Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf



Download 0,64 Mb.
bet5/114
Sana01.01.2022
Hajmi0,64 Mb.
#283405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
7-sinf MIG' konspekt(1)

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.



b) davomatni aniqlash.

II. Yangi mavzuning bayoni.

Shuni bilginki, dunyoda bilim va ma'rifatning chegarasi yo'q. Binobarin, Vatan haqidagi bilimlar ham nihoya bilmaydi. Chunki sen bilan biz yashayotgan ota-bobolanmiizdan meros mana shu muborak zamindagi har qaysi narsa — ona yurtimizning bir parchasi. Uning har qanch tuprog'ida, odamlarining sodda va beg'ubor qalbida ulkan tarix va madamyat, qanchadan qancha bilim yashirin.Sen mustaqillik, ozodlik va istiqlol so'zlari o'zaro ma'nodosh ekanini yaxshi bilasan. Vatanning eng buyuk boyliklaridan biri - uning mustaqilliigi. Shuni yodda tutginki, mustaqillik va ozodlik hech qachon, hech qaysi davrda osonlik bilan qo'lga kiritilmagan. Istiqlolga erishish, uni asrab- avaylash, mustahkamlash, mustaqillikka tayanib, o'z xalqi va millatini dunyoga tanitish, uning imkoniyatlarini namoyon etish uchun shu elnj ng mard va jasur, bilimdon va ma'rifatli farzandlari yillar davomida kurash olib boradi, kerak bo'lganda, bu ezgu maqsad yo'lida jonini ham ayamaydi.Bugun biz — butun O'zbekiston xalqi bahramand bo'lib yashayotgan mustaqil hayot ham ana shunday fidoyi insonlarning asrlar davomida olib borgan mashaqqatli kurash va zahmatlari tufayli barpo etilgan. Shu ma'noda mustaqillikning o'zi beqiyos bir tarix, necha-necha avlodlar umri davomida o'rganiladigan bilimlar xazinasi, katta hayot maktabidir.Biz o'z Vatanimizga sodiq bo'lib, buyuk ajdodlarimiz va bugungi zamondoshlarimizning sharafli va mas'uliyatli ishini davom ettirmoqchi, shu muqaddas yurt, shu muqaddas zaminga munosib farzand bo'lmoqchi bo'lsak, bu ilmni har tomonlama chuqur o'iganishimiz lozim. Ana shundagina biz o'zimizning kimligimizni, qanday buyuk zotlarning zurriyodi ekanimizni yanada teranroq his qilib yashaymiz. Ana shundagina bizni xalqimiz tanlab olgan yo'ldan hech kim, hech qanday kuch qaytarolmaydi. Bu ilmni senga «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» fani o'rgatadi.hsda tutgink., Prezidentimiz Islom Karimov farmoyishi asosida joriy etilgan bu tan sendek yosh avlod vakillarining o z xalqi va Vataniga, qanchadan qancha mashaqqatlar evaziga qo'lga kiritilgan mustaqillikka muhabbat ruhida voyaga yetishi uchun xizmat qiladi.Hozir sening qalbing bir-biridan go'zal va shirin orzular bilan limmo-lim. Gohida o'z xalqi va millati ozodligi yo'lida kurashgan jasur insonlar haqidagi filmlarni ко'rib, kitoblarni o'qib, ulardek mard va jasur bo'lging keladi. Ba'zida o'zining betakror iste'dodi bilan ko'pchilikni hayratga solgan mashhur san'atkorlar, mohir sportchilar, donishmand olimlar kabi el-yurt olqishiga sazovor bo'lishni o'ylaysan. Gohida, halol mehnati bilan el-yurt o'rtasida obro'-e'tibor topgan oddiy yurtdoshlarimiz singari, zamonaviy kasblarni egallab, o'z ishing bilan tanilging Keladi. Ana shunday orzularga yetishishda bugun maktabda o'iganayotgan barcha fanlar sen uchun mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi. Vatanni sevish, un lg ongli va faol fuqarosi, fikri va dunyoqarashi sog'lom, ma'naviyati butun inson bo'lishda senga ayniqsa «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» fani ibratli saboqlar beradi.E'tibor qilgan bo'lsang, dunyodagi hamma narsa biron-bir asosga qurilgan bo'ladi. Masalan, uyning yoki sen ta'lim olayotgan maktab binosining ham asosi, ya'ni poydevori bor. Sen bugun o'iganishga kirishayotgan «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» fanining ham asosi bor. Bu haqda ko'p gapirish mumkin. Lekin qisqa qilib, milliy istiqlol g'oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari, xalqimizning mustaqir к у 'larida orttirgan bilim va tajribasi, boy ma'naviyati, milliy va umumbashariy qadriyatlar, zamonaviy taraqqiyot yutuqlari, umuman, barcha g'oyaviy va ma'naviy bilimlar bu fanning ilmiy-nazariy asosini tashkil etadi desak. to'g'ri bo'ladi.Albatta, sen bu so'z va iboralarning mag'zini birdan chaqib olishing qiyin. Kel, birgina «Milliy istiqlol g oyasi asosiy tushuncha va tamoyillari» degan iboraning mazmuni haqida o'ylab ko'raylik.Dunyoda har bir voqea-hodisa bilan bog'liq tushuncha va tamoyillar bo'ladi. Ularning hammasi birgalikda o'sha voqea-hodisaning mohiyatini, ya'ni asl mazmunini ochib beradigan bilim va tasawurlar tizimiga aylanadi. Mana, masalan, sen o'zing yaxshi biladigan «maktab» so'zi bilan bog'liq qancha tushuncha va tamoyillar borligi haqida o'ylab ko'rganmisan? «O'qituvchi», «dars», «darslik», «sumka», «dars vaqti», «tanaffus», «boshlang'ich sinf», «uyga vazifa», «uch ball», «besh baho», «ikki baho», «choraklik», «yozgi ta'til», «kuzgi ta'til», «qishki ta'til», «bahorgi ta'til», «insho», «diktant», «sinfdosh», «parta», «doska», «bo'r», «kutubxona», «daftar», «qalam», «ruchka», «navbatchilik», «ota-onalar majlisi» — bularning barchasi birgina «maktab» so'zi 1 lan bog'liq tushunchalarning bir qismi, xolos. Demak, bitta «maktab» degan oddiy so'z bilan bog'liq shuncha tushuncha va bilim bor ekan, xalqimiz hayotidagi buyuk voqea bo'lgan, mamlakatimiz tarixida butunlay yangi davrni boshlab bergan, kelajakdagi orzu-intilishlarimizni o'zida aks ettiradigan «milliy istiqlol g'oyasi» iborasi bilan bog'liq tushuncha va tamoyillar qanchalik ko'p va ularning ma'no-mazmuni nechog'li murakkab ekani o'z-o'zidan tushunarli bo'lsa kerak.Xulosa qilib aytish mumkinki, milliy istiqlol g'oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari mamlakatimiz mustaqiiligi, xalqimizning ozodlik va yangi jamiyat qurish yo'lidagi orzu-intilishlarining mujassami bo'lgan milliy g'oya bilan bog'liq barcha bilim va tushunchalarni qamrab oladi. Bu bilim va tushunchalar Prezident Islom Karimov asarlari asosida tayyorlangan «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida o'z aksini topgan. Shuning uchun «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» fanining nazariy asosi haqida gap ketganda awalo ana shu nsolani tilga olamiz.


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish