4-shart:Bilimdonlar sinovi
Ona tiliga oid she’r va maqollar,buyuk kishilarning fikrlaridan so;raladi.
guruh:she’r
guruh:maqol
guruh:til haqida hikmatli gap
III. Yangi mavzuni tushuntirish.
Yangi mavzu-yangi ma’no
Har jumlada ming ma’no
Yangi bo‘lim va mavzu e’lon qilinadi. «Xalq og‘zaki ijodi».«Qo‘shiqlar qanotida». «Boychechak».
O‘qituvchi o‘quvchilarga xalq og‘zaki ijodiga nimalar kirishi haqida ma’lumot beradi.
Xalq og‘zaki ijodi xalqimizning ming yillar mobaynida yaratgan sehrli-fantastik ertaklari, xalq dardi, istak-xohishi, orzu-umidlari ifodalangan qo‘shiqlar, bolalarning quvnoq o‘yin-qo‘shiqlari, hozirjavoblik, topqirlik taqozo etadigan topishmoqlar, xalqning hayotiy xulosasi tarzida yuzaga kelgan purhikmat maqollar, sehr-jozibaga yo‘g‘rilgan rivoyatlarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |