VI. Uyga vazifa.Mavzuga doir misollar berish
Maktab MMIBDO’______________________ ____________________ sana______ _______ 20__yil
Fan: Matematika
Sana:
21-Mavzu: Kesmalarning uzunliklarini o`lchash va taqqoslash
Mashg’ulotning maqsadi.: O`quvchilarning nuqta, chiziqlar, kesma, siniq chiziq haqidagi egallagan bilimlarini boyitish,geometrik kattaliklar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, kesmalarning uzunligini o`lchash va taqqoslash haqida bilim berish, kesmalarning uzunligini o`lchay olish va ularni taqqoslashni bilish.. O`quvchilarga mashg’ulot jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish. O‘quvchilarning chizg`ich yordamida o`lchay olish, chi`zg`ichdan foydalanishga oid ko`nikmalarini shakllantirib borish..
TK: O’z –o’zini rivojlantirish komp-si: o’qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtiran olish Mashg’ulot turi: Aralash
Mashg’ulot metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin
Mashg’ulot jihozlari: Mashg’ulotlik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT
Mashg’ulotning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligini ta`minlash
O`quvchilarning diqqatini mashg’ulotga jalb etish.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.
O`tilgan mavzu ekranda berilgan “Tipratikan” nomli trenajyor mashqi orqali mustahkamlanadi. Bu trenajyordan foydalanish qoidalari avvalgi mashg’ulotlarda keltirilgan. Unga ko`ra 10 ichida qo`shish va ayirishga oid misollarni yechish kerak.
Kitobda berilgan 1-misol daftarda bajariladi. Buning uchun har bir kesma chizg`ich yordamida o`lchanadi va daftarlarga ham xuddi shunday chiziladi.
Mashg’ulotlikdagi 2-topshiriq og`zaki bajariladi. Topshiriqdagi shakllarda nechta kesma borligi va ular nima deb atalishi so`raladi.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun ekrnda mavzuga oid test beriladi. Barcha testlar mavzudan kelib chiqib tuzilgan. Masalalar o`qituvchi tomonidan tushuntiriladi va ularni o`quvchilar daftarlariga belgilaydilar.
Testlar bir balli tizim asosida baholanadi.
3-topshiriqda o`quvchilar o`zlarining o`tirgan joylaridan doskagacha bo`lgan masofani qadamlab o`lchaydilar. O`qituvchi bolalarga uylarining uzunliklarini qadamlab o`lchab kelish topshirig`ini beradi. Mazkur topshiriqni bajarish barobarida o`quvchilar chamalash, o`lchash, taqqoslash kabi tushunchalarni yanada puxtaroq o`rganadilar.
Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.
O`quvchilarning geometrik bilimlarini shakllantirish maqsadida Paint dasturi asosida shakllar yasaydilar va ular turli xil ranglarga bo`yaladi. Qaysi shaklni qaysi rangga bo`yashni o`qituvchi belgilab beradi. O`quvhilar bu trenajyor mashqlarni bajarish barobarida shakllarni ajrata olish qobiliyati rivojlanadi.
Mashg’ulotlikdagi 4-misolni o`qituvchi o`quvchilarga tushuntirib beradi. Bo`sh kataklar o`rnini qanday amallar bilan to`ldirish kerakligi aytib o`tiladi.
8-4=4 7+2=9 4+5=9 3+3=6 9-2=7 6+3=9
IV. Mustahkamlash. 5-topshiriqda o`uvchilar shakllarning har bir tomonini chizg`ich yordamida o`lchaydilar va o`lchangan tomonga natijani yozadilar.Ekranda “Tarozi” trenajyori beriladi. Bu mashqda 20 kg li meva va poliz ekinlaridan foydalanilgan. O`quvchilar taroziga mevalarni qoyib o`lchaydilar. Bu topshiriqni bajarish bilan birgalikda o`quvchilarda 20 ichida sonlarning tarkibini bilish hamda tarozida o`lchash malakari shakllanadi, rivojlanadi.
So`ng Paint dasturi asosida ko`pburchaklar yasash topshirig`i beriladi.
O’quvchilarni mashg’ulotga ishtirokiga qarab rag’batlantiraman.Faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Mashg’ulot haqidagi fikrlari so’raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |