Sana: Fan: Tarix Sinfi: 6



Download 1,24 Mb.
bet56/193
Sana23.01.2022
Hajmi1,24 Mb.
#404800
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   193
Bog'liq
6 тарих

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa


I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning bilimlari sinab ko`riladi.

Faol o`quvchilar baholanadi.



III.Yangi mavzu bayoni: Reja:

  1. Makedoniyallk Aleksandr imperiyasi qaysi mustaqil davlat-larga bo’linib ketdi?

  2. Salavka va Antiox haqida nimalarni bilasiz?

  3. Parfiya va Baqtriya qachon Salavkiylar davlatidan mustaqil bo’ldilar?

  4. Yunon-Baqtriya podsholigi qachon tashkil topdi?

  5. Yunon-Baqtriya davlati tarixida ko’chmanchi yuechjilarning qanday o’rni bor?

6. "Ellinlashtirish" atamasining ma'nosini tushuntirib bering

Miloddan avvalgi 323-yil 13-iyunda Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi. U yaratgan davlat uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo`linib ketdi. Bu davlatlar Aleksandrning eng yaqin lashkarboshilari tomonidan boshqarilgan. Uzoq davom etgan o`zaro urushlardan keyin, miloddan avvalgi 312-yilda Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavka Bobil (Mesopotamiya) davlati hukmdori bo`ldi. Salavka davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, So`g`diyona, Marg`iyona kirar edi. o`z davlati tarkibiga kirgan O`rta Osiyoni Salavka satrapliklarga bo`ldi, ularning har biriga satrap hukmronlik qilar edi. Davlat mudofaasi va qo`shinlarni tashkil etish bilan sobiq lashkarboshilardan tayinlangan strateg shug`ullanar edi. Miloddan avvalgi 293-yilda Salavka Sharqiy viloyatlar - Parfiya, Marg`iyona, Baqtriya, So`g`diyona noyibi etib o`z o`g`li Antioxni tayinladi. Mil. avv. 280-yilda Salavka vafotidan so`ng Antiox ulkan davlat hukmdoriga aylandi va 20 yilcha mamlakatni boshqardi. Yunon-makedon istilolari tufayli izdan chiqqan turmush tarzi So`g`diyona, Baqtriya va Marg`iyonada asta-sekin tiklana boshladi. Bu yerlarda yangi manzilgohlar, shaharlar bunyod etildi, savdo-sotiq, dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlana boshladi. Baqtra, Maroqanda, Antiox Marg`iyonasi (Marv), Termiz yirik shahar va madaniyat markazlariga aylandi. Yunon-makedon istilolaridan keyin O`rta Osiyo viloyatlari tarixida antik yoki ellinistik davr boshlandi. Bu yurishlar pirovardida G`arb va Sharq o`rtasida madaniy munosabatlar va almashinuv kengayishiga olib keldi. Baqtriyada yunon yozuvi, yunon og`irlik o`lchov birliklari, pul munosabatlari, hunarmandchilik va san'at buyumlari tarqaldi. Ellinlashtirish - Sharqda yunon madaniyati tarqalishi va aralash madaniyat - yunon va mahalliy Sharq: madaniyati tashkil topishi jarayoni. O`z navbatida yunonlar ham Baqtriya binosozlik va hunarmandchilik an'analarini o`zlashtirdilar. Yunon-Baqtriya davlati. Miloddan avvalgi III asr o`rtalarida Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi. Antik davr tarixchilari xabar berishicha, Diodot - mingta Baqtriya shahri hukmdori o`zini podsho deb e'lon qiladi. Shu voqeadan Yunon-Baqtriya davlati tarixi boshlanadi. Mil. avv. 250-yilda Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan Parfiya Baqtriyaning raqibiga aylanadi. Baqtriyadan tashqari, Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga So`g`diyona va Marg`iyona ham kirgan edi. Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada hukmronlik davlat tarixida sezilarli iz qoldirmagan Yevtidemga o`tdi. Yevtidemning o`g`li Demetriy hukmronligi davrida (mil. avv. 199-167-yy.) Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo`ldi. Hindistonning bir qismi bu davlatga qo`shib olingan edi. Parfiyada hokimiyat Mitridat I qo`liga o`tishi bilan Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi. Yunon-Baqtriya davlati tinimsiz urushlar olib borishga majbur ediki, bu hol uning kuchsizlanishiga sabab bo`ldi. Bundan foydalangan ko`chmanchi yuechji qabilalari miloddan avvalgi 140-130-yil-larda Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar. Madaniyatning rivojlanishi. Yunon-Baqtriya davlati 120 yil yasha di. Shu davr mobaynida uning iqtisodiyoti va madaniyati yuksaldi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi, ko`plab shaharlar barpo etildi. Baqtriya, So`g`diyona va Marg`iyona hunarmandlari yasagan buyumlar ko`pgina qo`shni shaharlar va davlatlarga ham tarqaldi. Yunon-Baqtriya davlatida tangalar hukmdor tasviri bilan zarb etilgan. Dajla daryosi bo`yi - Salavkiyadan Baqtriyagacha karvon yo`li qurib bitkazilgach, jahondagi ko`pgina davlatlar bilan xalqaro savdo-sotiq va madaniy aloqalar jonlandi. Baqtriya orqali Xitoydan Hindistonga boradigan karvon yo`li, shuningdek, Buyuk Ipak yo`lining janubiy tarmoqlari o`tgan edi.

V.Mustahkamlash:
Fors podsholigi qachon tashkil topgan?

  1. Makedoniyallk Aleksandr imperiyasi qaysi mustaqil davlat-larga bo’linib ketdi?

  2. Salavka va Antiox haqida nimalarni bilasiz?

  3. Parfiya va Baqtriya qachon Salavkiylar davlatidan mustaqil bo’ldilar?

  4. Yunon-Baqtriya podsholigi qachon tashkil topdi?

  5. Yunon-Baqtriya davlati tarixida ko’chmanchi yuechjilarning qanday o’rni bor?

6. "Ellinlashtirish" atamasining ma'nosini tushuntirib bering

V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.


Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish