Sana: Sinf: 7 Fan



Download 1,66 Mb.
bet2/3
Sana01.07.2022
Hajmi1,66 Mb.
#728656
1   2   3
Bog'liq
Mavzu somoniylar

Darsning shiori: “Tarixiy xotirasiz, kelajak yo`q”.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. (3 daqiqa)
a) Psixologik iqlim yaratish (Salomlashish, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligini baholash, sana, davomat va ob-havoni aniqlash ).
b) Darsning mavzusi va masadini e`lon qilish.
d) Darsda o`zlashtirilayotgan bilim, ko`nikma va malakalarni e`lon qilish:
e) O`quvchilarni guruhga bo`lish. Guruhlarga “Somoniylar ”, “Mirzo Ulug`bek” va “Bobur” nomlarini berish.
f) Darsning oltin qoidalarini ishlab chiqish.
1. O`zaro hamkorlik.
2. Do`stlik.
3. Topqirlik.
4. Tezkorlik.
5. Zukkolik.
6. Hamjihatlik.
i) Baholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so`zlari yozilgan shakllar.
Yangi Mavzu bayoni;
Davlatning tashkil topishi
Movarounnahrning birlashuvi Somoniylar davlatining vujudga kelishi
Bu davrda Movarounnahrning Samarqand, Farg‘ona, Toshkent va Ustrushona viloyatlarida noiblik qilayotgan somoniylar xonadonining siyosiy hayotida ham asta-sekin birmuncha o‘zgarisÛar yuz beradi. Yurtga awal Nux, so‘ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri o‘z hukmronligi davrida o‘z nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o‘g‘li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. Buxoro vohasi, Naxshab (Qashqadaryo), Chag‘onrud (Surxondaryo) vodiylaridan tashqari Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko‘radi. Tohiriylar davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan o‘zgarib, istiqlol uchun qulay sharoit paydo bo‘ladi. O‘z holiga tashlab qo‘yilgan Buxoro ahli hatto safforiylarga tobe bo‘lishni xohlamaydi. Shahar zodagonlari somoniylarga muroj’aat qilib, Samarqandga Nasr huzuriga elchilar yuboradilar, undan Buxoroni o‘z qo‘l ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga hokim qilib yuborishni so‘raydilar. Nasr bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, ukasi Ismoilni (874) Buxoroga noib qilib yuboradi. Shunday qilib, IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o‘tib, u o‘z mustaqilligini tiklab oladi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Nasr o‘zini butun Movarounnahrning boshlig‘i deb hisoblay boshlaydi. Garchi ukalari Shosh viloyatining noibi Yoqub va Farg‘ona hokimi Asadlar o‘z nomlari bilan chaqa pul zarb etib o‘zboshimchalik qilsalar ham, ammo u somoniylar hukmronligi tarixida birinchi bo‘lib kumush dirham zarb etadi. Kumush tangalar chiqarish davlat mustaqilliginmg ramzi hisoblanib, to shu vaqtgacha xalifalik viloyatlarida faqat tohiriylargina bunday dirhamni zarb etish huquqiga ega edilar. Shunday bo‘lsa-da, Buxoro noibi Ismoil akasi Nasrga itoat qilishni istamaydi. O‘ziga berilgan viloyatni mumkin qadar iqtisodiy jihatdan mustaqil idora qilishga intiladi. Samarqandga Nasrning xazinasiga yuboriladigan har yilgi soliqlarni turli bahonalar bilan to‘xtatib qo‘yadi. Natijada aka-uka o‘rtasida adovat oaydo bo‘ladi. U 888-yildagi jangga olib keladi. Jangda Nasr ‘shinlari tor-mor keltiriladi. Shu yildan boshlab Ismoil butun Movarounnahrni birlashtirib, uning yagona hukmdori bo‘lib oladi.Ismoil Somoniy o‘rta asrlarning qobiliyatli, serg‘ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirgach, mustahkam feodal davlatni tuzishga intildi. U o‘z Vatanida barqaror tinchlikni ta’minlab, uni mustahkamlashda hukmronUk qobiliyatining hamma nozik xususiyatlarini ishga soldi. Awalo katta qo‘shin to‘plab, ko‘chmanchilar dashtiga askar tortdi. 893-yilda Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi. Bu somoniylar davrida ko‘chmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish bo‘ldi. Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga bo‘lgan uzluksiz bosqinlari barham topib, o‘troq aholi endilikda vohalar atrofi bo‘ylab yuzlab kilometrga cho‘zilgan mudofaa devorlari-yu, son-sanoqsiz qal’alarni bino qilish va ularni muttasil ta’mirlab turishdek og‘ir va mashaqqatli mehnatdan va tashvishdan forig‘ bo‘ldi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro vohasining atrofini o‘rab turgan qadimiy mudofaa inshooti Kampirak devorining har yilgi odatiy hashari to‘xtalib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha Amir Ismoil o‘zining kuchli qo‘shinlarini nazarda tutib, "Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men bo`laman", - deb aytgan ekan.Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishib, bu diyorda somoniylar davlatining tobora kuchayib borishi shubhasiz sharqiy viloyatlardan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum bo‘lgan Arab xalifaligini, bir tomondan, nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan cho‘chitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to‘qnashtirishga va bu ikki davlatnihar ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda, ma`lum darajada, o‘z ta’sirini qayta tiklashga harakat qiladi. 900-yilda ular o‘rtasida boshlanib ketgan urush Ismoilning g‘alabasi bilan tugaydi. Butu’n Xuroson somoniylar qo‘l ostiga o‘tadi.
Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday ulkan davlatini tan olishga va unga hukmdorlik yorlig‘ini yuborishga majbur bo‘ladi. Shunday qilib, IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos bo‘ldi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni o‘z qo‘li ostida kuchli bir davlat qilib birlashtirdi. Xu-rosonda tashkil topgan Saffo-riylar davlatiga barham berdi va uni o‘z davlatiga qo‘shib oldi. Natijada poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan zamonasining eng yirik mustaqil feodal davlati tashkil topdi. Bu davlatni somoniylar xonadonidan bo‘lgan hukmdorlar - amirlar X asr oxirlarigacha idora qiladilar.Movarounnahr mustaqilligining barqarorligi avvalambor markazlashgan mustahkam hokimiyatning qaror topishiga bog‘liq edi. Buni yaxshigina anglagan somoniylar o‘z tasarrufidagi ulkan mamlakatni boshqarishda dastawal ixcham davlat ma’muriyatini tashkil etdilar. U podsho dargohi va devonlar - markaziy hokimiyatdan iborat edi. Dargohda amir xarami va qarorgohi hamda saroy a’yonlari, navkar va xizmatkorlarining turar joylari bo‘lardi. Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar davlati asosan vazir, mustavfiy, amidul mulk, sohibi shurat kabi o‘nta devonlar boshqaruvida idora etilardi. Ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanar va davlatning ma’muriy, siyosiy va xo‘jalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida tutib turilardi. Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi. Nasr II (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi inana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli, ruhoniy va zodagon dehqonlardan bo‘libgina qolmasdan, shu bilan birga muayyan bilimlarga ega bo‘lishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini puxta egallab olgan. Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan turli fanlardan birmuncha xabardor bo‘lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan. Shubhasiz, bu o‘rta asrlarnmg o‘ziga xos feodal-amaldorlik madaniyati edi.Qadimiy an’analarga asoslangan bu madaniyat somoniylar davrida ancha-muncha boyitilgan edi.Markaziy mahkama viloyatlardagi mahalliy boshqarmalar bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Viloyatlarda barcha devonlarning vakillari bo‘lgan. Viloyat devonlari bir tomondan mahalliy hokimga, ikkinchi tomondan esa, markaziy mahkamaning tegishli devoniga bo‘ysunar edilar. Viloyat hokimlari ba’zan vazir deb yuritilardi. Mansabdorlarning xizmat haqi uchun davlatning yillik daromadi (budjeti) ning deyarli yarmi sarf etilar edi. Shu bilan birga X asrlarda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar in’om qilina boshlaydi. Ayniqsa u XI asrda keng yoyiladi. Bunday mulkka "iqto‘", unga ega bo‘lgan mulkdorlar "muqto‘" yoki "iqto ‘dor" deb yuritilardi. Iqto‘ tarzida esa ayrim viloyat, voha yoki shaharlar va tumanlar hadya etilgan. Iqto‘ dastawal asosan oliy tabaqa zodagonlar: sulola’ a’zolari-amirzodalar va yirik mansabdorlarga in’om etilgan. Iqto‘ mulklari awalda bir umrga emas, balki ma’lum muddatga berilib, nasldan-naslga o‘tkazilmagan. Iqto‘dorlar hadyaga berilgan mulklarga hali to‘la egalik qila olmaganlar. Ular iqto‘ yerlaridan tushadigan daromad yoki uning ma’lum qisminigina yig‘ib olish huquqiga ega bo‘lganlar, xolos. Butun bir viloyat iqto‘ qilib berilgan noib - vazirga ba’zan o‘z nomi bilan chaqa pul zarb etish huquqi ham berilar edi. Bu shubhasiz, 0 z navbatida markaziy hokimiyatni kuchsizlantirib, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlarining kuchayishiga olib edi.Movarounnahr mustaqillikka erishib, Somoniylar davlatining qaror topishi va uning ravnaqida islom dini mhoniylarimng hissasi katta bo‘ldi. Shu boisdan ularning obro‘si oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda ko‘plab ibodatxonalar, shu jumladan jome’ masjid, xonaqo (g‘aribxona) va nomozgoh (iydi ramazon va iydi qurbon ibodatlari o‘qiladigan sajdagoh) lar bino qilindi. Xuddi shu davrda musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh madrasalardan bin Buxoro shahrida qad ko‘tardi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi shaharning Darvozayi Mansur mahallasida xon hammomining yonida joylashgan edi. Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga bu davrda "ustod" deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom tark etilib, din peshvolari va islom ulamolarining rahnamosi "shayxulislom" nomi bilan yanada ulug‘landi. Ustoddan keyin "xatib" lar turardi. Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat beradilar. Masjid, madrasa va xonaqolar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-u xarajatlari uchun katta-katta mulklar ajratilib beriladi. Natijada diniy muassasalar tasarrufidagi yerlar kengayib, yangi turdagi diniy-feodal xo‘jaligi tarkib topadi.Somoniylar tashqi va ichki dushman xurujlaridan mamlakatni muhofaza qilish masalasiga katta e’tibor beradilar, Xususan Ismoil Somoniy yaxshi qurollangan harbiy qo‘shkuva maxsus saroy muntazam sarbozlar qismini tuzadi. Muntazam sarbozlar oliy dargoh va shaxsan armrni hamda uning xaramini qo‘riqlash uchun turk g‘ulomlaridan tuzilgan edi. Turkiston va Movarounnahr harbiy xizmatchi, mohir chavandoz turk o‘smirlarini qadimdan doimiy ravishda voyaga yetkazib kelgan bo‘lsa ham, ammo faqat somoniylargina turk yigitlarini birinchilar qatorida saroyning shaxsiy sarbozlari safiga tortgan edilar. Saroy sarbozlariga qabul qilingan o‘spirin turk g‘ulomining harbiy xizmati ma’lum muddatga va qat’iy belgilangan tartibda o‘tar edi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar "hojib" lavozimiga ko‘tarilgan. Hojiblarning boshlig‘i "hojibul hujob" yoki "hojibul buzruk" deb vuritilar edi. Sunday unvon Somoniylar davlati saroyidagi oliy unvon hisoblanardi. Hojiblar, ayniqsa hojibul hujob saroyda katta nufuzga ega edi. U saroyda turar va dargohning ishlarini boshqarar edi. Somoniylar sarbozlardan tashqari ozod mehnat ahlidan tuzilgan harbiy qo‘shinlarga ega edilar. Harbiy qo‘shin va uning ta’minoti bilan "ariz" boshliq devoni ariz deb atalgan maxsus mahkama shug‘ullanar edi. Ariz qo‘shinlarga maosh berar, uning intizomi, yarog‘-aslahasi, oziq-ovqati va otlarining yem-xashagi taminoti bilan shug‘ullanar edi. Qo‘shinlarga xizmat haqi har uch oyda, ya’ni yiliga to‘rt marta to‘lanar edi.
Shunday qilib, IX-X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar davlati tashkil topdi. O‘rta asrlar mulkchilik zamonining bu yirik davlatini boshqarishda hukmdor xonadon Sharqning qadimiy davlat boshqaruvi an’analariga suyanib, muntazam harbiy qism va kuchli harbiy qo‘shinlarga ega bo‘lgan markazlashgan boshqaruv mahkamasini tashkil qildi. O‘rta asrlarning bu yirik davlati o‘zining boshqaruv tizimi jihatidan shubhasiz O‘rta Osiyoda yirik mulkdorlar davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyoti tarixini o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etadi.Arab xalifasi Horun ar-Rashid vafotidan so'ng uning o'g'illari Ma'mun va Amin o'rtasida taxt uchun bo'lgan kurashda Ma'munga yordam berganliklari uchun Somonxudotning nabiralari ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlanadilar. Chunonchi, Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg'ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga Hirot tegadi. Buning evaziga aka-uka Somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag'ni tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar. 9-asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida o'zgarishlar yuz berib, yurtga avval Nuh, so'ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o'z nomlaridan chaqa tangalar zarb ettiradilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o'g'li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko'radi. 9-asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tassarufiga o'tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi va kumush dirham zarb etadi. Ko'p o'tmay aka-uka Nasr va Ismoil o'rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g'olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888-yilda butun Movarounnahrni o'z qo'l ostiga birlashtirdi va mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi va 893-yilda Taroz shahrini zabt etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi. Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi Arab xalifalariga yoqmas edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to'qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o'z ta'sirini qayta tiklashga qaror qiladi. Xalifa Mu'tazid safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada 900-yilda ular o'rtasida urush boshlanib, Ismoilning g'alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo'l ostiga o'tadi. Noilojlikda xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig'ini yuborishga majbur bo'ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o'z qo'l ostida birlashtiradi va Buxoro shahri bu ikki davlatning poytaxtiga aylanadi.2.Boshqaruv tizimi Somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma'muriyatini tashkil etdilar. U amir dargohi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi. Dargohda amir qarorgohi va harami hamda saroy a'yonlari, navkar va xizmatkorlarning turarjoylari bo'lgan. Narshaxiyning yozishicha, somoniylar boshqaruvi asosan 10 ta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblangan. Nasr II davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur'onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo'lgan savodli kishilardan tanlab olingan. Ismoil Somoniy saroyning maxsus, muntazam sarbozlaridan iborat yaxshi qurollangan harbiy qo'shin tuzadi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar hojib lavozimiga ko'tarilgan. Hojiblarning boshlig'i hojib ul-hujob yoki hojibi ul-buzruk deb yuritilgan. Bunday unvon somoniylar saroyidagi oliy unvon hisoblangan.3.Somoniylar hokimiyatining inqirozi Somoniylarning harbiy yurishlari, hukmron sulolaning ichki nizolari, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlari borgan sari avj olib bordi. Oqibatda mamlakatda iqtisodiy tanglik sodir bo'ldi. Hatto harbiylar, shu jumladan, amirning muntazam turk sarbozlari qo'shiniga maosh to'lash uchun mablag' topilmaydi. Bunday og'ir ahvoldan chiqish uchun 942-yilda aholidan ikki marta soliq undirib olinadi. Behad tartibsizlik mamlakatda vaziyatni yanada keskinlashtirib, aholi turli tabaqalarining hokimiyatga qarshi qoʻzg'alishiga sabab bo'ladi. Siyosiy vaziyat Nuh (943-954) va uning nabirasi Nuh II (976-997) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda keskin tus oladi. 947-yilda Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim isyon ko'taradi. Saroy sarbozlari va Chag'oniyonning yirik yer-mulk egasi Abu Ali Chag'oniy yordamida Ibrohim Buxoro taxtini egallab oladi. Koʻp vaqt o'tmay Abu Ali Chag'oniyning o'zi ham hukmdorga qarshi isyon ko'taradi. Nuh qo'zg'olonni kuch bilan bostira olmaydi. 952-yilda Abu Ali Chagʻoniyni u avval Chag'oniyonga, soʻngra Xurosonga hokim qilib tayinlashga majbur boʻladi. 961-yilda Buxoro harbiy askarlarining g'ala- yoni ko'tariladi. Qo'zg'olonchilar amir saroyini talaydilar va unga o't qo'yib yuboradilar. Bunday voqealarning tez-tez qay tarilib turishi, shubhasiz, markaziy hokimiyatning zaiflashib qolganidan dalolat berardi. 992-yilda Horun Bugʻroxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga hujum boshlaydilar. Bu davrda somoniylar sulolasi chuqur ichki ziddiyatlar girdobiga tushib qolgan edi. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg'ol qiladilar. Nuh ibn Mansur qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun G'aznadagi noibi Sobuqteginni yordamga chaqiradi. U yigirma ming kishilik qo'shin bilan Movarounnahrga yetib keladi. Nuh bilan birlashib, bir necha janglardan so'ng qoraxoniylar noibi qo'shinlari tor-mor qilinadi. Buning evaziga Nuh Sobuqteginni Xurosonning noibi etib tayinlaydi. Natijada G'azna va Xurosonda Sobuqtegin va o'g'li Mahmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanadi. 996-yilda qoraxoniylar Movarounnahr tomon yana hujum boshlaydilar. Shunday og'ir bir sharoitda xiyonat ro'y beradi. Ya'ni Sobuqtegin qo'shini Buxoroni egallaydi. So'ngra u qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o'rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo'liga o'tadi. Sobuqtegin esa Amudaryodan janubdagi yerlarga, shu jumladan, Xurosonda hukmdor bo'lib oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq ko'p vaqt o'tmay, 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon boshchiligida qoraxoniylar tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi batamom barham topdi.Somoniylar davlatida Islom dini ravnaqi Somoniylar davlati, xususan, Movarounnahrning ravnaqida Islom dini ruhoniylarining hissasi katta bo'ldi. Shu boisdan ularning obro'yi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda Islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda koʻplab ibodatxonalar, shu jumladan, jome masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Shu davrda Buxoro shahrida O'rta Osiyodagi ilk ilmgoh - madrasa bunyod etiladi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi X asrda bino qilingan. U Farjak madrasasi deb yuritilgan. Mamlakat ma'naviy hayotida "ustod" deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom "shayx ul-islom" nomi bilan yanada ulug 'landi. Ustoddan keyin xatiblar turardi. Somoniylar masjid, madrasa va xonaqohlar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-u xarajatlari uchun katta-katta mulklar ajratib berganlar. Islom dini ravnaqi, shubhasiz, O'rta Osiyo aholisining mustaqil xalq boʻlib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Somoniylar maqbarasi, Buxoro

Somoniylar davri idish, arab tilidagi yozuv
Somoniylar davlatida dehqonchilik va hunarmandchilikning rivoj topishi natijasida ichki va tashqi savdo kengaydi. Qadimgi karvon yo'li bo'ylab quduqlar qazilib, har bir bekatda rabotlar bino qilindi. Karvonlar o'tadigan shahar va qishloqlarda karvonsaroylar qurilib, ularda hujralar va omborxonalar bo'lgan. Ichki bozorlarda "fals" deb atalgan mis chaqa, xalqaro savdo-sotiqda esa kumush tanga - dirhamlar ishlatilardi. Mis chaqalarni markaziy hukumat ham, shuningdek, sulola a'zolaridan bo'lgan ba'zi viloyat hokimlari ham chiqarar edilar. Kumush tangalar faqat hukumat boshlig'i nomidan Marv, Samarqand, Buxoro va Shoshda davlat zarbxonalarida so'qilar edi. Somoniylar hukmronligi davrida yer egaligining "mulki sultoniy", "mulk yerlari", "vaqf yerlari", "mulki xos" va "jamoa yerlari" deb ataluvchi 5 turi mavjud bo'lgan. Davlat tasarrufidagi yerlar "mulki sultoniy" deb yuritilgan. Hukmron sulola vakillari, mulkdor dehqon va aslzodalarning tasarrufidagi katta-katta yer maydonlaridan tortib mehnatkash qishloq aholisiga tegishli mayda xususiy yerlargacha "mulk yerlari" hisoblangan. Masjid, xonaqoh va madrasalarga vaqtincha yoki abadiy foydalanish uchun berilgan yerlar "vaqf yerlari" deb atalgan. Bunday turlardagi yerlardan foydalanuvchilarning barchasi davlatga hosilning 1/3 hajmida xiroj toʻlar edi. Oliy martabali ruhoniylar va sayyidlar qo'l ostidagi yerlar "mulki xos" deb yuritilgan. Bunday imtiyozga ega bo'lgan mulkdorlar davlatga ko'pincha hosilning 1/10 hisobida ushr solig'ini toʻlagan. Hukmron sulola hamda oliy tabaqa vakillariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga hadya qilingan yerlar - mulki iqto yerlari deb yuritilgan. Bundan tashqari, qishloq jamoalari tasarrufida ham ma'lum hajmda yer maydonlari saqlanib, ular "jamoa yerlari" hisoblan- gan. Ular asosan lalmikor va tog'oldi yerlaridan iborat bo'lgan. Dehqonchilik solig'i — xirojdan xazinaga tushadigan daromad davlat kirim-chiqimining kattagina qismini qoplagan. Shuning uchun somoniylar mamlakatda dehqonchilik xo'jaligini rivojlantirishga katta e'tibor berganlar.




Somoniylarda sug`orish tizimi



Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish