Sana: Fan: Tarix Sinfi: 6


Miloddan avvalgi IV asrda



Download 1,24 Mb.
bet62/193
Sana23.01.2022
Hajmi1,24 Mb.
#404800
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   193
Bog'liq
6 тарих

Miloddan avvalgi IV asrda Filipp II Makedoniya podshosi bo`ldi. U kuchli armiya tuzdi. Mil. avv. 338-yilda Xeroneya yaqinida makedonlar yunonlar qo`shinini tor-mor etib tashladi. Ana shu jangda Filippning o`g`li navqiron Aleksandr alohida jasorat ko`rsatdi. Korinf shahrida yunon shaharlari elchilarining kengashi to`plandi. Unda Filipp Fors podsholigi ustiga yurish maqsadida yunonlar va makedonlar harbiy ittifoqini tuzishni taklif qildi. Filippning o`zi Sharqqa yurishni amalga oshira olmadi. Mil. avv. 336-yilda Filipp teatrga borganida saroy xizmatkorlaridan biri unga xanjar urdi. Aleksandr miloddan avvalgi 336-yilda Makedoniya podshosi bo`ladi. Shu yili u 20 yoshga to`lgan edi. Makedoniyalik Aleksandr g`ayriodatiy kuch-g`ayrat va jasorat sohibi bo`lgan, safdoshlari va qo`shinlari unga nihoyatda sadoqatli edi. Mil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 10 yil davom etdi. Ana shu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron va Hindistonda katta-katta hududlarni bosib oladi. Makedoniyalik Aleksandr ulkan hududda yunon madaniyati tarqalishiga imkon yaratish maqsadida bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtirdi. Makedoniyalik Aleksandr yurishlarida qatnashgan tarixchi Aristobul ular haqida mufassal ma'lumotlar qoldirgan. O`rta Osiyo xalqlarining harbiy san`ati. Miloddan avvalgi VII-IV asrlarda O`rta Osiyo jangchilari nima bilan qurollangan edi? Jangchilar jangga sovut kiyib kirganlar, boshlarida dubulg`a bo`lgan. Xanjar va qilich bilan qurollanganlar. Jangovar oybolta va nayza ham ishlatganlar. Kamon o`qi va chopqilar temir va jezdan yasalgan. Jangchilar otda ham, piyoda ham jang qila olganlar. O`rta Osiyo xalqlari orasida xanjar "aqinak", jangovar oybolta esa "sagaris" deb nomlangan. Uzoq masofadan turib jang qilish quroli sifatida kamon o`qlaridan foydalanilgan. Jangovar otlar ustiga va ko`kragiga temirdan to`qilgan bargustvon yopilgan. Dushmanga qarshi hujumni suvoriylar boshlab berganlar. Ular ot choptirib kelayotib o`q-yoy, nayza yoki qilich bilan dushmanga hamla qilganlar. Suvoriylar boshqa bir taktikani ham qo`llaganlar: yolg`ondakam chekinishlari va boshqa tomondan dushmanni pistirmaga duchor qilishlari ham mumkin edi. Qal'a va shaharlarni himoya qilishda o`q-yoy va palaxmondan foydalanganlar. Tosh irg`itganlar, qaynab turgan suvni sochganlar. Mudofaa maqsadida tosh va pishgan g`isht guvalalardan ham foydalanilgan. Miloddan avvalgi VII-IV asrlarda Qiziltepa, Afrosiyob va Uzunqir singari shaharlar burj va borulari bo`lgan mustahkam devorlar bilan o`rab olingan edi. Devorlar tepasida kamonchilar uchun yo`laklar qurilgan. Devorlar sirtidagi burj va borularda ham kamonchilar qo`yilgan. Suv to`latilgan chuqur va keng xandaq qal'aga boradigan yo`lni to`sib turar edi. Makedoniyalik Aleksandrning istilochiligi. Miloddan avvalgi 330-yilda Makedoniyalik Aleksandr Qadimgi Fors davlatining Ahamoniylar suloiasidan bo`lgan so`nggi shohi Doro III qo`shinlarini tor-mor keltirdi. U Hindistonga yurish qilishdan oldin qo`shini orqasini xavfsizlantirish maqsadida Amudaryoning narigi tomonida yashovchi elatlarni bo`ysundirmoqchi bo`ladi. Birinchi bo`lib uning yo`lini to`sgan shahar Baqtriya poytaxti Baqtra (Zariasp) bo`ldi. Bu yerda satrap Ahamoniylar sulolasidan bo`lgan Bess edi. U Baqtra shahrini himoyachilarga tashlab, Amudaryoning narigi tarafiga qochgan edi. So`g`diyona mustaqilligicha turar edi. Makedoniyalik Aleksandr o`z ustozi, qadimgi yunon faylasufi Aristotelning Amudaryodan ikki podsho - Kir II va Doro I kechib o`tgani, ikkalasi ham mag`lubiyatga uchragani, shuning uchun u yurishga yaxshi tayyorgarlik ko`rishi lozimligi to`g`risidagi maslahatini yodda tutar edi. Maroqandaning bosib olinishi. Miloddan avvalgi 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo`shinlari Amudaryodan o`ta boshladi. Aleksandrning jangchilari bu to`siqdan o`tib oldilar. Qo`shinlar qarshisida esa Nautaka (Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi) va Maroqanda turar edi. Miloddan avvalgi 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo`shinlari Maroqandani egalladi. Aleksandr qo`shinlarning bir qismini qoldirib, o`zi esa Kurushkat (Kiropolis) shahrini bosib olish uchun asosiy kuchlar bilan Sirdaryo qirg`oqlari sari siljiy boshladi. Rivoyatga ko`ra, bu shaharga fors shohi Kir II asos solgan ekan. So`g`diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga ko`tarildi. Tez orada so`g`diylarga baqtriyaliklar, sak va massagetlar qo`shiladilar. Qo`zg`olonga iste'dodli rahbar va qo`mondon Spitamen boshchilik qiladi. Ancha qo`shin to`plagan Spitamen Maroqandani qurshovga oldi. Aleksandr qamalda qolganlarga yordamga uch mingga yaqin jangchidan iborat qo`shin jo`natadi.


Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish