IV darsni mustahkamlash. Savol va topshiriqlar:
Odamda fikr qanday paydo bo'ladi?
Fikrlar necha xil bo'ladi?
3 Shaxsiy va ijtimoiy fikrning farqi nimada?
Sen o'z fikringni do'stlaringga, ustozlaringga tushuntira olasanmi?
G'oya qanday fikrdan paydo bo'ladi?
Sen qaysi buyuk mutafakkirlarning fikrlarini o'qigansan? Ularda shaxsiy fikrlar ko'pmi, ijtimoiy fikriarmi?
V. Baholash Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish.Sen ushbu mavzuni o'rganayotgan paytda mamlakatimizda qaysi masalalarga ko'proq e'tibor berilmoqda? Shular haqida gazetadan o'qib, televizordan ko'rib-eshitib, daftaringga yozib qo'ying
Sana:.
Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
Sinf: __7 ABV__
Mavzu: G’oyaning asosiy xususiyatlari va turlari
Darsning maqsadi: O’quvchilarga G'oyaning asosiy xususiyatlarini , G'oyaning har bir xususiyatiga bitta misol ayta olISHI, Daraxtning gurkirab o'sishi bilan g'oyaning rivojlanishi o'rtasida qanday o'xshashlik borligi,Ezgu g'oyalar nima uchun o'lmaydi?degan savollarga , Asl va soxta g'oyalarni qanday farqlash mumkin?Degan savollarni tushuntirish.
Ta`limiy: Bolalarga MIG` va MA haqida ma`lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta’limiy ravishda yoritib berish: O’quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne’mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug’ maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bo’shliq bo’lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo’shliq bo’lmasligini tushuntirish.
Tarbiyaviy: Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;
Do'stlaringiz bilan baham: |