Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning jihozi: mavjud texnika vositalari, jadvallar.
Darsning rejasi:
1. Egalik qo’shimchalari.
2. Egalik qo’shimchalarining yozilishi.
O’qituvchi darsni I - va 2-topshiriqlarni bajartirishdan boshlaydi. So’ng so’zlovchi, tinglovchi va o’zgani ifodalovchi I, II, III shaxs birlik hamda ko’plik haqida ma'lumot beradi. Unli va undosh tovushga tugagan ikki so’zga egalik qo’shimchalarini qo’shib, ulardagi o’zgarishlarni ko’rsatadi.
I shaxs onam, uyim, onamiz, uyimiz
II shaxs onang, uying, onangiz, uyingiz
III shaxs onasi, uyi, onasi (lari), uyi (lari)
Asosiy e'tibor egalik qo’shimchasi qo’shiiayotganda o’zakda ro’y berayotgan o’zgarishlarga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |