a) ta’limiy maqsad: Mevalarni tuzilishi va turlari tanishish orqali bilimlarni mustahkamlash.
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga ekologik iqtisodiy, estetik tarbiya berish orqali kasbga yo’naltirish.
c) rivojlantiruvchi maqsad : Olgan BKMlar orqali ilmiy va hayotiy dunyoqarashini kengaytitish.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiya elementlari:
Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiyasi:
ta’lim muassasasi va mahallalarda ko‘kalamzorlashtirish borasida olib boriladigan ijtimoiy foydali tadbirlarda faol qatnashadi. Tabiatdagi o‘simliklarga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lib, ularni ardoqlab muhofaza qilish yo‘llarini biladi;
gulli o‘simliklardan oqilona foydalanib, “Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklar, dorivor o‘simliklar haqida ma’lumotga ega bo‘lib, tabiatda inson faoliyatining oqibatlarini to‘g‘ri tahlil qila oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |