Sana: __________ Sinf: 3 ______ Fan nomi: Matematika
Mavzu:60 : 3, 100:2 ko‘rinishdagi ifodalar.
( darslikdagi 99-106-misol va masalalar.)
Tayanch tushunchalar: O‘nlik sonni o‘nlik songa bo’lish.
Soatlar soni: 1 soat.
Mavzuning qisqacha mazmuni:60:30 ko‘rinishdagi misollarni va unga doir masalalarni yechish, kesmalarning uzunliklarini o’lchash va taqqoslash.
Metodlar: Suhbat, mustaqil ishlash, «Kim tez topadi?» interfaol metodi.
Jihozlar: Darslik, chizg’ich, mavzuga doir plakatlar.
Nazorat: Uy vazifasini tekshirish, og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.
Baholash: Uy vazifalarining bajarilishi, doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Mashg’ulotning maqsadi: A) ta’limiy: 90:30 ko‘rinishdagi misollarni yechish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, kesmalarning uzunliklarini o’lchash va taqqoslash bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy: ona Vatanimizga, milliy qadriyatlarimizga bo'lgan muhabbatni o'stirish, ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |