Bino qurilishi, 1887-iyul



Download 16,02 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi16,02 Kb.
#360315
Bog'liq
pizza ermitaj efel


Eiffel minorasi — Fransiya timsoli sifatida dunyoga tanilgan, Parijning eng taniqli meʼmorchilik namunasi boʻlib, oʻz konstruktori Gustave Eiffel sharafiga nomlangan va yiliga 5,5 million kishi tashrif buyuruvchi turizmning mashxur obyektidir.

Bino qurilishi, 1887-iyul.

Play media

Eiffel minorasi

Minora 1889-yildagi Umumjahon koʻrgazmasi uchun qurilgan. Moris Koshlen va Emiel Nugye tomonidan namoyish etilgan chizmalar koʻrgazmaga tayyorgarliklar eʼlon qilingan musobaqada birinchi sovrinni qoʻlga kiritgan. Eyfel zavq-u shavq bilan : „Fransiya 300 metrlik flagshtok joylashgan yagona mamlakat boʻladi“, deb aytgan.

Eyfel minorasi oʻlchovlari.

Eiffel minorasi, A.G. Eiffel loyihasi boʻyicha Parijda qurilgan metall minora. 19-asr texnikasi yutugʻi ramzi sifatida Jahon koʻrgazmasi (1889) uchun qurilgan. 1931-yilgacha dunyoning eng baland va ogʻir inshooti hisoblangan (balandligi 300 m ga yaqin, massasi 9 ming tonna, shundan 7,3 ming tonnasi metall konstruksiyalar). Minoraning quyi qismi kvadrat piramida shaklida, uchida pavilon va mayoq bor, tepasida.diametri 1,7 m li maydoncha qurilgan. Radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarning muhim markazi hisoblanadi. Eiffel minorasini qurishda metall konstruksiyalarni montaj qilishning oʻsha davr uchun eng ilgʻor hisoblangan usullari qoʻllangan. Eiffel minorasi Parij aholisi va sayyohlar uchun eng qiziqarli koʻngilochar maskan hisoblanadi.

Inshoot ajoyib va tezkor omad oldi. 6 oylik koʻrgazma jarayonida „temir leydi“ni koʻrgani 2 milliondan ortiq kishi tashrif buyurdi. Yil oxiriga kelib, qurilish uchun ketgan xarajatlarning 3/4 qismi qoplandi. Maʼlum boʻlishicha, 300 yozuvchi va rassomlar munitsipalitet nomiga konstruksiyani „foydasiz va koʻrimsiz“ taʼriflab raddiyalar yozganlar.

Shuningdek, Minora Yen koʻprigi qarshisidagi Mars maydonida qad tiklagan.

Qurilish ishlari 300 ishchi bilan 2 yil — 1887-yilning yanvar oyidan 1889-yilning mart oyigacha boʻlgan oraliqda bajarilgan. Bunday rekord natijalarga 12 000 dan ortiq metal detallarning oʻlchamlari aniq koʻrsatilgan yuqori sifatli chizmalar asosida erishilgan. 2,5 mln dan ortiq mixparchinlardan foydalanilgan. Minoraning balandligi (uning yuqorisidagi 22 metr uzunlikdagi televizion antenna kiritilmagan holda) 300 metrni tashkil etadi. Minora oʻsha davrning eng baland binolari Xeops piramidasi 137 m dan deyarli 2 barobar baland edi.

Metall konstruksiyalar ogʻirligi — 7 300 t ni tashkil etadi (umumiy ogʻirligi esa 10 100 t). Poydevor beton asosdan iborat. Kuchli shamol vaqtida minora chayqalishi 15 sm dan oshmaydi. Minora 1889 yildagi koʻrgazmada Parij timsoli sifatida qurilgan va Parijga kirish arkasi sifatida foydalanilgan.

