"G'alati" imperator. Fridrix II boshqaruvi paytida german knyazlari mustaqillikka shuncha- lik o'rganib qoladiki, keyinchalik biror hukmdorga Fridrix I Barbarossa singari o'zini erkin his qilishiga yo'l qo'ymaydilar. Fridrix 11 imperatorligining yiginna yilidan ko'pini Italiyada, Sitsiliya qirolligida o'tkazadi. Uning saroyida arab, vizantiyalik va yahudiy olimlari to'plangan. Fridrixning o'zi arab va yunon tillarini bilgan, lotin tilida asarlar, italyan tilida she'rlar yozgan. Uning Palermodagi saroyi arab xalifalarining saroylarini eslatar edi. Imperator Sharq musiqasi, raqslari, Sharq adabiyoti va she'riyati, Sharq me'morchiligining havaskori bo'lgan. Sharq hukmdorlarining ayrimlari bilan do'st tutingan.Imperator mamlakat bo'ylab harakatlanganida uni filbonlar va jang- chilar o'tirgan fillar kuzatib borgan. Fillar ortidan tuyalar, yo'lbarslar, sherlar, qoplonlar yetaklab yurilgan. Fuqarolarda bu jarayon kuchli taas- surot qoldirgan. Fridrix II devonxonasida lotin tilining nozik jihatlaridan foydalanilib, maktublar, hujjatlar bitilganki, unga butun Yevropa taqlid qilgan. Fridrix II yozgan '' Qushlar bilan ov qilish' haqidagi asari uning sohadan yaxshi xabardorligidan dalolat berib, hozirgacha saqlanib qolgan. Imperator qator maktablar va Neapol universiteti asoschisidir. U cherkov, yoki shahar kengashi emas, hukmdor tomonidan tashkil etilgan birinchi universitet bo'lgan.
Zamondashlari Fridrix II ning g'ayritabiiy qobiliyati va qudratiga qoyil qolib, unga "Jahon hayrati" deb nom berishgan. Fridrix imperatorlik tojini kiyish ma- rosimida Falastinga salib yurishini tashkil qilish- ga qasamyod qilgan. Lekin va'da qilingan yurishlar muddati orqaga surilaveradi. Nihoyat, kemalar dengizga chiqib, imperator betob ekanligini e'lon qilib, ortiga qaytganida, papa Grigoriy IX uni (1227-1241) cherkovdan xo- lis deb farmon chiqaradi.
Fridrix II papaning qaroriga qarshi borib. Fridrix II. XIII 1228-yili Suriyaga yo'l oladi. Oltinchi salib yu- asr miniaturasi. Ganza ittifoqidan tashqari XIII-XV asrlarda Germaniyaning janubiy va g'arbiy qismidagi shaharlar ham yuksaladi. Dunay sohili bo'ylab joy- lashgan 90 ta shaharni birlashtirgan Shvabiya ittifoqi Italiya shaharlari bilan bevosita bog'liq edi. Augsburg, Ulm va Nyurenberg shaharlari movut, surp, ip-gazlamalar ishlab chiqarishda, metall buyumlar, qurol-aslahalar yasashda yetakchi mavqe tutgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |