Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf


III. Yangi mavzuning bayoni



Download 1,79 Mb.
bet97/148
Sana31.01.2022
Hajmi1,79 Mb.
#420224
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   148
Bog'liq
6 sinf Vatan tuyg\'usi Konspekt

III. Yangi mavzuning bayoni


Aziz o`quvchi, siz bilan awalgi suhbatlarimizda buyuk tariximiz,boy ma`naviyatimiz haqida gaplashdik. Ana shu tarix va ma`nayiyatning shakllanishida muhim o`rin tutgan omillardan bin milliy davlatchiligimizdir. Shuni esda tutingki, bizning bu boradagi ildizlarimiz ham juda
qadimiydir. O`tgan suhbatimizda tilga olingan «Avesto» kitobi yaratilgan zamonlarda yurtimizda ilk davlat va davlatchilik asoslari mavjud bo`lgan. Olimlarning aytishlaricha, «Avesto»da hozirgi yurtimiz hududida bundan uch ming yillarcha muqaddam hukm surgan davlatlar haqida ma`lumot berilgan. Shunga asoslanib, ular bizning milliy davlatchiligimiz tarixi uch ming yildan oshishini ta`kidlaydilar.Albatta, insoniyat hayotida hamma narsa birdaniga paydo bo`lib qolgan emas. Jumladan, davlatchilik ham to`liq shakllanib bo`lmasidan awal uning ayrim belgilari, ba`zi vazifalari amal qilgan. Masalan, odam-
lar o`rtasidagi munosabatlarni dastlab qabilachilik va urug`chilik qoidalari tartibga solib turgan. Qabila a`zolari orasidan sardor — boshliq saylangan, unga hamma bo`ysungan. Qabilaning o`z tili, yashash joyi,urf-odatlari, turli jangi jadallarda ishtirok etadigan jangovar yigitlari bo`lgan. Bularning barchasi уШаг va asrlar o`tishi ЬДап asta-sekin davlat chilikka asos bo`lib borgan. Turli qabilalar birlashib, muayyan xalqqa asos solgan. Ularning boshqaruv tizimi esa davlat idoralarini shakllantirishda muhim o`rin tutgan.Siz Vatanimiz hududidagi ilk shahar qachon paydo bo`lganini bilasizmi? Olimlarning yozishlaricha, yurtimiz hududidagi ilk shahar miloddan oldingi ikki minginchi yillarning o`rtalarida paydo bo`lgan ekan. Bu - miloddan 15-16 asr ilgari, bizning davrimizdan esa uch yarim ming yil muqaddam deganidir. O`sha makon hozirgi Surxondaryo hududidagi Jarqo`ton shahri bo`lgan ekan. Bunday qadimiy shaharlar bo`lajak davlatlarning o`ziga xos modeli, andozasi bo`lib xizmat qilgan.Shuning uchun ularni ilk shahar-
davlatlar desak, xato bo`lmaydi. Tarix darslarida yurtimizdagi qadimiy davlatchilik shakllari haqida hali sizga batafsil ma`lumot beriladi. Biz esa ularning ayrimlarini eslab o`tamiz.Miloddan oldingi to`rtinchi asr so`ngida makedoniyalik Iskandar, ya`ni Aleksandr Makedonskiy yurtimizga bostirib kelgan paytda bu yerda Xorazm, So`g`d, Baqtriya, Parkana kabi davlatlar bo`lgan. Yunonlar bosqinidan keyin Yunon —Baqtriya, Baqtriya kabi yirik davlatlar rivojlangan. Milodning birinchi asrlariga kelib, yunonlar hukmronligiga butunlay barham berilgan.Yurtimiz hududida Kushonlar davlati deb atalgan ulkan mamlakal vujudga kelgan.Siz Turon, Turkiston degan nomlarni ko`p eshitgansiz. Bular liam yurtimizda hukm surgan qadimiy davlatlarning nomi. Sizga yaxshi ma`lumki, hozirgi diyorimiz hududi, islom dini kirib kelgach, arabcha nom bilan Movarounnahr deb atala boshlagan.Shundan so`ng, hukmron sulolalar nomi bilan atalgan somoniylar,qoraxoniylar, g`aznaviylar, xorazmshohlar kabi davlatlar bo`lgan. Mo`g`ullar istilosidan keyin esa yurtimiz hududi Chig`atoy ulusi deb atalgan davlat tarkibiga kirgan. Davlatchilik haqida gap ketganda, bir narsani yodda tutingki, uni barpo etish qanchalik qiyin bo`lsa, turli xavf-xatarlardan saqlash, muttasil mustahkamlab borish undan ham mushkulroqdir. O`z mustaqilligini yo`qotgan davlatning qayta tiklanishi oson bo`lmaydi. Bu yo`lda yurt fidoyilarining, ayniqsa yo`lboshchilarning mardligi va qahramonligi lozim bo`ladi. Mo`g`ullar istilosidan so`ng sohibqiron Amir Tcmur bobomiz ana shunday buyuk sarkarda bo`lib maydonga chiqadi Mo`g`ullar hukmdori Tug`luq Temurxon Sharqiy Turkistonda hokimiyatni qo`lga olib, Movarounnahrda ham o`z hukmronligini o`rnatmoqchi bo`ladi. O`shanda Kesh — hozirgi Shahrisabz viloyatida Hoji Barlos hokim edi. U mo`g`ul hukmdorining g`azabidan qo`rqi Xurosonga - Amudaryoning narigi tarafiga o`tib ketadi. Amir Tenru bilan birga Amudaryogacha boradi, lekin shunday mas`uliyatli damd
yurtini tashlab ketolmasligini his etib, o`z tarafdorlari bilan ortiga qayta va Kesh hokimiyatini egallaydi. Buyuk bobomizning yurt ozodlig yo`lidagi faoliyati ana shu tariqa boshlanadi. U Turkiston zaminidag tarqoq bekliklarni birlashtiradi, mo`g`ullar hukmronligiga barham berib yagona qudratli davlatga asos soladi. Buyuk bobomiz o`zining oliy farmonlarini quyidagi so`zlar bilan bosh lagani ham bejiz emas: «Bizkim, maliki Turon, amiri Turkistonmiz...»Bu o`rinda Prezidentimiz Islom Karimovning bir fikrini keltiris kifoya, deb o`ylaymiz:«Tengsiz azm-u shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo`Igan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o`zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilm-u fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va ma`naviyat rivojiga keng yo`l ochdi»1.Afsuski, Amir Temur va temuriylar davridan keyin yurtimiz hududi turli xonliklarga bo`linib ketadi. «Uch xonlikka bo`linib ketgan mintaqa uzoq muddat o`zaro ziddiyat va qarama-qirshiliklar, urush-janjallar girdobida qolib ketgani nafaqat iqtisodiy, moliyaviy va harbiy salohiyat nuqtayi nazaridan, balki ijtimoiy-ma`naviy fikr rivojida ham ko`p salbiy oqibatlarni keltirib chiqargani barchamizga yaxshi a`lum»2.Tarixirnizning bunday qayg`uli-iztirobli davrlarini eslash biz uchun qanchalik og`ir bo`lmasin, biz ana shu zamonlarda yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni xolis tan olib, ibratli xulosalar chiqarishga qodir
bo`lishimiz kerak.



Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish