Sana:
Fan: Tabiatshunoslik
Sinf: 4
Mavzu: Yer osti boyliklari .
Maqsad:
Ta’limiy: O’quvchilarni o’lkamiz yerostidan qazib olinadigan foydali qazilma boyliklari bilan tanishtirish. Yonuvchi, rudali, noruda foydali qazilma turlari haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga o‘lkamiz hududidagi foydali qazilmalar haqida ma’lumot berish orqali Vatanga bo‘lgan g‘ururlarini oshirish. Qazilma boyliklarini asrab-avaylash va tejashga bo‘lgan munosabatlarini o‘stirish. Yoqilg‘i mahsulotlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning yerosti boyliklari haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirish. Og‘zaki nutqlarini o‘stirish. Tasavvurlarini boyitish.
Darsda qo‘llaniladigan metod: Tushuntirish, amaliy ish, savol-javob, ko‘rgazmali, suhbat, kichik guruhlarda ishlash, munozara.
Darsning jihozlari: multimedia, yerosti qazilma boyliklaridan namunalar, tarqatma materiallar, darslik, O‘zbekiston xaritasi.
Fanlararo bog’lanish: ingliz tili, yong’in xavfsizligi, iqtisod.
Darsning borishi.
1.Tashkiliy qism.
— salomlashish;
— navbatchi axborotini tinglash;
— o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish;
Darsimizni boshlashdan oldin “Do’stona kelishuv” qoidalarini eslab olamiz.
“Do’stona kelishuv”
Intizom
O’zaro hurmat
Faollik
Aniqlik
Ahillik
O’ng qo’l qoidasi
— Bugun siz bilan tabiatshunoslik darsimizda quyidagi ishlarni bajarishimiz kerak.
Guruhlarda o‘tilganlarni takrorlaymiz. Yаngi mavzu “Yerosti boyliklari” haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Mavzuga oid amaliy ish o‘tkazamiz, mavzuni mustahkamlaymiz va darsga yakun yasab, uyga vazifa olamiz.
Bu ishlarni amalga oshirish davomida siz bilan mana bu uyimizni qurib bitirishimiz kerak bo‘ladi. Darsimizning har bir bosqichini tugatganimizda uyimizning bittadan qismi o‘rnatilib borilishi kerak. Darsni yakunlaguncha uyimiz bitishi zarur.
2. Uy vazifasini so‘rash.
— Bugunga darsimizda rag‘batlantirish rangli metallar yordamida amalga oshiriladi.
— Eng to‘g‘ri javob va faol ishtirok uchun qimmatbaho metall oltin bilan — 5 ball, kumush metall bilan – 4 ball, bronza metall bilan – 3 ball qo‘yiladi.
— Sinf o‘quvchilari to’rtta guruhda ish olib boradilar. Har bir guruhda to’rttadan o‘quvchi bor.
— Hozir men o’tilgan mavzu yuzasidan har bir guruh uchun savol kartochkasini beraman ,
— …
— Hozir siz bilan yomg‘ir yog‘ishini harakatlarimizda ko‘rsatamiz. Ovoz chiqarmaymiz.
Jismoniy daqiqa o‘tkaziladi.
Birinchi qator – shamolni ko‘rsatadi; kaftlarini bir-biriga ishqalaydi. O‘qituvchi ishorasi bilan ikkinchi va uchinchi qatorlar ham shu harakatga qo‘shiladilar. So‘ngra, birinchi qator – qo‘llarini shaqillatish orqali yomg‘ir yog‘ishini ko‘rsatadilar. O‘qituvchi ishorasi bilan ikkinchi va uchinchi qatorlar ham qo‘shiladilar.
Yomg‘ir jalaga aylanadi. Bunda, kaftlar oyoqlarga galma-galdan uriladi.
O‘qituvchi ishorasi bilan avval birinchi qator boshlaydi, so‘ngra, ikkinchi va uchinchi qatorlar ham qo‘shiladilar.
Chaqmoq ko‘rsatiladi – oyoqlar ko‘tarilib tushiriladi. Bu уerda ham avvvalgi holat takrorlanadi.
Shu tarzda mashq teskari ketma-ketlikda orqaga qaytariladi va shamol bilan tugatiladi.
3. Yangi mavzu bayoni.
O‘quvchilar bilan savol javob o’tkaziladi.
Siz bilan 3- sinfda “Foydali qazilmalar” mavzusini o’tgan edik .Qani eslab ko’ringchi qanday foydali qazilmalarni o’rgangan edik?
-…………….
Tarkibida metallar mavjud bo’lgan minerallar rudali foydali qazilmalarni tashkil etadi. Ular tarkibiga temir, mis, aluminiy, rux, qo’rg’oshin kabi metallar kiradi. Oltin va kumush ham rudali foydali qazilmalarga mansub. Noruda foydali qazilmalarga osh tuzi, fosforit, apatit, oltingugurt kabilar kiradi. Ohaktosh, qumtosh, granit, marmar va boshqa qurilish materiallari ham noruda foydali qazilmalarga taalluqli.
Foydali qazilmalar odatda boshqa moddalar bilan aralashgan holda, aralashma holda bo’ladi.
Foydali qazilmalarni qum va gil bilan birgalikda ekskavatorlar va boshqa texnika vositalari yordamida ko’p miqdorda qazib olinadi.
So’ngra kerakli qazilma qum, gil va boshqa begona moddalardan ajratib
olinadi.
Mis, aluminiy, temir, qo’rg’oshin, rux kabi foydali qazilmalar esa begona moddalar bilan qattiq tosh – qotishma holida uchraydi. Qotishma holidagi rudalar eritilib, kerakli metallar ajratib
hududining qayerida qanday foydali qazilma konlari mavjudligi ko’rib, belgilab chiqiladi.
Yana bir bosqichni bajardik, endi uyimizning eshik va romlarini o’rnatsak ham bo’ladi.
.5. Darsga yakun yasash va baholash.
Dars xuloslanadi.
— Bugun siz bilan Yerosti boyliklari haqida suhbatlashdik va ular haqida tushunchaga ega bo‘ldik.
Bugungi dars sizlarga yoqdimi?
Guruhlarda qanday ishladingiz?
— …
(O‘quvchilarning dars jarayonidagi ishtiroklari va bergan javoblari hisobga olinadi va baholanadi. Baholar e’lon qilinadi).
Uyimizning oxirgi qismini ham o’rnatamiz. Darsimizni yakunlagunimizga qadar uyimizni ham bitirib oldik.
6. Uyga vazifa berish.
Uyga vazifa: O‘tilgan mavzuni o‘qish. Mavzu oxirida berilgan savollarga javob yozib kelish beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |