Inoq bolalar kerak.
Bundan tashqari musiqai o`yinlarda raqs harakatlari ham mujassam bo`ladi. O`quvchilar bilan birga turli xil raqslarning harakatlari namoyish qilinadi.
Qo`shiq aytish qoidalari eslatib o`tiladi. So`ng R. Tolb she`ri, N. Norxo`jayev musiqasiga mansub “Birinchi qor” qo`shig`i o`qituvchi tomonidan o`rgatiladi. Qish fasli haqida suhbat uyushtiriladi, atrofimizdagi olam fani bilan bog`lanadi.O`quvchilar bilan har bir jumlasi ustida ish olib boriladi. O`quvchilarga matn mazmuni tushuntiriladi. So`ng birgalikda kuylanadi. Shuningdek biz yozuvda matn yozishimiz uchun maxsus to`g`ri chizqlardan foydalanamiz. Musiqada ham shunday chiziqlar mavjud. Bu- nota yo`li. Ular 5 ta chizqdan iborat. Musiqa mana shu nota yo`liga yoziladi.
IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi matnlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan qo`shiqlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. So`ng birgalikda “Birinchi qor” qo`shig`ini ijro ettiramiz. O`quvchilarga avval matn so`zlarini bir necha bor takrorlab o`rgatamiz. So`ng uning kuyini ijro ettiramiz.
Sinf 3 qatorga bo`linadi va har bir qatorga alohida- alohida ham ayttiramiz. Eng chiroyli ijro etgan qatorlar rag`batlantirib boriladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash topshiriladi.. Dars yakunlandi.
16-dars sana : O`qituvchi –Abdurahmonova Gulnora Abduvaxobovna
Fan: Musiqa
Sana:
Mavzu: Dars konsert.
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, o`quvchilarga tinglash orqali o`rganishni o`rgatish.
2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish
Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, DVD
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash.
O`qituvchi o`quvchilardan musiqa darsi nimani o`rgatishi haqida so`raydi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon etishadi. So`ng milliy cholg`u asboblari so`raladi.O`quvchilar milliy cholg`u asboblarini sanab beradilar , ular qanday kuy chiqarishi haqida ma`lumot beradilar.O`quvchilardan “Salom bergan bolalar” qo`shig`i so`raladi, birgalikda kuylanadi va o`quvchilar rag`batlantirib boriladi.
II.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi DVD orqali turli xil kuylarni eshittiradi.Bu kuy televizorlarda ijro etilayotgan kuylardan nimasi bilan farq qiladi? Bunday kuylarni qayerlarda eshitamiz?
So`ng o`qituvchi mavzu yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi.Kuylarni tinglash orqali biz musiqaning qandayligini bilishimiz mumkin. Sho`x kuylar insonning yavshi kayfiyatidan darak beradi, g`amgin kuylar esa qalb jarohatidan hosil bo`ladi. Shuningdek biz kuy va shovqinlarni ajrata bilishimiz lozim. Tabiat hodisalaridan momaqaldiroqning ovozi, shamollarning ovozlarini, turli xil hayvonlarning ovozlarini eshitamiz. Biz ularniu aslo kuy deb ayta olamymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |