Mashg’ulotning borishi:
788-misolni yechish orqali 1000 ichida o‘nlikdan o‘tib ko‘paytirish qoidasi tushuntiriladi. Har bir o‘quvchi bu qoidani yoddan bilishi kerakligi ta’kidlanadi.
789-misol mustaqil yechiladi. 0‘quvchilar misollarni doskada ham yechadilar.
790-masalaning yechilishi: 324 •3 = 972 (ta).
791-topshiriqdagi boshqotirmaning javobi: 90 ta zina.
792-misol va 793-masala uyga berilib, ularni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi.
793-mashqdagi masalaning yechilishi:
1) 1 qop sabzi - 128 : 2 = 64 (kg);
2) 6 qop sabzi - 64 • 6 = 384 (kg).
Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Uyga qo‘shimcha topshiriq: 1000 ichida o‘nlikdan o‘tib ko‘paytirish qoidasini yod olish.
794-misol mustaqil yechiladi. O‘quvchilar misollarni doskada ham yechadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |