Tashkiliy qism.
O’tgan mavzu bayoni.
YANGI MAVZU BAYONI
1. Poya tana haqida umumiy tushuncha berish
2. Poya o’simliklar hayotidagi ahamiyati
3. Poyaning xilma – xilligi
Poya – o’simliklarning barcha yer usti organlari o’zaro bog’lab ularni ildiz bilan birlashtirib turadigan markaziy tayanch organi. Uildiz bilan barglar orasidagi moddalarining harakatini ta’minlaydi va o’zida oziq moddalar to’playdi. Royaning shakllanishi, bajaradigan vazifasi bir xil bo’lsada, daraxt poyasi odatda tana, barcha o’tlarniki poya deb ataladi va ular ayniqsa ichki tuzilishi bilan farq qiladi. Novda bilan poya tushunchasi bir – biriga juda o’xshash bo’ladi. Novda daraxt, buta va yarimbutalarning o’zida kurtak va barg xosil qiladigan bir yillik shox. Novdalarning po’sti yashil va nafis bo’lib hujayralarida yashil rang beruvchi xlorofill donachalari bor. Novdalarda barglar birikkan joy bo’g’im, ikkita barg oralig’idagi qismi bo’g’im oralig’I deb ataladi. Barglar qo’ltig’ida bittadan yoki bir nechtadan bo’lib kurtak joylashadi.
Kuz yaqinlashishish bilan novdalarning yashilrangi o’zgarib, qo’ng’ir va qizg’ishrangga ko’chadi. Chunki bu vaqtda ularning po’sti qalinlashadi va ostida po’nak qavat hosil bo’ladi. Kech kuzda barglar to’kilib ketib, ular qo’ltig’ida joylashgan kurtaklar ochilib qoladi va shu holda qishlaydi.
Novdalar ikki xil bo’ladi. Agar novda barg va kurtaklardan iborat bo’lsa vegitativ novda deyiladi. Bordiyu, novda gul paydo bo’lsa, generativ novda yoki gulli novda deyiladi.
Demak, kurtaklar bo’lgan daraxt va butalarning bir yillik novdasi yoki urug’idan unib chiqqan bir yillik niholga ham novda deyiladi.
Yangi mavzu mustahkamlash
tezkor savol – javob usuli orqali baholanadi.
Uyga vazifa o’tilgan mavzu yuzasidan o’simlik poyasini rasmini chizib kelish
Sana _______________________________________________________________________
Sinf: 6
Fan : Biologiya ( Botanika)
_Mavzu: Kurtak. Nazotar ishi - 2
Maqsadlar:
A) O’quvchilarda biologik bilimlarni shakillanib borishini, kurtak, novda tuzilishlari turlari haqida , gul va barg kurtaklar o’rtasidagi farq qiluvchi belgilar to’g’risida bilimlar bilan tanishtirish.
B) O’quvchilarni o’z maqsadlariga yetishish ruhida tarbiyalash, ularda bir – biriga o’zaro hurmat, jamoa bo’lib ishlash, , o’zaro yordam va berilgan vazifani bajarishga ma’suliyatni his etish va ko’nikmalarni tarkib toptirish
S) O’quvchilarni tez fikrlashga, fikrini aniq ifodalashga, tabiatni va vatanni sevishi farzandlar tarbiyalashga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |