III. Yangi mavzuning bayoni Madaniy merosimizning birgina namunasi dunyo taraqqiyotiga shuncha ta`sir o`tkazgan ekan, biz buyuk
ma`naviyat egasi sifatida faxrlanib yashashga har tomonlama haqlimiz.Bu kitob o`tda yondirilganiga qaramay, uning ko`pchilikka yod bo`lib ketgan g`oyalari xalqimizning qalbida, kundalik urf-odat va an`analarida yashayvergan. Bu asarning asosiy g`oyasi bo`lgan ezgulik bugungi kunda ham barcha oizxi-m^sMarimizning negizida mujassam ekani haqida siz awalgi darslarimizdan yaxshi xabardorsiz.Ma`naviyatning inson va jamiyat hayotidagi ana shunday ulkan ahamiyatini yaxshi tushungan ma`rifatli xalqlar o`z kuchi, moddiy imkoniyatlarini shu kabi hech qachon yo`qolmaydigan ma`naviy boyliklarga sarflashga harakat qilgan. Bizning xalqimiz ham azaldan ana shunday ma`rifiy xalqlardan biri sifatida dunyoga tanilgan, deb aytishga tarixiy asoslar yetarlidir. Buning isbotini butun hayotini ilm-ma`rifat rivojiga bag`ishlab, jahon ahlini hanuzgacha hayratga solib kelayotgan buyuk allomalarimiz misolida yaqqol ko`rish mumkin. MING YILDA BIR TUG`ILADIGAN ALLOMA Muqaddas Xorazm zaminidan yetishib chiqqan ulug` ajdodimiz Mahmud Zamahshariy ilm-u ma`rifat yo`lidagi beqiyos xizmatlari Lichun «Jorulloh» ya`ni «Ollohning qo`shnisi» degan yuksak e`tirofga sazovor bo`lgan. U yaratgan «Al-mufassal» kitobi arab tilining grammatikasiga asos qilib olingan bo`lib, arab dunyosida unga hozirgacha amal qilinadi. Shu bois arab mutafakkirlaridan biri «Olamdagi barcha qishloqlar jamlanib, Xorazmning birgina Zamahshar qishlog`iga fido bo`lsa arziydi. Chunki bu qishloq ming yillarda bir marta dunyoga kellshi mumkin bo`lgan Zamahshariydek mashhur allomaning vatanidii- cleganida to`la haqlidir1. Yurtirniz shuhratini olamga yoygan alloma bobolarimizdan yami biri tabobat ilmida ulkan kashfiyotlarni amalga oshirgan, shayxur-iais, ya`ni aUomalarning yetakchisi nomini olgan Abu Ali ibn Sinodir. II zotning «Tib qonunlari» asari Yevropa universitetlarida olti asr davomidn darslik sifatida o`qitilgan, o`ziga xos falsafiy ta`limoti esa olimlar tomonidan hanuz katta qiziqish bilan o`rganiladi. Rivoyat Ibn Sino va osbiq yigit Bir yigit qattiq betob bo`lib qolibdi. Hech qaysi tabib lining dardiga davo topa olmabdi. Ota-onasi oxiri buyuk hakim Ibn Sinoga murojaat qilibdi. Ulug` alloma yigitning tomirini ushlab, «Slui yaqin-atrofdagi mahaUalarning nomini aytingiz», debdi. Qaysidii mahallaning nomi aytilganda, yigitning tomir urishi tezlashib ketibdi. Shunda Ibn Sino yana xonadon sohiblariga qarab, «Endi o`sha mahalladagi ko`chalarning nomini aytingiz», debdi. Qaysidii ko`chaning nornini eshitganda yigitning tomiri yana tez ura boshlabdi. Buyuk tabib bemor dardining sababini tobora aniq his clib,«Endi o`sha ko`chada yashaydigan qMarning nomini aytingiz», debdi. Qizlardan birining nomi aytilganda, yigit oh tortib yuboribdi. «O`g`lingizning kasali ma`lum bo`ldi, — debdi Ibn Sino, - nni qiynayotgan dard — muhabbat dardidir».