Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
Qadimgi Choson qirolligi qanday qirolliklarga bo‘linib ketgan?
Uch qirollik davri haqida nimalarni eslab qoldingiz?
Koryo qirolligiga kim tomonidan asos solingan?
Koreya qirolliklari haqida gapirib bering.
Choson (koreyscha, «Tonggi tarovat ») ilk koreys davlatidir. Mazkur davlatning asoschisi afsonaviy Tangun isoblanadi. Tangun Pxenyanda Choson qirolligiga asos solgan. Koreyslar Tangun davrinikoreys xalqining tashkil topish davri deb hisoblashadi. O‘zaro kurashlar va xitoyliklar bilan bo‘lgan janglar mil. avv. I asrda Qadimgi hosonni uch qirollikka – Pekche, Silla va Koguryoga bo‘linib ketishiga olib keldi.Uch qirollik davri. Koguryo davlatining tashkil topgan davri haqida tarixchi olimlar yagona fikrga kela olishmagan. Lekin u IV–V asrlarda Koreya yarimorolining shimoliy qismi, qo‘shni Lyaodun yarimorolini egallagan yirik davlat bo’lgan. Koguryo qirolligining qo‘shini o‘zining jangovarligi bilan ajralib turgan. Ular birin-ketin qo‘shni hududlarni zabt etgan. IV asr boshlarida Koguryo xitoyliklarni o‘z hududidan batamom surib chiqaradi va har jihatdan rivojlangan qudratli davlatga aylanadi. Bu davrda dehqonchilik, metall quyish va unga ishlov berish, to‘qimachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan.
Keyinchalik Koguryo o‘rniga Parxe davlatiga asos solinadi. Parxe qirolligi IX asrning birinchi yarmida qudratli
Davlatga aylangan. Qirollik Yaponiya bilan elchilik aloqalarini o‘rnatadi. X asrda ko‘chmanchi kidanlar zarbasidan so‘ng davlat parchalanib ketadi . Koreya yarimorolining janubiy qismida III–IV asrlarda Pekche davlati vujudga eladi. Pekche qirolligi IV asrda markazlashgan davlatga aylanadi. Ilk budda tasvirlari Yaponiyaga ayni Pekche qirolligi avridan yetib boradi. O‘rta asrlarda pekchelik tabib, hunarmand va olimlar hozirgi Yaponiyaning ijtimoiy va madaniy
hayoti asoslari shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Hattoki, pekchelik olim Van In Yaponiya taxt vorisi bo‘lgan shahzodaga ustozlik qilgan. Pekche sulolasi hukmdorlari orqali Koreyaga xitoy yozuv va iyerogliflari hamda buddizm kirib keladi. Silla qirolligi Koreya yarimorolining janubi-sharqida joylashgan. Dastlab Uch qirollik ichida Silla qirolligi eng zaifi va kam taraqqiy etgani edi. Silla qirolligi 668-yildaXitoydagi Tan sulolasi bilan ittifoq tuzib, Koreya yarimorolini o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi. Lekin Koreya Xitoyga boj-yasoq to‘lab turgan. Mamlakatning rlashuvi
Koreyada yer egaligi munosabatlarining uzil-kesil shakllanishid katta ahamiyat kasb etadi. O‘zaro urushlarga
chek qo‘yilishi, qo‘shni davlatlar bilan tinchlik o’rnatilishi mamlakatda ishlab chiqarish kuchlari rivojiga yo‘l ochadi.
VIII asr o‘rtalarida Silla qirolligining oltin davri boshlandi.Ushbu davrda davlat o‘z taraqqiyoti va qudratining cho‘qqisiga erishadi. Koryo qirolligi. Lashkarboshi Van Gon tomonidan Koryo sulolasi (918–1392)ga asos solingan. Ushbu davlatpoytaxti Sonak shahri (hozirgi Shimoliy Koreyadagi Keson) bo‘lgan. Koreya nomi Koryo nomidan kelib chiqqan. Van Gon o‘z oldiga Koguryo qirolligining shimoli-sharqiy Xitoyda yo‘qotgan hududlarini qaytarib olish vazifasini qo‘yadi. Biroq ushbu vazifa amalga oshirilmay qoladi. Keyingi yillarda Koryo qirolligi o‘zaro kurashlardan
zaiflashib qoladi. Bundan foydalangan mo‘g‘ullar 1231-yilda Koryo qirolligini bosib oladi va 1368-yilgacha o‘z qo‘l
ostida tutib turadi. Choson qirolligi. Koryo qirolligi Xitoy istilochilarinimamlakat hududidan haydab chiqargach, Koryo harbiy sarkardalaridan biri Li Son Ge 1392-yilda so‘nggi Koryo hukmdorini taxtdan chetlatib, yangi Li sulolasiga asos soladi. Uning davrida mamlakat yana Choson nomini oladi. Davlat poytaxti Kegyondan Xanson (hozirgi Seul)ga ko‘chiriladi. Choson qirolligi XV asr o‘rtalarida iqtisodiyva madaniy jihatdan yuksaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |