Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
1. Usmonli turklar madaniyatidan nimalarni eslab qoldingiz?
2. Koreya madaniyatiga oid asosiy yutuqlarni sanab o‘ting.
3. Amerikaning qaysi tub xalqi piktografiya yozuvini yaratgan, yana qanday yozuvlarni bilasiz?
4. Maorifdagi o‘ziga xosliklar nimalarda aks etgan?
Usmonlilar jamiyatida XV asr oxirida madaniyatning turli sohalari ravnaq topdi. Mamlakatda shoira Mehri xotun va shoir Mulla Mahmud kabi qator iqtidorli shoirlar yetishib chiqdi. Turk me’morchiligi turli mamlakatlardan keltirilgan usta – quruvchilar tajribasidan foydalanib yuksala borgan. Millati yunon bo‘lgan Xoja Sinon qurgan ajoyib me’morchilik durdonalari uni butun jahonga tanitdi. U o‘z faoliyati davrida 300 dan ortiq inshootlar: masjidlar, madrasalar, saroylar, favvoralar, hammom va ko‘priklar qurilishiga boshchilik qilgan. Fanning turli sohalari ichida geografiyaning taraqqiyoti, ayniqsa, e’tiborga molikdir. Turkiyalik dengiz sayyohi Piri Raisning asarlari, uning O‘rta, Qora va Egey dengizlari atlasi – «Bahriya» dunyo fanidagi katta yutuq edi. Evliya Chalabiyning Yevropa manbalari asosida bitilgan ko‘p jildli «Sayohatnoma » va Xoja Xalifaning «Jahonnoma» asarlarida arab va jahonning turli amlakatlari haqida bayon qilinadi. Koreys madaniyati. Sechjon Buyuk (1418–1450) soliq tizimida islohot o‘tkazadi, davlat boshqaruvini takomillashtirib boradi. Uning davrida koreys madaniyati va san’ati gullab yashnaydi. ilk bor milliy koreys universitetiga asos solinib, unda mumtoz xitoy adabiyoti o‘rgatilgan. Budda ibodatxonasi hisoblangan – Pulguksa quriladi. Qirol Sechjon mamlakatning donishmand va iqtidorli hukmdori bo‘lgan. Uning boshqaruvi davrida maorif, ilm-fan va qishloq xo‘jaligida ulkan muvaffaqiyatlarga erishiladi. Qirol Sechjon ishtirokida yangi taqvim tuziladi, yomg‘irni oldindan aniqlaydigan asbob, shamol tezligi va yo‘nalishini belgilaydigan asbob, quyosh va suv soatlari, yulduzlar xaritasi yaratiladi. Sechjon Buyuk rahbarligida qirol akademiyasi olimlari koreys alifbosini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |