Uyga vazifa o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash topshiriladi.. Dars yakunlandi.
26-dars sana : O`qituvchi –Abdurahmonova Gulnora Abduvaxobovna
Fan: Musiqa
Sana:
Mavzu: Musiqa tovushlari..
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, o`quvchilargamusiqa tovushlari haqida (butun nota) ma`lumot berish..
2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish, tabiatga bo`lgan mehr-muhabbatini oshirishga harakat qilish.
3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish
Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, DVD
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash.
O`qituvchi o`quvchilardan musiqa darsi nimani o`rgatishi haqida so`raydi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon etishadi. So`ng milliy qo`shiqlar haqida so`raladi.O`quvchilar milliyhaqida bilganlarini aytib beradilar, ular qanday kuy bilan ijro qilinishi haqida ma`lumot beradilar.O`quvchilardan “Chitti gul’ qo`shig`i so`raladi, birgalikda kuylanadi va o`quvchilar rag`batlantirib boriladi.
II.Yangi mavzu bayoni:
So`ng kuylarni tinglash orqali biz musiqaning qandayligini bilishimiz mumkin. Sho`x kuylar insonning yavshi kayfiyatidan darak beradi, g`amgin kuylar esa qalb jarohatidan hosil bo`ladi. Shuningdek biz kuy va shovqinlarni ajrata bilishimiz lozim. Tabiat hodisalaridan momaqaldiroqning ovozi, shamollarning ovozlarini, turli xil hayvonlarning ovozlarini eshitamiz. Biz ularniu aslo kuy deb ayta olamymiz.
Kuy biror bir musiqa asbobi yordamida yuzaga keladi. Yuqorida aytganimizdek kuylar turli xil bo`ladi.Biz doimo kuylarni shovqinlardan ajrata bilishimiz lozim.
Shuningdek tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish qo`shiqning ma`noli va yoqimli bo`lishiga olib kelishi aytiladi.Tovushlar yuqori, past va bir tekis balandlikda bo`ladi. Sho`x kuy va qo`shiqlar yuqori tovushda, g`amgin qo`shiqlar past tovushda ijro etilishi aytib o`tiladi.Musiqada 7 ta tovush bor. Bular: do, re, mi, fa, sol, lya, si.Bu tovushlarning barchasi nota chizig`iga yoziladi.Bu tovushlarning eng yuqorisi si hisoblansa, do eng past aytiluvchi tovushdir. Har bir xonanda musiqa ijro etayotganda albatta mana shu tovushlarning joylashishiga qarab qo`shiq kuylaydi.Musiqa tovushlarining yuqoriga ko`tarilishi va pastga qarab tushishi tushuntiriladi.
Tovushlar baland-past bo`lganidek uzun-qisqa ham bo`ladi. Demak, bugun biz sizlar bilan butun nota haqida ma`lumotga ega bo`lamiz. Tovushlarning o`z cho`zimi bor. Butun nota eng zun nota hisoblanadi. Butun notaga yozilgan ytovushlar 1i 2i 3i 4i kabi sanaladi. Butun notalar xuddi butun mevalarga o`xshaydi.O`quvchilar bilan “Quyonim” qo`shig`ini o`yinlar orqali o`rganamiz.
O`quvchilar bilan serquyosh o`lkamiz haqida fikr yuritiladi. O`quvchilar qabida Vatanga bo`lgan iftixr, g`urur hisisi rivojlantirishga harakat qilinadi. Yurtimizda bo`layotgan ishlar, o`zgarishlar haqida ma`lumotlar beriladi.
Bugun biz sizlar bilan H. Ahmedov she`ri , X.Hasanova musiqasi bilan yaratilgan “Sehrli dunyo” qo`shig`i eshittiriladi..She`r mazmuni o`qib, tushuntiriladi, o`qituvchi tomonidan ijro etiladi.
O`quvchilar bilan yuqorida aytilgan qo`shiq haqida suhbat o`tkaziladi.Avval o`qituvchi tomonidan matn o`qiladi, mazmuni yoritiladi, so`ng matn kuyga solinadi va qo`shiq qilib ayttiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |