T.K.5-Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish
-Sog‘lom turmush tarziga amal qilishda kimyoviy mahsulotlari haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning.tushuntira olish malakalarini mustahkamlash.
T.K.1-Kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish
-Muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish
Dars jihozi: kimyoviy elementlar davriy sistemasi,
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: an’anaviy
I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
II O’tgan mavzuni mustahkamlash :Tezkor savol-javob
III Yangi mavzu bayoni
Tuzlar ko‘p holatlarda asoslar bilan kislotalarning orasida boradigan reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladi. Bu jarayonda ishtirok etayotgan ionlar kuchli va kuchsiz elektrolitligi bilan farq qiladi. Tuzlar bilan suv orasida almashinish reaksiyasi sodir bo‘ladi, bu reaksiyalar gidroliz reaksiyalaridir. Yunonchada “gidro” - suv, “lizis” - ajralish degan ma’noni bildiradi.
Tuzlarning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlarni suv bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitning hosil bo‘lishi gidroliz deb ataladi.
Tuzlarning tarkibidagi ionlarga ko‘ra quyidagi gidroliz reaksiyalari farq- lanadi: Kation bo‘yicha sodir boiadigan gidroliz reaksiyalari:
Kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuzning gidrolizi
Yuqoridagi reaksiyalardan ko‘rinib to‘ribdiki, gidroliz reaksiyasi natijasida kuchsiz elektrolitlar (NH4OH, Mg(OH)2) kationlarning (NH+ va Mg2+) suv bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bo‘1di. Shuning uchun bunday reaksiyalar kation bo‘yicha sodir boiadigan gidroliz reaksiyalar deyiladi. Bu reaksiyalarda eritma muhiti kislotali bo‘1adi. Chunki qisqa ionli tenglama- larda vodorod ionlari (H+) hosil bo‘1moqda. Bu esa eritmada vodorod ionlari (H+) gidroksid ionlaridan (OH) ko‘p ekanligini ko‘rsatadi. Natijada kislotali muhit hosil bo‘1adi. Anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalari:
Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘1adigan tuzlar.
Bu gidroliz reaksiyasida atsetat anionining suv bilan ta’sirlashishi natijasida kuchsiz elektrolit - sirka kislotasi hosil bo‘ldi. Shuning uchun bunday reaksiyalar anion bo‘yicha sodir boiadigan gidroliz reaksiyalar deyiladi. Bu reaksiyalarda eritma muhiti ishqoriy bo‘ladi. Chunki qisqa ionli tenglama- larda gidroksid ionlari (OH) hosil bo‘lmoqda. Bu eritmada gidroksid ionlari (OH) vodorod ionlaridan (H+) ko‘p ekanligini ko‘rsatadi. Natijada ishqoriy muhit hosil bo‘ladi. Ham kation, ham anion bo‘yicha sodir boiadigan gidroliz reaksiyalari:
Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘ladigan tuzlarning gidrolizi.
CH3COONH4 + HOH^—► CH3COOH + NH4OH
CH3COO" + NH4+ + HOH^—► CH3COOH + NH4OH
Bu gidroliz reaksiyasi natijasida kuchsiz elektrolitlar (CH3COOH, NH4OH) ham kation (NH4+), ham anion (CH3COO) suv bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bo‘ldi. Shuning uchun bunday reaksiyalar ham kation, ham anion bo‘yi- cha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalar deyiladi. Bu reaksiyalarda eritma muhiti neytral bo‘ladi. Chunki bu eritmada gidroksid ionlari (OH ) va vodorod ionlari (H+) bir-biriga teng. Natijada neytral muhit hosil bo‘ladi. Kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo‘ladigan tuzlari gidrolizga uchramaydi. Gidroliz reaksiyalarini ta’rifida gidroliz reaksiyasi natijasida kuchsiz elektrolit hosil bo‘lishi aytilgan edi. Bu reaksiyalarda esa kuchsiz elektrolit hosil bo‘lmaydi. Bu reaksiyalarda ham eritma muhiti neytral bo‘ladi. Chunki toza suvda gidroksid ionlari (OH) va vodorod ionlari (H+) bir-biriga teng.
Cho‘kmalar ham gidrolizga uchramaydi. Misol qilib, CaCO3 ni olishimiz mumkin. CaCO3 suv bilan deyarli ta’sirlashmaydi. Suv bilan ta’sirlashmagani sababli gidroliz reaksiyasiga kirishmaydi.
Tuzlar gidrolizi haroratga, eritma konsentratsiyasi va eritma muhitiga bog‘liq.
Gidroliz jarayoni harorat ko‘tarilganda tezlashadi, va aksincha harorat pasaytirilganda sekinlashadi. Masalan: issiq havoda oziq moddalarining sifatini tezda buzilib qolishi bizlarga ma’lum. Bunga sabab organik moddalarning gidroliz reaksiyasi natijasida parchalanishi dir. Shu sababdan gidroliz jarayonini sekinlashtirish uchun ozuqa moddalarini past haroratda (muz- latkichda) saqlanadi.
Tuzlarning eritmasida suvning miqdori ko‘p bo‘lsa, gidroliz tezroq boradi. Agar suvning miqdori kamroq bo‘lsa gidroliz sekinroq amalga oshadi.
Bundan shunday xulosa chiqadiki eritmaga suv qo‘shib gidrolizni tezlash- tirish mumkin. Agar gidrloz jarayonini sekinlatish kerak bo‘1sa, eritmani bug‘1atib, uni tarkibidagi suvni kamaytirish kerak bo‘1adi.
Gidrolizga ta’sir etuvchi omillar
Gidroliz reaksiyasini tezlashtiradi
Gidroliz reaksiyasini sekinlashtiradi
Eritmaning
konsentratsiyasi
Konsentratsiyani kamaytirish ya’ni suv qo‘shish
Konsentratsiyani oshirish ya’ni suvni bug‘1atish
Harorat
Haroratni ko‘tarish
Haroratni kamaytirish
Eritmaning muhiti
Eritma muhitiga nisbatan teskari muhitga ega bo‘1gan modda qo‘shish
Eritma muhitiga mos modda qo‘shish
Agar gidroliz natijasida eritma ishqoriy muhitga ega bo‘1sa, bunday tuz- ning gidrolizini tezlashtirish uchun eritmaga oz miqdorda kislota yoki kis1otad lik muhit beruvchi tuzni qo‘shish kerak bo‘1adi. Masalan: CH3COONa eritmasida muhit ishqoriy bo‘1adi, bu tuzning gidrolizini tezlashtirish uchun eritmaga 1-2 tomchi sirka kislota yoki CuC12 eritmasini qo‘shishimiz kerak. Ushbu tuzni gidrolizini sekinlatish uchun esa eritmaga 1-2 tomchi ishqor (NaOH) eritmasi yoki ishqoriy muhit hosil qiluvchi tuz eritmasi (Na2CO3) dan qo‘shish kerak.