IV. Mustahkamlash.
630-misol mustaqil yechiladi. Shu bilan birga o‘quvchilar misollarni doskada ham yechadilar.
X+136=184 x+154=437 x+368=703
X=184-136 x=437-154 x= 703-368
X= 48 x= 283 x= 335
631-topshiriqdagi jadval bo’yicha quyidagicha masala tuzish mumkin: Bozorga jami 724 kg karam va lavlagi keltirildi. Birinchi kuni 298 kg karam, 236 kg lavlagi sotildi. Sotilmagan qancha karam va lavlagi qoldi?
Yechilishi: 1-usul:
sotildi - 298 + 236 = 534 (kg);
qoldi - 724 - 534 = 190 (kg).
2-usul
724 - (298 + 236) = 724 - 534 = 190 (kg).
632-topshiriqdagi boshqotirmaning yechilishi:
4 yil oldin Umida 7 yosh, Anvar 14 yosh edi. Hozir Umida 11 yoshda, akasi 18 yoshda. 7 yildan so‘ng Umida 18 yoshda, Anvar 25 yoshda bo‘ladi.
V. Uyga vazifa:
633-misol va 634-masala uyga berilib, ularni bajarish bo‘yicha tegishh ko‘rsatmalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |