YOZ
Shukur Sa’dulla
Keldi ko‘klam kabi soz,
Bizlar sevgan issiq yoz.
Ekin o‘sdi yerlarda,
Bug‘doy pishdi qirlarda.
Qip-qizardi olchalar,
Uzar yosh bolachalar.
Poliz to‘la bodring,
Dehqon, tez uzib bering!
Sabr qiling siz andak,
So‘yib beray handalak.
Quyosh ko‘kda nur sochar,
Yangi dunyolar ochar.
O‘rik yetilib pishar,
Yerlarga to‘p-to‘p tushar.
Olma, anor, nok, bodom,
To‘ymaydi yeb hech odam.
Yoz bo‘yi bizda har xil
Meva pishar to‘qson xil.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Bolalar yoz faslini nima uchun sevishini izohlang.
2. Yozda qanday mevalar pishadi? Kuzda-chi?
V. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish va baholash.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorli-gi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasi, to’g’ri va ravon o’qishi o’qutuvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |