Sinf:
Sana:
Fan:Matematika
Mavzu: 10 soni ishtirokida ko’paytirish va bo’lish.
Maqsad:
a) ta’limiy: 10 soni ishtirokida ko’paytirish va bo’lishni o’rgatish.
b) tarbiyaviy: O’quvchilarni ozoda va sarishta yurishga chaqirish va
tarbiyalash
d) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil va mantiqiy fikrlashlash
qobilyatini shakllantirish.
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism. Navbatchi o’quvchining axboroti tinglanadi, o’quvchilarning
tayyorgarligi, uyga berilgan vazifa tekshiriladi va tahlil qilinadi.
II. Otilgan mavzuni mustahkamlash.
O’qituvchi: Bugungi darsimiz sayohat darsi bo’lib, dars davomida Qimmatoyning sayohatiga yordam beramiz. Demak ertakni eshiting:
Bir kuni Qimmatoy Zumratxonning aqlli va dono, sarishta va ozodaligiga habas qilib, onasiga: ”Men ham aqlli va sarishta bo’lish uchun sehrgar parining oldiga boraman”, -deb xarxasha qilibdi. Yo’lga chiqish uchun tayyorgarlik ko’ribdi. Keling, unga yo’lxaltasiga zarur narsani solishga yordam beramiz.
O’quvchi portfelida nima bo’lishi kerak?(O’quvchilar kerakli o’quv qurollarini tanlaydilar)
Ko’rgazmada turli buyumlar, masalan, konfet, muzqaymoq, oddiy suv, daftar, kitob, ruchka, qalam, koptok, qo’g’irchoq kabilar ko’rsatiladi. O’quvchilar Qimmatoyga ular orasida keraklisini tanlashga yordam beradilar. Noto’g’ri buyum tanlansa o’qituvchi yordam beradi.
Hamma buyumlar tanlab bo’lingach, Qimmatoy o’z sayohatini boshlaydi.
O’qituvchi: Qimmatoy yo’lga tushishdan oldin hamma narsalarni bir-bir esga olishga qaror qilibdi. Keling, Qimmatoyga yordam beramiz .
Savollarga javob bering .
1) Har qanday sonni 1ga ko’paytirilsa qanday son hosil bo’ladi?
2) Har qanday sonni 0ga ko’paytirilsa qanday son hosil bo’ladi?
3) Har qanday son 1ga bo’linsa, qanday son hosil bo’ladi?
4) Har qanday son o’ziga bo’linsa, qanday son hosil bo’ladi?
5) Nol har qanday songa bo’linsa, qanday son hosil bo’ladi?
Mana Qimmatoy endi yo’lga tushishi mumkin ekan, (Yo’l xaritasida Qimmatoyning sehrgar parining uyiga boorish sxemasi chizilgan bo’ladi .)
III.Yangi mavzuning bayoni.
O’rmonda duch keldi shu choq,
Mevasi g’uj-g’uj yong’oq.
Savollar bisyor edi,
Bunga Qimmat hayron edi.
Yong’oq daraxti qizchaga yo’lni davom etdirishi uchun shunday topshiriq beribdi: ”Agar yong’oqlarimni o’nta –o’nta dan to’plab, qopga joylab bersang, senga yo’l beraman. ”
Qimmatoy nima qilishini bilmay qolibdi. Keling biz unga yordam berish uchun yangi mavzuni ekran orqali o’rganamiz.
1-misol: ekran orqali tushuntirib yechiladi.
10*2=20 2*10=20
2-misolni ham o’qituvchi doskada tushuntirib yechadi.
10*3=30 10*5=50; 10*8=80;
3*10=30 5*10=50 8*10=80
30:3=10 50:5=10 80:8=10
30:10=10 50:10=5 80:10=8
O’qituvchi: Mana Qimmatoy ham mavzuni tushunib olibdi, yong’oq mevalarini qiynalmay terib olib, yo’lida davom etibdi. O’rmonda ancha yurgandan keyin Yalmog’iz kampirni uchratib qolib, unga salom beribdi. Unga sehrgar kampirni uyiga ketayotganini aytib, yordam so’rabdi. Yalmog’iz kampir unga agar uyini tozalab bersa, ovqat tayyorlab bersang, yordam beraman debdi. Qimmatoy hohlamasada o’z maqsadi yo’lida noiloj uning aytganini bajaribdi. Yalmog’iz uy toza va sarishta bo’lganidan quvonibdi. Shunda kampir ancha qarib qolganini, ishlarini qilishda qiynalayotganini aytibdi. Keyin yalmog’iz kampir unga masala beribdi. Qimmatoyga yana yordam kerak bo’libdi. Xo’sh bolalar, Qimmatoyga yordam berasizlarmi? Qani, unda kim birinchi bo’lib, Yalmog’iz kampir bergan masalani yecha olar ekan.
3-masalani o’quvchilar daftariga o’zlari mustaqil yechadilar.
Deraza- 10ta
Har bir derazada – 4 tadan gultuvak
Hamma gultuvaklar-?
Yechish: 10*4=40
Javob : hamma gultuvaklar soni 40ta
O’qituvchi: Yalmog’iz kampir Qimmatoyga rahmat aytib, unga yo’lni ko’rsatib yuboribdi.
Qimmatoy yo’l yuribdi yo’l yursa ham mo’l yuribdi. Keyin katta bir daryoga duch kelibdi. Daryodan o’tish uchun 4-topshiriqdagi tenglamalarni yechishiga to’g’ri kelibdi.
4-misolni o’quvchilar navbat bilan doskada ishlaydilar.
29+x=60 x-26=40 80-x=53
X=60-29 x=40+26 x=80-53
X=31 x=66 x=27
Tekshirish: Tekshirish: Tekshirish:
29+31=60 66-26=40 80-27=53
60=60 40=40 53=53
58-x=50 41+x=64 x-15=35
x=58-50 x=64-41 x=35+15
x=5 x=23 x=50
Tekshirish: Tekshirish: Tekshirish:
58-8=50 41+23=64 50-15=35
50=50 64=64 35=35
O’qituvchi: Qimmatoy topshiriqni bajargach, daryo ustida ko’prik paydo bo’libdi. (Doskadagi yo’l xaritasida Qimmatoyning yo’nalish harakati amalga oshiriladi.)
Qahramonimiz yo’l yurib nihoyat sehrgar parining uyiga yetib kelibdi. Undan nima qilsa Zumratga o’xshashi mumkinligini so’rabdi. Sehrgar pari unga yo’l davomida erishgan yutuqlarining o’zi uning ozoda va sarishta ekanligidan dalolat berishini aytib , mehnat insonni ulug’lashini eslatibdi. Qimmatoy juda
xursant bo’libdi.Sehrgar pari esa unga kitob sovg’a qilibdi. Qimmatoy uyiga qaytibdi. U uyiga qaytishba bugungi o’rganganlarini esga olib, mustahkamlab olmoqchi bo’libdi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Ekranda misollar trinajor yordamida bajariladi. Masalan, Qimmatoy gullarni terib misollarni javoblari bilan moslashtirishi mumkin.
5-misol og’zaki bajariladi
4*10=40 5*10=50 7*10=70
9*10=90 8*10=80 6*10=60
70:10=7 30:10=3 40:10=4
20:10=2 60:10=6 50:10=5
O’qituvchi: Qimmatoy misollarni bajargach, qanday qilib uyga yetib borganini bilmay qolibdi. Yo’l-yo’lakay o’tin uchun cho’p ham teribdi. Keling, birgalikda uning nechta cho’p terganini sanaymiz.
6-topshiriqda oquvchilar Qimmatoy tergan cho’plar sonini sanaymiz.
Ekran orqali trenajyor-mashq va test topshiriqlari bajariladi.
O’qituvchi: Qimmatoyning oyisi va Zummatoy xursand bo’lib kutib olishibdi.Ko’rdingizmi ,bolajonlarozoda va sarishta bo’lish qanday yaxshi. Siz ham shunday bo’lishingiz kerak.
V.O’quvchilarni baholash. Qimmatoyga ko’proq yordam berganlar rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa berish. 7-masala va 8-misol uyga vazifa qilib beriladi va ularni qanday yechish kerakligi tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |