g’risida tushuncha berish

- o’quvchilarda mehnatga ongli munosabatni tarbiyalash, ularda kasb-hunarga qiziqish uyg’otish

- o’quvchilarning xotirasi hamda diqqatini rivojlantirish


O’quv jarayonining mazmuni

O`quvchilarning geometric progressiya haqidagi tushunchasidan foydalanib misollar yechish qobiliyatini o’stirish, o’z ustida mustaqil ishlashga o’rgatish;

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub:Og`zaki bayon qilish, “hamkorlikda kichik guruhlarda ishlash”. Yangi bilimlar va tushuncha hosil qilish va o’zlashtirish darsi

Shakl:Suhbat–munozara, guruhlarga bo’lib ishlash, xotira mashqi,amaliy.

Vosita:Darslik,kompyuter, elktrondarslik, ko`rgazma, kartateka savollari.

Nazorat:Og`zak inazorat , savol–javob, o`z–o`zini nazorat qilish.

Baholash: Rag`batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash

Kuzatilgan natijalar

O`qituvchi: mavzu qisqa va barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtiriladi.O`quvchilar faolligi oshadi. O`quvchilarda darsga nisbatan qizizqish uyg`otadi. Mavzuda o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalardan kelib chiqqan holda o`quvchilar bilimi baholanadi. O`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishadi.

O`quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Og`zaki va yozma nutqi rivojlanadi. O`z–o`zini nazorat qilish, ijobiy va tanqidiy fikrlash ko`nikmasi shakllanadi.



1.

tashkiliy qism

2 daqiqa

2.

uyga vazifani tekshirish

5 daqiqa

3.

o’tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

4.

yangi mavzuning bayoni

22 daqiqa

5.

yangi mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

6.

o’quvchilarni baholash

3 daqiqa

7.

uyga vazifa berish

3 daqiqa

Darsning bayoni:

Tashkiliy qism: salomlashish, yo’qlama, sinfda psixologik iqlim yaratish, darsga tayyorgarlik
O’tgan mavzuni mustahkamlash:

  1. Arifmetik progressiya deb nimaga aytiladi?

  2. Sonli ketma-ketlik haqida tushuncha bering

  3. Arifmetik progressiya n-hadi formulasini ayting.


Yangi mavzuning bayoni:

Tomoni 4 sm bo’lgan teng tomonli muntazam uchburchakni qaraymiz. Uchlari berilgan uchburchak tomonlarining o’rtalaridan iborat bo’lgan uchburchak yasaymiz.

Uchburchak o’rta chizig’ining xossasiga ko’ra, ikkinchi uchburchakning tomoni 2 sm. Shu uchburchaklar tomonlarining uzunliklari ketma-ketligini yozamiz:

2, 1,

Bu ketma-ketlikda, ikkinchisidan boshlab, uning har bir hadi avvalgi hadni ayni bir xil songa ko’paytirilganinga teng. Bunday ketma-ketliklar geometrik progressiya deyiladi.

Ta’rif: Agar

b1, b2, b3, … , bn, …

sonli ketma-ketlikda barcha natural n uchun bn+1=bnq tenglik bajarilsa, bunday ketma-ketlik geometrik progressiya deyiladi, bunda bn0, q – nolga teng bo’lmagan biror son.

Bu formuladan ekanligi kelib chiqadi. q son geometrik progressiyaning maxraji deyiladi.

1-masala: bn=72n formula bilan berilgan ketma-ketlik geometrik progressiya bo’lishini isbotlang.

Barcha n larda bn=72n0 ekanligi ma’lum. bo’linma barcha n lar uchun n ga bog’liq bo’lmagan ayni bir xil songa tengligini isbotlaymiz.

Ya’ni bo’linma n ga bog’liq emas.

Agar progressiyaning barcha hadlari musbat bo’lsa, u holda boladi, ya’ni geometrik progressiyaning ikkinchisidan boshlab har bir hadi unga qo’shni bo’lgan ikkita hadning o’rta geometrigiga teng. “Geometrik” progerssiya degan nom shu bilan izohlanadi.

Geometrik progressiyaning hadlarini rekurrent formula bo’yicha hisoblash mumkin. Geometrik progressiyaning n-hadi formula bilan topiladi.

2-masala: Agar b1=81 va bo’lsa, geometrik progressiyaning yettinchi hadini toping.



3-masala: 486 soni 2, 6, 18, … geometric progressiyaning hadi. Shu hadning nomerini toping.

486=2·3n-1

243=3n-1

35=3n-1 n-1=5 n=6

Mustahkamlash:

  1. Geometrik progressiya deb nimaga aytiladi?

  2. Geometrik progressiyaning maxraji qanday topiladi?

  3. Progressiyaning “geometrik” deb nomlanishini tushuntiring.

  4. Masalalar yechish. 429-432 masalalar (toqlari)

O’quvchilarni baholash: o’quvchilar 1 balldan 5 ballgacha baholanadilar.

Uyga vazifa: 429-432 masalalar (juftlari; 170-bet)

Darsni yakunlash va xayrlashish.
Download 50,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish