IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. So`ng birgalikda “Shudring” qo`shig`ini ijro ettiramiz. O`quvchilarga avval matn so`zlarini bir necha bor takrorlab o`rgatamiz. So`ng uning kuyini ijro ettiramiz.
Sinf 3 qatorga bo`linadi va har bir qatorga alohida- alohida ham ayttiramiz. Eng chiroyli ijro etgan qatorlar rag`batlantirib boriladi.
Mavzu 2 ta darsga mo`ljallanganligi uchun 2-dars davomida ham qo`shiqni to`g`ri, so`zlarini aniq ijro ettirishga o`rgatib boramiz.
2-dars davomida o`quvchilardan o`tilgan mavzu yuzasidan savol-javoblar so`raladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash topshiriladi.. Dars yakunlandi.
30-dars sana : O`qituvchi –Abdurahmonova Gulnora Abduvaxobovna
Fan: Musiqa
Sana:
Mavzu: Basrtakorlar - bolalarga
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqidagi bilimlarini mustahkamlsh
2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish
Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, DVD
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash.
O`qituvchi o`quvchilardan musiqa darsi nimani o`rgatishi haqida so`raydi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon etishadi. So`ng milliy cholg`u asboblari so`raladi.O`quvchilar milliy cholg`u asboblarini sanab beradilar , ular qanday kuy chiqarishi haqida ma`lumot beradilar.O`quvchilardan “Shudring” qo`shig`ining so`zlari so`raladi, birgalikda kuylanadi va o`quvchilar rag`batlantirib boriladi
II.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi o`quvchilardan musiqa darsi nimani o`rgatishi haqida so`raydi. O`quvchilar o`z fikrlarini bayon etishadi. So`ng savol-javoblar o`tkaziladi.
Musiqa qanday yaraladi?
Musiqaga kim kuy bastalaydi?
Yaxshi qo`shiq uchun matn mazmuni kerakmi?
Qo`shiqchi va sozandalar faoliyatini ayting.
Musiqa bizga nimani o`rgatadi?
O`quvchilarning javoblari to`ldirilib boriladi.
O`qituvchi DVD orqali milliy kuy eshittiradi.Bu kuy televizorlarda ijro etilayotgan kuylardan nimasi bilan farq qiladi? Bunday kuylarni qayerlarda eshitamiz?
So`ng o`qituvchi mavzu yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi. Bizning yoshlarimiz hozirda estrada yo`nalishidagi kuy –qo`shiqlarni eshitayotganligi, Milliy cholg`uda ijro etilayotgan musiqa va kuylarni to`y tantanalarida eshitishimiz aytib o`tiladi.
Har bir inson yoshi uchun alohida musiqalar yaratiladi. Masalan: Katata yoshdagi insonlar kamdan-kam hollarda estrada, sho`x kuylarni shiitishadi, ular uchun o`g`ir kuylar yaratilgan. Shuningdek o`rta yoshli insonlar quvnoq bollar qo`shig`ini eshitishmaydi. Demak, har bor yoshga mos kuylar, qo`shiqlar yaratiladi. Kuylarbni bastakorlar yaratishadi. Bolalar uchun sevimli, quvnoq kuylarni bastalashda To`lqin toshmatov, G`afur Qodirov, Dini Zokirov, Xurshida Hasanova, Nadim Norxo`jayev, Dilorom Omonullayeva kabi bastakrolar tinmay ijod qilib kelishmoqda. O`quvc yili davomida biz buning guvohi bo`lg`nmiz. Chunki, ular tomonidan yaratilgan qo`shiqlarni zavq bilan ijron etmoqdamiz.
So`ng o`quvchilarga P.Mo`min she`ri, D.Omonullayeva musiqasi bilan yaratilgan “lavlagi’“ qo`shig`i eshittiriladi She`r mazmuni o`qib, tushuntiriladi, o`qituvchi tomonidan ijro etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |