Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning bilimlari sinab ko`riladi.
1. gapirib bering?
4. Bobil madaniyati? Qaysi hukmdor davrida va qachon Bobil yagona davlatga aylandi?
2. Xammurappi qonunlari nima maqsadda yaratilgan edi?
3. Yangi podsholik davri haqida
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
Mil. avv. 2- mingyillikda Old Osiyoda mavjud bo'lgan davlat- larni xaritadan toping va nomlarini sanab bering.
Old Osiyo hududida ilk davlatlar qachon vujudga kela boshladi?
Xett podsholigi qay tariqa tashkil topdi? Xett podsholari hukm- ronligining o'ziga xosligi nimada?
Xett podsholigi qanday zavol topdi?
Ossuriya podsholigi haqida nimalarni bilasiz?
Ossuriya hukmdori Oshshurbanapal tarixda nimasi bilan nom qoldirgan?
Urartu davlati ravnaq topishi va zavolga yuz tutishi sabablari nimada?
Miloddan avvalgi 2- mingyillikda Old Osiyo hudu- dida o'lkada yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk dav- latlar vujudga kela boshladi, jumladan: Xett, Mitanni, Ossuriya, Urartu, Finikiya shahar-davlatlari. Bu dav- latlar doimiy bosqinchilik va mudofaa urushlarida kun kechirishgan. Taxminan miloddan avvalgi XVIII asrda Kichik Osiyo marka- zida (hozirgi Turkiya hududida) xettlar degan shimollik xalq o'z davlatiga asos soladi. Xattusa shahri ana shu dav- latning poytaxti bo'lgan. Aholining asosiy mashg'uloti dehqonchilik va chorvachilik edi.
c
Xettlar qo'shni mamlakatlar bilan doimiy urushlar olib borishgan. Jangovar aravalar va qoq o'rtasiga temir uchlik o'rnatilgan qalqonlardan foydalanishgan. Xettlar Suriyaning anchagina shaharlarini bosib olib, Bobilni talon-taroj qilganlar. gan, xettlar poytaxti Xattusani bosib olish chog'ida otliq qo'shin hal qiluvchi rol o'ynagan edi. Shunday bo'lsa-da, miloddan avvalgi XIV asr boshlarida Xettlar podsholigi tag'in kuchaya boshladi. Xettlar O'rtayer dengizi bo'ylarini urushib qaytarib oldilar, Mitanni podsholigini zabt etdilar. Faqat Ossuriya tahdidi xavf- xatari ostida xettlar Misr hukmdori bilan sulh tuzishga majbur bo'ladilar. Ossuriyaliklar Bobilni bosib oladilar, ammo xettlar ularning tazyiqini to'xtatishga muyassar bo'ladilar. Miloddan avvalgi XIII asr oxirida tarixda nomlari noma'lum xalqlar (ularni "dengiz xalqlari" deb atash- gan) xettlar poytaxtini bosib olib, butunlay vayronaga aylantirdi. Davlat nuradi, xettlar esa boshqa xalqlarga singishib ketdi. Qadim zamonlarda ossuriyaliklar Dajla yuqori oqimidagi kichik- -• roq hududni egallashgan. Avval Oshshur shahri, keyin esa Nineviya shahri poytaxt bo'lgan. Aholining asosiy mashg'uloti dehqonchilik va savdo-sotiq edi. Ossuriyaliklar davlati miloddan avvalgi XX asr atroflarida vujudga keldi.
Ossuriyaliklar jangari xalq bo'lgan. Ular qo'shni yerlarga tez-tez hujum qilib turardilar. Ossuriyalik- larning qudratli lashkari har yili yangi yerlarni zabt etishga otlanar edi. Bo'ysundirilgan xalqlar Ossuriya hukmdoriga katta miqdorda o'lpon to'lar edi. Mil. aw. XIII asrda podsho Salmanasar hukmronligi davrida Ossuriya podsholigi o'z ravnaqining yuqori cho'qqisiga erishadi. Mil. avv. VIII—VII asrlarda Ossuriya podsholigi qayta yuksalgan davrda Bobil, Bibl, Tir, Sidon va Falastinning bir qismi ham bosib olinadi.
Ossuriya podsholigi
V.Mustahkamlash:
Mil. avv. 2- mingyillikda Old Osiyoda mavjud bo'lgan davlat- larni xaritadan toping va nomlarini sanab bering.
Old Osiyo hududida ilk davlatlar qachon vujudga kela boshladi?
Xett podsholigi qay tariqa tashkil topdi? Xett podsholari hukm- ronligining o'ziga xosligi nimada?
Xett podsholigi qanday zavol topdi?
Ossuriya podsholigi haqida nimalarni bilasiz?
uriya hukmdori Oshshurbanapal tarixda nimasi bilan nom qoldirgan?
Urartu davlati ravnaq topishi va zavolga yuz tutishi sabablari nimada?
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |