T/r
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism.
|
2
|
2
|
“Aqliy hujum”, “BBB”jadvalining 1 va 2 ustunlarini to’ldirish
|
5
|
3
|
Uyga vazifani takrorlash. Yangi mavzuni tushuntirish.
|
13
|
4
|
“Guruhlarda ishlash”. Savollarga to’g’ri javob topish.
|
5
|
5
|
Guruhlar prezentatsiyasi.
|
2
|
6
|
Guruhlarda ishlash. “Klaster” tuzish.
|
3
|
7
|
“BBB jadvalining 3-chi ustunini to’ldirish”.
|
5
|
8
|
Elektron stend bilan ishlash.
|
5
|
9
|
Guruhlarni taqdirlash. Xulosa chiqarish.
|
3
|
10
|
Uyga vazifa.
|
2
|
Dars shiori: “Bilganingni eldan ayama.”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: o’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish.
“Salom” she’ri:
Har ertalab
Maktab tomon
Quvnab-quvnab yo’l olaman
Eh-e, yo’lda
Qancha-qancha
Odamlarga duch kelaman. Xox tanish, xox notanish-
Salomlashmay o’tolmayman,
Aks holda,
Men o’zimni
Shod-u - xursand his etolmayman.
Salomlashib,
Yangi do’stlar
Orttirmoqlik juda oson.
Salom bilan bir-biriga
Inoqlashib ketar inson.
-Assalomu alaykum aziz bolalar, mehmonlar, mezbonlar!
Men, Askarova Go’zal Dadajonovna Toshkent shahar Yunuso--bod tumanidagi 98-maktabning tarix o’qituvchisiman. Bugun sizlar bi--lan tarixiy sayohatga yo’l olaman.
-Bolalar, sizlar sayohat qilishni yaxshi ko’rasizmi?
-Xa!
-Unda bugungi sayohatimizning marshrutini bilish
uchun mana bu xaritaga e’tibor beramiz. Bu etiksimon davlat Yevro-
pa hududida joylashgan bo’lib, qanday nomlanadi?
Javob: Italiya.
Savol: Italiyaning poytaxti qaysi shahar sanaladi?
Javob: Rim.
Savol: M. a. davrlarda bu nom bilan nima atalar edi?
Javob: Butun davlatning nomi.
Demak, bugungi sayohatimiz Rim respublikasiga qaratilgan bo’la-
di va biz respublikaning qulashini kuzatamiz.
Bugungi sayohatimiz davomida siz:-
Rim respublikasi qulashining sabablari bilan tanishasiz.
Rim respublikasi hukmdorlarining o’xshash va
farqli tomonlarini solishtirib ko’rasiz.
- Yangi atamalar bilan tanishasiz.
Davlat Ta’lim Standartiga binoan mustaqil fikr yurita olish,, hulosalar chiqara olish hislatlariga ega bo’lasiz.
Sayohatimiz O’zbekiston Havo Yo’llari kompaniyasi tomoni-
dan taqdim etilgan samolyot yordamida bo’lib o’tadi.
Sayohat davomida quyidagi oltin qoidalarga rioya qilishingiz-
ni iltimos qilamiz:
Reglament
O’zaro hurmat
Faollik
Erkinlik, mustaqillik
Hamkorlik
Qoidalarga rioya qilish
O’ng qo’l qoidasi
Rag’batlantirish
Hazil-mutoyiba
Sayohatimizga eng ite’dodli yosh mutaxassislar guruhlarini tak-
lif qilganmiz. Marhamat ular bilan tanishing:
“Arxeologlar”
“Lingvistlar”
“Etnograflar”
“Antropologlar”
“Xronologlar”
“Genetiklar”
Do'stlaringiz bilan baham: |