Sana: __________
Sinfi: _________
O’quvchi soni: _______
Qatnashdi: _______
Fan: Musiqa
Mavzu: Atoqli o’zbek san’atkorlari va musiqiy jamoalari.
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu: Atoqli o’zbek san’atkorlari va musiqiy jamoalari.
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Musiqa ta’limiga oid shakillangan tushunchalarni rivojlantirish.
Soatlar soni: 1 soat
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi: O’quvchilargning mustaqil bilimini, sinf fonotekasida mavjud bo’lgan Tuyg’un Alimatov, Orifxon Hotamov, Fattohxon Mamadaliyev ijro etgan asarlari yuzasidan bilim, ko’nikmalarini taqqoslash.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Dars turi: Yangi bilim beruvchi, Musiqiy darsi.
Metod: Noananaviy,interfaol, klaster
Shakl: Jamoa, guruh bilan ishlash
Jihoz: Mavzuga doir ko'rgazmalar, kompyuter, proyektor, darslik va nota daftar, o‘quv qurollari.
Nazorat: O’quvchilarning darsdagi faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: O’quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.
|
Darsning maqsad va vazifalari:
|
Maqsadlar: Maqsadlar:
|
Ta’limiy: O’quvchilarga mavzu haqida tushuncha berish, anoqli o’zbek san’atkorlari va ularning musiqalari bo’yicha bilim, ko’nikma hosil qilish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarga musiqaning inson hayotidagi o‘rni, aql-idrokni rivojlantirishda uning ahamiyatini o‘rganish.
Rivojlantiruvchi Rivojlantiruvchi: Musiqa fani orqali hayotni to`g`ri tasavvur eta olish malakasini o`stirish. Mantiqiy fikrlashga o`rgatish.
|
Kutilayotgan natija: Dars yakunida o’quvchilarning o’rgangan atoqli o’zbek san’atkorlari musiqalari bo’yicha olgan bilim ko’nikmalari mustahkamlanadi.
|
Dars jarayoni va texnologiyasi
Bosqichlar
|
Mazmuni
|
Vaqti
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
Salomlashish. O’quvchilarni darsga tayyorgarligi, sinfda psixologik muhit yaratish.
|
7 daqiqa
|
2-bosqich. O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash
|
O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, hamda uyga vazifa bajarilganligini tekshirish.
|
7 daqiqa
|
3-bosqich. Yangi mavzu bayoni
|
Yangi mavzuning mazmunini tushuntirish. O’quvchilarda yangi mavzu haqida bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilinadi.
|
25 daqiqa
|
4-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash
|
O’quvchilarni egallagan bilim, ko’nikma va malakalari savol-javob orqali aniqlanadi. O’quvchilar rag’batlantiriladi.
|
4 daqiqa
|
5-bosqich. Darsni yakunlash, o’quvchilarni baholash va uyga vazifa berish
|
Baholarni e’lon qilish, uyga vazifani tushuntirish, o’quvchilar bilan xayrlashish.
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi:
Dars epigrafi:
Bir do‘stki, hech kimga bermagan azob,
Uzoq sinab ko‘rdim bilsang o'qitob.
Sirni yashirmaydi o'quvchisidan,
Xabar berar senga yozuvchisidan.
Jilvada sen bilan bo'lib u ulfat,
Jimgina ko‘radi yoqimli suhbat.
Dars shiori:
Zakovatli uqadi, bilimdon biladi Bilimli, zakovatli tilakka yetadi.
Dars muammosi:
Bizni xorlikka solgan, begumon bildik bilimsizlik Degaymiz ong uchun, ox ongsizlik-bilimsizlik Demoqchimiz ilm, odob tug‘sin, fazl o’lib nomi 0‘shangdon bir farzandin lazzat olsin bu jahon komi.
Dars rejasi:
-
0‘quvchining kirish so‘zi.
-
Musiqa san’ati haqida ma’lumot.
3.Sinf fonotekasida mavjud bo’lgan Tuyg’un Alimatov, Orifxon Hotamov, Fattohxon Mamadaliyev ijro etgan asarlaridan lavhalar tinglash.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni sinf jurnaliga qayd qilish.
Faollashtiruvchi savollar:
-
Musiqaning inson haytidagi roli qanday?
-
Musiqa odamlarning ma’naviy boyligini shakllantirishdagi va ularni tarbiyalashdagi ahamiyati inobatga olinib Prezidentimiz tomonidan qanday o’quv maskanlari ochilgan?
v) Alla eshitib katta bo’lgan bolalar kelajakda qanday farzand b’lib yetishadilar?
g) Hozirgi zamon musiqa madaniyatiga qaysilar kiradi?
d) Musiqa haqida buyuk ajdodlarimiz qanday fikrlar aytganlar?
Savollar orqali o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
- Yangi davr O’zbekiston musiqa madaniyati haqida nimalarni bilasiz?
- “O’z yurtingni sayr etsang” qo’shig’ini o’quvchilardan so’rash, bilimlarini rag’batlantirish.
0’qituvchining kirish so‘zi
Yangilik o‘zgarishdan
Bizning ko'nglimiz ham shod Kirib kelgan yilingiz
Nomi “Sog’lom ona va bola"
Qadrli va aziz o‘quvchilar! Siz bizning yorqin kelajagimiz, ona vatanimizning g‘ururi iftixori, ertagingi kunimizning davomchilarisiz.
Prezidentimizning farmoni bilan 2016-yil “Sog’lom ona va bola ” yili deb e’lon qilingan ekan, bu bilan sizning imkoniyatlaringiz yanada kengayadi. Maktab dargohlarida sizning kamolotga erishishingizda keng yo‘l ochib beradi. Hamma ezguliklar bilim tufaylidir.U tufayli ko‘kka yo‘l topiladi. Bu ishda sizning eng yaqin ko‘makdoshingiz, ilm olishingizda yo‘l boshchi, bunyodkorlik ishlarida, aql idrokning rivoj topishida beminnat yordamchi do‘st, ilmu donishning asosi musiqa ham yordam beradi. Qani, musiqa biz uchun nima? Oddiy buyum yoki ... Keling shu savollarga javob topaylikchi?
Ey o‘quvchi: Kishi uchun musiqadan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo‘qdir. Musiqa balog‘atga, latofatga, tengi yo‘q munofiqlardan holi hamroxdir. Yolg‘izlikda va g‘amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoqdir na gina. U shunday hamdamki so‘zlarida yolg‘on va xato bo‘lmaydi.
Mana fikrlaringizni eshitdik. Ozmi-ko‘pmi musiqa haqida bilimingiz bor! Bugungi darsimizda fikrlar davomi sifatida shunday mavzuni o‘tamiz.
Yangi mavzu bayoni:
ATOQLI 0‘ZBEK SAN’ATKORLARI VA MUS1QIY JAMOALARI
0‘zbekiston o‘z davla t Mustaqilligiga erishgan kundan boshlab uning musiqa san'ati rivojida katta o'zgarishlar ro’y bera boshladi. Bunda, eng avvalo, buyuk ajdodlarimizdan bebaho ma’naviy meros qolgan mumtoz musiqa (maqom, ashula, kalta ashula, suvora va b.) asarlarini xalqimiz orasida keng targ'ib qilish ishlari juda muhim o'rin tutmoqda! Albatta, bu kabi ijodiy ishlarni amalga oshirishda atoqli san'atkor-ijrochilarning xizmatlari beqiyosdir. Jumladan, otaxon san'atkorlardan -0‘zbekiston xalq artisti Turg'un Alimatov maqomlarda mujassam ma’naviy go'zalliklarni tanbur-u satoda, g‘ijjag-u dutorda badiiy «jonlantirib», xalqimiz olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda. 0‘zbekiston xalq artistlari G'anijon Toshmatov, G’ulomjon Hojiqulov, Abduhoshim Ismoilov, O'lmas Rasulov kabi mahoratli sozandalar ham o'zlarining betakror g‘ijjak nolalari, o‘ziga xos ijro sayqallari bilan mumtoz musiqa hamda zamondosh bastakorlarning asarlarini «bezak»lashga musharraf bo‘ldilar.
Shuningdek, 0‘zbekiston xalq hofizlari Orifxon Hotamov, Faltohxon Mamadaliyev, Ochilxon Olaxonov, Muhammadjon Karimov, Quvondiq Iskandarov, Hasan Rajabiy, Mahmud Tojiboyev, O'zbekiston xalq artistlari Otajon Xudoyshukurov, Munojot
Yo'lchiyeva va Maryam Sattorovalar maqom ashula yo'llari, Yevropa hamda bastakorlar asarlarini go‘zal tarzda ijro etishga erishdilar.
Ayni paytda, mumtoz maqom va xalq musiqa ijodiyoti namunalarini tinglovchiga bekam-u ko‘st taqdim etishda O'zbekiston Teleradiokompaniyasi huzuridagi Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli, Olmas Saidjonov rahbarligidagi an'anaviy ansambil, Xorazm viloyat televideniyasi huzuridagi Hojixon Boltayev nomidagi «Maqom» ansambli, O'zleleradiokompaniyasi huzuridagi «Dutorchilar» ansambli singari ijodiy jamoalarning ham alohida o'rni bor.
Shu bilan birga hozirgi davr 0‘zbekiston musiqa san'atida asosan kompozitorlik ijodiyoti asarlarini yangi turda ijro etishga mo'ljallangan jamoalar faoliyati ham ko‘zga tashlanadi. Bu borada ayniqsa «Sug‘diyona» xalq cholg‘ulari kamer orkestri, O‘zteleradiokompaniyasi kamer orkestri, O'zbekiston milliy simfonik orkestri, Doni Zokirov nomidagi xalq cholg'ulari orkestri va To'xtasin Jalilov nomidagi xalq cholg'ulari orkestrining konsert chiqishlari e'tiborli bo’lmoqda.
O’quvchilarga mavzu mazmunini tushuntirib, Salohiy she’ri, Orifxon Hotamov musiqasi bilan “Ey o’g’ul” qo’shig’ini kuylash…
Rauf Tolibov she’ri, Nadim Norxo’jayev musiqasi bilan “Bahor madhi” qo’shigini birgalikda kuylash. O’quvchilarni dars jarayonida egallagan bilimlarini tekshirish:
-
Atoqli o’zbek san’atkorlaridan kimlarni bilasiz?
-
“Bahor madhi” qo’shig’ini nota daftarga ko’chirib, kuylashga harakat qiling.
O’quvchilar bilimi baholanib, g‘olib guruh aniqlanadi va o‘quvchilar baholari e’lon qilinib tahlil qilinadi.
Dars yakuni:
Uyga vazifa.
“Bahor madhi” qo’shig’ini nota daftaringizga ko’chiring va qo’shiq she’rini yod oling.
Darsmiz bo’ldi yakun.
Uzr kamchilik uchun,
Diqqat, qunt uchun rahmat,
Burcha bo 'lsin salomat!
Do'stlaringiz bilan baham: |