Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II .O`tilgan mavzuni takrorlash O`z Vatanining fuqarosi bo`lish nima uchun insonga g`urur-iftixor bag`ishlaydi?
Fuqarolik hissi deganda nimani tushunasiz?
Fuqarolik hissini tuyib, qahramonlik ko`rsatgan insonlardan kimlarni bilasiz?
Biz qurayotgan jamiyat nima uchun ongli fuqarolarga tayanadi?
Ongli fuqaro bo`lish uchun nima qilish zarur?
Ushbu rasmlarda tasvirlangan qaysi insonlarni ongli fuqaro dcyisli mumkin?
III. Yangi mavzuning bayoni
Aziz o`quvchi, har bir inson ona yurtiga bo`lgan muhabbati va sadoqatini turli shakllarda ifoda etadi. Kimdir sidqidildan mehnat qilib,
Vatanning moddiy va ma`naviy boyliklarini oshirishga harakat qiladi. Yana kimdir iste`dod va mahoratini muqaddas diyorining ravnaqi uchun
safarbar etadi. Yana kimdir Vatan sarhadlarida tun-u kun sergak turib,uning har qarich yerini ko`z qorachig`idek asraydi. Bularning barchasi
vatanparvarlik deb ataladigan aziz va noyob tuyg`uning amalda namoyon bo`lishidir. Odam o`z yurtining dard-u tashvishi, shodUg-u quvonchi
bilan hamisha hamnafas yashasa, hatto Vatan uchun jonini ham fidoqila olsa, vatanparvarlik shunchaki tuyg`uga emas, yuksak insoniy fazi-
latga aylanadi.• Buni yodda tuting. Vatanparvarlik deb, o`z yurtini sevish,unga sadoqat bilan xizmat qilish, uning mustaqilligi, tinchligi
va taraqqiyoti yo`lida jism-u jonini safarbar etish, fidoyilik ko`rsatib yashashga aytiladi.Vatanni haqiqiy vatanparvar farzandlar dunyoga tanitadi. Vatan tuprog`i shunday jonkuyar insonlar tufayU ulug` va muqaddas bo`ladi.O`ylab ko`ring, Oy va boshqa sayyoralarda ham tuproq bor. Lekin
odam yashamagani, hozircha hech kim vatan deb bilmagani uchun u yerlarni aziz va muqaddas deb aytolmaymiz.Vatanparvarlik Vatan tuyg`usini anglashdan boshlanadi. Bu tuyg`insonni Vatan manfaatlari yo`lida jasorat va qahramonlik ko`rsatiyashashga undaydi. Qahramonlik — fidoiylikdir.
Dunyoda Vatanning ozodligi, ravnaq topishini o`z hayotinin ma`no-mazmuni deb bilgan insonlar ko`p bo`lgan. Aynan ana shunday
insonlar tufayli Vatan tuyg`usi, vatanparvarlik fazilati odamzot hayotida eng buyuk qadriyatlardan biri bo`lib kelmoqda.Siz Amerika Qo`shma Shtatlarining birinchi Prezidenti Jorj Vashington haqida eshitgan bo`lsangiz kerak. Bu jasur inson XVIII
asrda Shimoliy Amerikadagi ozodlik harakatlariga boshchilik qiladi. O`sha paytda Amerika Yevropadagi yirik davlatlarga nisbatan ancha
qoloq edi. Bu yerda muntazam armiya shakllanmagan edi. Shunday bir sharoitda har tomonlama yaxshi qurollangan Angliya armiyasiga
qarshi kurash olib borish oson emasdi. Lekin Vatan ozodligi va mustaqiffigini muqaddas deb bilgan Jorj Vashington shunday qaltis va
murakkab vazifani amalga oshirishga qat`iy bel bog`laydi — ozodlik harakatiga rahbarlik qiladi. Dushman son jihatdan, harbiy ta`minotiga
ko`ra bir necha barobar ustun bo`Ushiga qaramay, Jorj Vashington boshchiligidagi vatanparvar kuchlar oxir-oqibat g`alaba qozonadi. 1782-
yih Angliya AQShning mustaqilligini tan oladi.Shu misolning o`ziyoq Vatanga bo`lgan muhabbat hissi askarlari soni kam, qurol-yarog`i yetarli bo`lmagan insonlarni qanchalik qudralli qilib yuborishini ko`rsatadi.Vatanparvarlik borasida bizning buyuk ajdodlarimiz ham har
tomonlama ibratga munosib meros qoldirganlar.Masalan, jasur ajdodimiz Jaloliddin Manguberdining mo`g`ul bosqinchilariga qarshi o`n ikki yil davomida olib borgan kurashi haqida eshitgandirsiz. Yov yurtimizga bostirib kirgan paytda Jaloliddin yigirma yoshli navqiron yigit edi. Uning otasi Alouddin Muhammad Xorazmshoh uzoqni o`ylamay ish tutgani uchun mamlakatning harbiy qudrati susayib, kuchlar bo`linib ketadi, buning natijasida uning qo`shini mag`lubiyatga uchraydi. Shohning o`zi Kaspiy dengizidagi orollardan biriga borib jon saqlashga majbur bo`ladi.Shafqatsiz janglarda ishtirok etolmasligini his qilgan Xorazmshoh to`ng`ich o`g`li Jaloliddinni valiahd, ya`ni taxt vorisi qilib tayinlaydi.
Mard va bahodir Jaloliddin o`z ukalari va 70 nafar otliq askari bilan yov qurshovida turgan Xorazmning qadimiy poytaxti — ko`hna Gur-
ganjga kirib keladi. Uni ko`rib, xalqning ruhi ko`tariladi. Jaloliddin (inrganj va Xuroson o`rtasidagi sahroda o`zining 70 nafar askari bilan Xullas, Vatan bor ekan, vatan parvarlik eng ohy fazilatlardan biri bo`hb qolaveradi va ana shu sharafga munosib farzandlar ham voyaga yetaveradi. Vatanparvarlik borasida awalo Vatanning o`zi buyuk murabbiy hisoblanadi. Uning saxovatli zamini, betakror tabiati, bir-biridan go`zal shahar va qishloqlari, shonli tarixi, boy madaniyati, oriyatli, mehnatkash, sodda va oqko`ngil odamlari, ajdodlar xotirasi, avlodlar baxti — barcha-barchasi insonni o`zi tug`ilgan zaminga bog`lab turadi, shu tupro qning fidoyi va jonkuyar farzandi bo`lishga undaydi. Ona O`zbekistonimiz — ana shunday beqiyos o`lka. Binobarin, biz uchun unga munosib farzand bo`lishdan ortiq baxt-u saodat yo`q.