«Milliy tariximizning yana bir yorqin yulduzi Abu Rayhon Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho berar ekan, amerikalik Га»tarixchisi Sarton XI asrni «Beruniy asri» deb ta`riflaydi. Bunday yuksak va haqli baho awalo qomusiy tafakkur sohibi bo`lmishbuyuk vatandoshimizning inn-fan taraqqiyotiga qo`shgan beqiyos hissasi bilan izohlanadi»1. Olimlik martabasi Mirzo Ulug`bekdan «Siz nega siyosatdan ko`ra ilmga ko`proq qiziqqansiz?» deb so`raganlarida, shunday javob bergan ekan: «Men limning qudratini bobomdan bildim. Bir safar bobomning tizzasida o`ltirar erdim.Banogoh huzuri muborakka bir kishi kirdi. Bobom shoshib o`rnidan turdi.Men uning tizzasidan tushib ketdim.Bobom bunga parvo ham qilmasdan,haligi odamni qarshi olishga oshiqdi.Keyin bilsam, o`sha kishi bobomga bir paytlar ilm o`rgatgan ustozi ekan.Olimlik martabasi podsholikdan ham ulug`roq ekanini o`shanda bilganman.Shunda ko`nglimda olim bo`lish havasi uyg`ongan edi».Alisher Navoiy bobomizning madaniyatimiz tarixidagi xizmatlari sizga yaxshi ma`lum. Ulug` ajdodimiz ilk bor o`zbek tilida har tomonlama yetuk asarlar yaratgan va shu tariqa tilimizni ham,ma`naviyatimizni ham yuksak bosqichga ko`targan. Jahon tilshunos olimlari dunyodagi buyuk shoir va yozuvchilar orasida eng ko`p so`z boyligiga ega bo`lgan ijodkorni aniqlash bo`yicha (adqiqot o`tkazgan. Uning natijasiga ko`ra, ulug` bobomiz Alisher Navoiy jahondagi so`z boyligi eng ko`p shoir sifatida tan olingan.Alisher Navoiy o`z asariarida 26 ming 35 ta so`z ishlatgan ekan. Buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin 21 ming 193 ta, ingliz shoiri Uilyam Shekspir 20 mingdan ortiq so`z qo`llagan ekan.Shu bois Alisher Navoiy bobomiz dunyo miqyosida katta shuhrat qozongan. Bu ulug` zotning xotirasiga Rossiya Federatsiyasining poytaxti Moskva shahrida,Yaponiya poytaxti Tokioda va Ozar- boyjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida muazzam haykallar o`rnatilgani ana shunday yuksak ehtirom ifodasidir.Shuning uchun ham, Prezidentimiz Islom Karimov Alisher Navoiyning buyuk ijodkorlik dahosiga yuksak baho berib, ulkan g`urur-iftixor tuyg`ulari bilan bunday so`zlar yozgan: «Agar bu ulug` zotni avliyo desak,u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir»1. Bu zotni buyuk mutafakkir bobolarimizdan biri Zahiriddin Muhammad Bobur «musawirlik ishini bisyor nozuk qildi» deya ta`riflaydi. Bu so`zlar Behzodning kishi chehrasi orqali uning ichki dunyosi, fe` 1-atvorini juda nozik tasvirlab bera olish m;ih<) ratiga ishora. Garchi G`arbda Behzodni «Sharq Rafaeli» deya o`/lai ibilgan va yaxshi ko`rgan rassomga qiyoslab ulug`lagan bo`lsalar-cla, uning ijodi buyuk italyan rassomi va me`mori, g`arb uyg`onish davrining yetuk namoyandasi hisoblangan Rafael Santining ijodidan mutlaqo farq qiladi. Rafael Santi saroy va ibodatxonalarga suratlar ishlagan, katta-katta polotnolar chizgan. Kamoliddin Behzod esa inson ruhiyatin^chuqur aks ettirgan Sharq, xususan, Movarounnahr va Xuroson miniatura san`ati maktabiga asos solgan.