Sinf 3 qatorga bo`linadi va har bir qatorga alohida- alohida ham ayttiramiz. Eng chiroyli ijro etgan qatorlar rag`batlantirib boriladi.
Mavzu 2 ta darsga mo`ljallanganligi uchun 2-dars davomida ham qo`shiqni to`g`ri, so`zlarini aniq ijro ettirishga o`rgatib boramiz.
2-dars davomida o`quvchilardan o`tilgan mavzu yuzasidan savol-javoblar so`raladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash topshiriladi.. Dars yakunlandi.
15-dars sana : O`qituvchi –Abdurahmonova Gulnora Abduvaxobovna
Fan: Musiqa
Sana:
Mavzu: Musiqali o`yinlar va raqslar
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, o`quvchilarga musiqali o`yinlar o`rgatish.
2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish
Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, DVD
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash.
O`qituvchi o`quvchilardan musiqa darsi nimani o`rgatishi haqida so`raydi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon etishadi. So`ng o`rganilgan”Alifbo bayrami’ qo`shig`i o`quvchilar tomonidan ijro qilinadi, birgalikda kuylanadi va o`quvchilar rag`batlantirib boriladi.
II.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi DVD orqali mayin kuy eshittiradi.Bu kuy televizorlarda ijro etilayotgan kuylardan nimasi bilan farq qiladi? Bunday kuylarni qayerlarda eshitamiz?
So`ng o`qituvchi mavzu yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi. Musiqa inson ruhiyatini ko`tarishini aytib o`tadi. Qo`shiq kuylaganda uning musiqasiga qarab holatlar o`zgarishi mumkinligi aytiladui. Shuningdek so`zlarning aniq, tushunarli bo`lishiga e`tibor qaratish talab qilinadi. Insonlarning yosh hususiyatlariga qarab turli xil qo`shiqlar ijro etiladi. Yosh bollar ko`pincha musiqa bilan bo`gliq o`yinlarni xush ko`rishadi. Shuning uchun bugun biz sizlar bilan xalq og`zaki ijodiga mansub bo`lgan “oq terakmi, ko`k terak” musiqali o`yinini o`ynaymiz. Ko`pchilik bu o`yinni do`stlari bilan o`ynab ko`rishgan, shunday bo`lsada bugun biz shu qo`shiq-o`yinni o`ynaymiz va o`rganamiz.
O`quvchilar ikki guruhga bo`linishadi va o`qituvchi o`yin o`rqali o`quvchilarga so`zlarini o`rgatib boradi.
Oq terkmi, ko`k terak, bizdan sizga kim kerak?
O`qishim ishi a`lo.
G`ayratli, chaqqon, dono.
Kattalarning dastyori,
Kichiklarning sardori,
Odob-axloqda o`rnak,
Quvnoq bollar kerak.
Oq terkmi, ko`k terak, bizdan sizga kim kerak?
Oq terkmi, ko`k terak, bizdan sizga kim kerak?
Quvnoq bolalar kerak,
Do'stlaringiz bilan baham: |