Sana:
Fan: Kimyo
Tadbir mavzusi: « Mo’jizalar olamiga sayohat »
Tadbir maqsadi:
(Ta’limiy maqsad) O’quvchilarning kimyo fanidan bilimlarini oshirish,fanga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish;
(Tarbiyaviy maqsad) O’quvchilarda insonning yaxshi fazilatlar uni go’zal qilishini targ’ib qilish, urush-janjal, maqtanchoqlik illati oqibatlari nimaga olib kelishi to’g’risida fikrga tortish;
(Rivojlantiruvchi maqsad) O’quvchilarning mustaqil fikrlash ko’nikmasini shakllantirish, olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini shakllantirish.
Tadbir rejasi:
“Bilasizmi?” sahifasi;
“Mo’jizalar olamiga sayohat” sahna ko’rinishi;
“Ilmiy laboratoriya” sahifasi.
“Bilasizmi?” sahifasi.
1-o’quvchi:
Odam organizmi og’irligining 3% ga yaqinini azot elementi tashkil etadi. Buni qarangki, azot so’zi grekcha so’z bo’lib, tarjima qilinganda “hayotni inkor etuvchi” degan ma’noni bildiradi. Biroq qiziqarli tomoni shundaki, azot birikmalari tirik organizmning hayotini tashkil etadi. Ismiga qarab xulosa chiqarma, deganlari shu bo’lsa kerak-da.
2-o’quvchi:
Davriy sistema asoschisi D. I. Mendeleyev o’z oilasining eng kichik farzandi edi. U onasining hisobi bo’yicha 17-farzand bo’lib dunyoga kelgan.
3-o’quvchi:
Inson organizmida taxminan 80 g temir, 150 g natriy, 1000 g kalsiy va 60 g magniy bo’ladi.
4 -o’quvchi:
1826 yilda fransuz olimi Antuan Jeran Bolar brom elementini kashf etdi. Brom juda qo’lansa hidli va zaharlidir. U inson organizmida birikmalar holida miyada ham uchraydi. “Juda ham zahar odam”larda brom birikmalari ko’p bo’lsa ajab emas.
5-o’quvchi:
Bo’qoq kasalligi ko’pincha yod maddasi yetishmasligidan kelib chiqadi. Turli kasalliklarning oldini olish maqsadida osh tuziga juda oz miqdorda yodidlar qo’shiladi. Bu moddani 1811 yilda fransuz kimyogari B. kurtua kashf etgan.
6-o’quvchi:
Yer qobig’ida kimyoviy elementlar davriy jadvalida tartib raqami juft son bo’lgan elementlat toq tartib raqamli elementlarga nisbatan ko’p tarqalgan.
7-o’quvchi:
Italiyalik mashhur rassom Leonardo Da Vinchi kimyo faniga juda qiziqqan. U havoning tarkibini o’rganib, qanday moddalardan iborat ekanligini aytgan. Bundan tashqari u turli xil bo’yoqlar ham tayyorlagan.
8-o’quvchi:
D. I. Mendeleyev 1861 yilda Karlsruyedagi kimyogarlar anjumanida davriy qonunni kashf etganligini e’lon qilganida unga eng katta mukofot sifatida alyuminiy krujka sovg’a qilishgan. Chunki o’sha davrda alyuminiy eng qimmatbaho metall hisoblanar edi-da.
9-o’quvchi:
Inson organizmida taxminan 50 dan ortiq kimyoviy element mavjud. Ulardan kislorod
65%, uglerod 18% va vodorod 10% ni tashkil etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |