Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
Xorazm qaysi asrda Ahamoniylar davlatidan mustaqil bo’ldi?
Qadimgi Xorazm shaharlari haqida nimalarni bilasiz?
Qang' davlati turli manbalarda qanday nomlangan?
Qang' davlati qachon tashkil topdi va qaysi vaqtgacha mavjud bo’ldi?
Nima sababdan Qang' davlati barham topdi?
Dovon davlat birlashmasi to’gYisida nimalarni bilasiz?
Farg`onaning “samoviy otlari”
Qadimgi Farg`onada "samoviy otlar" zotidan tarqagan nasldor otlar parvarish qilingan. Rivoyatlarga ko`ra, Dovon atrofida tog`larda yovvoyi otlar yashagan. Ularni tutish va qo`lga o`rgatishning iloji bo`lmagan. Shuning uchun zotdor biyalarni tanlab, o`sha tog`larga haydab yuborganlar. Biyalar va yovvoyi ayg`irlardan - "samoviy otlar" tarqalgan. Tyanshan xitoy tilida "samoviy tog`lar" deb tarjima qilinadi. Bu nom otlarga ham o`tgan. Miloddan avvalgi II asr oxirida naslli otlar ovozasi Xitoygacha borgan. Ularni "qanotli otlar" ham deyishgan. Chopganda ularning badanida ter o`rniga qon tomchilari ko`ringan ekan. Xitoy yilnomasida shunday deyilgan: "Dovon davlatining Ershi shahrida g`aroyib otlar mavjudligi haqida saroyga xabar keldi. Imperatorning "samoviy otlar"ga ishtiyoqi ortdi: u o`zining ilohiy nasl-nasabi va zavol bilmas ekanligini odamlar ongiga singdirmoq niyatida edi. Buning uchun samoga chiqishda "samoviy otlar" qo`shilgan aravaga muhtoj bo`lib qoldi". Biroq Dovon davlati bu otlarni yashirdi, Xitoy elchilariga bergisi kelmadi. Shunda imperator o`zining Che Lin degan pahlavonini elchi qilib, sovg`a-salomlar va oltindan yasalgan ot haykali bilan Dovonga jo`natdi. Qanday bo`lmasin Ershi shahri arg`umoqlarini qo`lga kiritish zarur edi. Dovon hukmdori elchi talabiga rad javobini berdi. Bu rad javobi to`rt yil davom etgan Dovon bilan Xitoy o`rtasidagi urushga sabab bo`ldi. Xitoy lashkarining Dovonga birinchi yurishi mag`lubiyat bilan yakun topdi. Ikkinchi yurishida Xitoy hukmdorining qo`shinlari 60 ming nafar edi. Bu lashkarning qator-qator qurol va oziqa ortgan o`g`ruqlari bor edi. Yilnomachi "Butun saltanat harakatga kelgan edi", deb yozadi. Dovon sari 50 nafar sarkarda qo`shinlari bilan jo`nadi. Dovonliklarni kutilmaganda bosish uchun jadal sur'at bilan jilishdi. Ular Ershi shahrini qamal qildilar. Shaharga keladigan suv yo`lini to`sdilar va qamalning qirqinchi kunida shaharning tashqi devorini buzdilar. Dovon hukmdori qal`aga berkinib oldi va sulh to`g`risida muzokaralar boshladi. Xitoyliklarga arg`umoqlardan berishga rozilik bildirdi. Aks holda, barcha arg`umoqlarni qirg`in qilishmoqchi bo`ldilar. Qang` mamlakatidan madad yetib kelishidan cho`chib, xitoyliklar sulhga rozi bo`ldilar. Xitoy lashkarlari Ershiga bostirib kirmasdan, zarur miqdordagi otlardan tovon olib, vatanlariga qaytdilar. "Samoviy otlar" uchun bo`lib o`tgan to`rt yillik urush shu bilan tugadi
V.Mustahkamlash:
Fors podsholigi qachon tashkil topgan?
Xorazm qaysi asrda Ahamoniylar davlatidan mustaqil bo’ldi?
Qadimgi Xorazm shaharlari haqida nimalarni bilasiz?
Qang' davlati turli manbalarda qanday nomlangan?
Qang' davlati qachon tashkil topdi va qaysi vaqtgacha mavjud bo’ldi?
Nima sababdan Qang' davlati barham topdi?
Dovon davlat birlashmasi to’gYisida nimalarni bilasiz?
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |