Sana
Texnologik xarita
Mavzu
|
Geometrik progressiya
|
Maqsad, vazifalar
|
- o’quvchilarga geometrik progressiya to’g’risida tushuncha berish
- o’quvchilarda mehnatga ongli munosabatni tarbiyalash, ularda kasb-hunarga qiziqish uyg’otish
- o’quvchilarning xotirasi hamda diqqatini rivojlantirish
|
O’quv jarayonining mazmuni
|
O`quvchilarning geometric progressiya haqidagi tushunchasidan foydalanib misollar yechish qobiliyatini o’stirish, o’z ustida mustaqil ishlashga o’rgatish;
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub:Og`zaki bayon qilish, “hamkorlikda kichik guruhlarda ishlash”. Yangi bilimlar va tushuncha hosil qilish va o’zlashtirish darsi
Shakl:Suhbat–munozara, guruhlarga bo’lib ishlash, xotira mashqi,amaliy.
Vosita:Darslik,kompyuter, elktrondarslik, ko`rgazma, kartateka savollari.
Nazorat:Og`zak inazorat , savol–javob, o`z–o`zini nazorat qilish.
Baholash: Rag`batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash
|
Kuzatilgan natijalar
|
O`qituvchi: mavzu qisqa va barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtiriladi.O`quvchilar faolligi oshadi. O`quvchilarda darsga nisbatan qizizqish uyg`otadi. Mavzuda o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalardan kelib chiqqan holda o`quvchilar bilimi baholanadi. O`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishadi.
O`quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Og`zaki va yozma nutqi rivojlanadi. O`z–o`zini nazorat qilish, ijobiy va tanqidiy fikrlash ko`nikmasi shakllanadi.
|
1.
|
tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2.
|
uyga vazifani tekshirish
|
5 daqiqa
|
3.
|
o’tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
4.
|
yangi mavzuning bayoni
|
22 daqiqa
|
5.
|
yangi mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6.
|
o’quvchilarni baholash
|
3 daqiqa
|
7.
|
uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Darsning bayoni:
Tashkiliy qism: salomlashish, yo’qlama, sinfda psixologik iqlim yaratish, darsga tayyorgarlik
O’tgan mavzuni mustahkamlash:
-
Arifmetik progressiya deb nimaga aytiladi?
-
Sonli ketma-ketlik haqida tushuncha bering
-
Arifmetik progressiya n-hadi formulasini ayting.
Yangi mavzuning bayoni:
Tomoni 4 sm bo’lgan teng tomonli muntazam uchburchakni qaraymiz. Uchlari berilgan uchburchak tomonlarining o’rtalaridan iborat bo’lgan uchburchak yasaymiz.
Uchburchak o’rta chizig’ining xossasiga ko’ra, ikkinchi uchburchakning tomoni 2 sm. Shu uchburchaklar tomonlarining uzunliklari ketma-ketligini yozamiz:
2, 1, …
Bu ketma-ketlikda, ikkinchisidan boshlab, uning har bir hadi avvalgi hadni ayni bir xil songa ko’paytirilganinga teng. Bunday ketma-ketliklar geometrik progressiya deyiladi.
Ta’rif: Agar
b1, b2, b3, … , bn, …
sonli ketma-ketlikda barcha natural n uchun bn+1=bnq tenglik bajarilsa, bunday ketma-ketlik geometrik progressiya deyiladi, bunda bn≠0, q – nolga teng bo’lmagan biror son.
Bu formuladan ekanligi kelib chiqadi. q son geometrik progressiyaning maxraji deyiladi.
1-masala: bn=72n formula bilan berilgan ketma-ketlik geometrik progressiya bo’lishini isbotlang.
Barcha n larda bn=72n≠0 ekanligi ma’lum. bo’linma barcha n lar uchun n ga bog’liq bo’lmagan ayni bir xil songa tengligini isbotlaymiz.
Ya’ni bo’linma n ga bog’liq emas.
Agar progressiyaning barcha hadlari musbat bo’lsa, u holda boladi, ya’ni geometrik progressiyaning ikkinchisidan boshlab har bir hadi unga qo’shni bo’lgan ikkita hadning o’rta geometrigiga teng. “Geometrik” progerssiya degan nom shu bilan izohlanadi.
Geometrik progressiyaning hadlarini rekurrent formula bo’yicha hisoblash mumkin. Geometrik progressiyaning n-hadi formula bilan topiladi.
2-masala: Agar b1=81 va bo’lsa, geometrik progressiyaning yettinchi hadini toping.
3-masala: 486 soni 2, 6, 18, … geometric progressiyaning hadi. Shu hadning nomerini toping.
486=2·3n-1
243=3n-1
35=3n-1 n-1=5 n=6
Mustahkamlash:
-
Geometrik progressiya deb nimaga aytiladi?
-
Geometrik progressiyaning maxraji qanday topiladi?
-
Progressiyaning “geometrik” deb nomlanishini tushuntiring.
-
Masalalar yechish. 429-432 masalalar (toqlari)
O’quvchilarni baholash: o’quvchilar 1 balldan 5 ballgacha baholanadilar.
Uyga vazifa: 429-432 masalalar (juftlari; 170-bet)
Darsni yakunlash va xayrlashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |