7-sinf kimyo DARS MAVZUSI: . AMALIY MASHG‘ULOТ №7. SULFAТ KISLOТA BILAN MIS (II)-OKSID, SHUNINGDEK ТEMIR (III)-OKSID ORASIDAGI ALMASHINISH REAKSIYALARINI OLIB BORISH VA REAKSIYA MAHSULOТLARINI ERIТMADAN AJRAТISH Darsning maqsadi: Talimiy maqsad: Ushbu amaliy ish mashg‘ulotni bajarish o‘quvchilarning kimyoviy reaksiyalarning sodir bo‘lish shart-sharoitlarini tushunib olishlarini ta’minlaydi va nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish malakasini shakllantiradi.
Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarni kimyo faniga qiziqishlarini oshirish va fan bo’yicha tasavvurlarini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni fan bo’yicha mustaqil ishlarni bajarishga va turli masalalarni qulay usullarda ishlashga yo’naltirish.
Darsning borishi:
Tashkiliy davr:a)Salomlashish; b)Davomatni aniqlash;
c)Navbatcilik nazorati; d)Uy ishi nazorati.
Yangi mavzu bayoni Mis (II)-oksid va temir (III)-oksidning sulfat kislota bilan o‘zaro ta’sirlashuvini parallel tarzda olib borish mumkin.
Metall oksidlarining sulfat kislota bilan ta’sirlashuv reaksiyasi yoziladi.
Probirkaga 5 ml sulfat kislota eritmasidan ehtiyotlik bilan quyiladi. Eritmani qaynaguncha qizdiriladi. Sulfat kislota bilan ishlashda va qizdirishda juda ehtiyot bo‘ling!
Sulfat kislotaning qaynoq eritmasiga shisha tayoqcha bilan aralashtirilib turgan holda oz-ozdan mis (II)-oksid qo‘shiladi va oksid erimay qolguncha bu jarayon davom ettiriladi.
Eritmani chinni kosachaga filtrlab olinadi va kosacha shtativ xalqasiga o‘rnatiladi. Тuz kristallari hosil bo‘lguncha spirt lampasi alangasida qizdiriladi.
Olingan tuz kristallari tashqi ko‘rinishiga e’tibor bering.
Тajribada ishlatilgan moddalarning tashqi ko‘rinishiga, rangiga e’tibor bering.
Bajarilgan ish yuzasidan quyidagi tartibda hisobot yoziladi: Ishning mavzusi
Bajariladigan ishda kerakli jihozlar va reaktivlar ro‘yxati
Ishni bajarishdagi har bir qismni alohida nomlab, ishni bajarish tartibini qisqacha izohlanishi. Ishni bajarish jarayonida ishlatilgan asboblarning rasmini chizish. Sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan xulosalar berish.
Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozish.
Ish davomida olingan natijalar yuzasidan yakuniy xulosalarni bayon etish.
Uyga vazifa: Amaliy ish natijalarini muhokama qilish.