Takrorlash. O'quvchilarga quyidagi «Blits savollar» beriladi:
1. Aylanma harakatni friksion uzatishning qanday afzalliklari va kamchiliklari bor? 2. Aylanma harakatni tasmali uzatishda ishlatiladigan mexa nizm larga misollar keltiring? 3. Aylanma harakatni tishli uzatish qanday amalga oshiriladi? Yangi mavzuni bayoni.
Balandligi h ga teng bo‘lgan stol ustida to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanayotgan sharcha (zoldir)ning harakatini kuzataylik. Dastlab sharcha o‘z inersiyasi bilan stolning ustki qismida to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi. Sharcha stolning chetidan yerga yetib kelguncha ikkita harakatda qatnashadi. Ya’ni, dastlabki yo‘nalishda o‘z harakatini davom etti rayotganligi hamda vertikal yo‘na lishda harakatlanib, pastga tushayot ganligini ko‘ramiz. Sharchaning
bu harakati biror balandlikdan gorizontal otilgan jismning harakatiga misoldir. h balandlikdan otilgan jismning uchish vaqti U holda jismning uchish uzoqligi Gorizontal otilgan jism bir vaqtning o‘zida gorizontal yo‘nalishda tekis va vertikal yo‘nalishda tekis tezlanuvchan harakat qilib, erkin tushadi. Harakatning oxiridagi (t vaqt o‘tgandan keyin) gorizontal va vertical yo‘nalishidagi tezliklar mos ravishda va y=g ·t bo‘ladi. U holda
jismning yerga tushishidagi tezligi quyidagicha aniqlanadi. Egri chiziq bo‘ylab harakatlanayotgan jismning ko‘chishi uning bosib o‘tgan yo‘liga teng bo‘lmaydi. Shuningdek, gorizontal otilgan jismning harakati davomida tezlik vektorining moduli va yo‘nalishi uzliksiz o‘zgarib turadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish, 1-mashqning 8-9-masalalarni yechish
Sana: Sinf: 10 № 7
Darsning mavzusi: Gorizontga qiya otilgan jism harakati
Darsning maqsadi:
ta’limiy maqsad: o’quvchilarga tabiatda gorizontga qiya otilgan jism harakati haqida ma’lumot berish;
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga texnika havsizlik qoidalariga rioya qilishga o’rgatish ;
rivojlanuvchi maqsad: o’quvchilarni mantiqiy fikrlash qobilyatini rivojlantrish.
Kompetensiya: fizik kattaliklardan foydalanishini , tushunish va tushuntrish kompetensiyasi, kuzatish natijalarini umumlashtrishda va bayon qilishda fizik kattaliklardan o’quvchilarni foydalana olishini ta’minlash.
Darsning turi: yangi bilim berish.
Darsda foydalanilgan metodlar: guruhlarda ishlash, savol-javob.
Foydalanilgan jihozlar: didaktik materiallar, mavzuga oid suratlar.
Tashkiliy qism:
salomlashish;
davomatni aniqlash;
o’quvchilarni darsga tayyorlash.
Darsni blok chizmasi
№
Dars bosqichlari
Vaqti
1
Tashkiliy qism
2 daqiqa
2
Uy vazifasini tekshirish, o’tilgan mavzuni mustahkamlash