Pastki qavat oʻzida 57,63 m arkali ravoqni tutashtiruvchi 4 ustunni ifodalagan piramidani namoyish etadi; qubbada Eyfel minorasini birinchi platformasi joylashgan. Bu platformadan ham ikkinchi 115,73 m arkali ravoqni tutashtiruvchi 4 ustunni ifodalagan piramida-minora koʻtarilgan. Toʻrt ustun piramida holatida pogʻonama-pogʻona yaqinlashib, 190 metrlik piramida shaklini beruvchi ustunni ifodalagan; uchinchi platformada 300 m balandlikdagi maydonda gumbazli mayoq mavjud. Minoraga 1792 pogʻonadan iborat zinalar va lift olib chiqadi.

Piza — Italiyaning markaziy qismidagi shahar, Arno daryosi boʻyida. Piza provinsiyasining maʼmuriy mar-kazi. Aholisi 85,3 ming kishi (2001). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kema qatnaydigan kanal orkali Livorno porti bilan bogʻlangan. Mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika, oynashisha, keramika,Piza shahri. "Qulayotgan minora". toʻqimachilik, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Galiley taʼlim olgan universitet (1343), Sanmatteo muzeyi bor. Oʻrta asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklardan kampanella ("Qulayotgan minora"), cherkovlar saqlangan. Turistlar kup keladi.[1]

Bristoldagi fuqarolik qurilishlari Boshqarmasining professori Jorj Milonakis boshchiligidagi olimlar Piza minorasi chidamliligining sirini ochishdi. Minora so‘nggi 700 yil mobaynida yuz bergan bir nechta jiddiy zilzilalarga bardosh berdi. Aniqlanishicha, tuproqdagi dinamik ta’sir uning chidamliligini ta’minlaydi.

XIV asrda qurilgan minora o‘tgan asr oxiridagi rekonstruksiya vaqtida besh darajali qiyalikka ega bo‘lgan, chunki u yumshoq yerdagi kichik poydevor ustida turibdi. 60 metrli bu binoning uchi 5 metrga egilgan.

Shunga qaramay, mashhur italyan minorasi garchi ko‘pchilik muhandislar kichik yer silkinishi paytida uning qulab tushishiga ishonchlari komil ekanini aytsa-da, eng kuchli seysmofaollik davrida ham chidamliligini ko‘rsatdi.

Muhandislarning fikriga ko‘ra, uning umumiy balandligi, qattiq tuzilishi, shuningdek, yumshoq poydevori tuproqdagi tebranishni shunday o‘zgartirish imkonini beradiki, zilzila paytida yerning harakatlanishi minoraga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Olimlarning ta’kidlashlaricha, Piza minorasining dinamik ta’siri rekord ko‘rsatgichlarga erishishi mumkin.

Rossiyaning eng yirik muzeyi - Ermitajga 250 yildan oshdi. Bu mamlakatning eng yirik muzeyi. Quyida biz sizga ko'pchilikka ma'lum bo'lmagan eng qiziq faktlarni to'pladik.

Qachonlardir hatto Pushkin ham Ermitajga kira olmagan.

Ermitaj Buyuk Ekaretinaning shaxsiy kollektsiyasi sifatida paydo bo'ldi: imperator ayol 183 ming talerga 317 qimmatbaho rasm to'plamini sotib oldi. Polotnolar saroyning alohida xonalariga joylashtirilgan, shundan ham fransuzchadan “ermitaj” so’zi yolg’iz, alohida makon nomini bildiradi. Ushbu saroydagi jamlanma asta-sekin yangi nusxalar bilan to'ldirilgan,ammo har bir kishi ham zallarga tashrif buyurolmagan. Hatto , Aleksandr Pushkin kollektsiyani faqatgina Vasiliy Jukovskiyning talablaridan so'nggina ko'rishga muvaffaq bo'ldi.



Ermitaj 1852 yilda Nikolay I tomonidan mehmonlar uchun ochilgan va 1880 yilga kelib muzeyga 50 ming kishi tashrif buyurgan. Imperator muzey atrofida yolg’iz aylanib yurishni juda yaxshi ko'rar edi: o'sha vaziyatda unga ichki masalalarda turli savollar bilan murojat qilish mumkin bo’lmagan.
Download 16,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish