Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7



Download 1,68 Mb.
bet61/222
Sana31.12.2021
Hajmi1,68 Mb.
#257044
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   222
Bog'liq
7 жаҳон тарихи конспект

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.

Faol o`quvchilar baholanadi.



III.Yangi mavzu bayoni: Reja:

  1. Me'morchilikdagi roman va gotika uslublari orasida farq k * nimada?

  2. Rassomchilik va haykaltaroshlik san'atlari haqida so'zlab bering.

  3. O'rta asrlar adabiyoti va uning sohalari haqida nimalarni bilasiz?

  4. Gumanistlar kimlar?

  5. Uyg'onish davri deganda nimani tushundingiz?

Uyg'onish madaniyati markazlari haqida so'zlab bering.

Dastlab bino va hatto qasrlar yog'ochlardan qurilgan. XI asrdan G'arbiy Yevropada qurilish sohasi ham taraqqiy eta boshlaydi. Qurilishda toshdan keng foydalanishga o'tiladi. Undan dastlabki ibodatxona va monastirlar barpo etiladi. Qurilish toshlari bo'lmagan Angliya va Polshada saroylar, ibodatxonalar pishiq g'ishtdan qurila boshlaydi.



Fransiya, Italiya va Germaniya me'- morchiligida dastlab roman uslubi hukmron edi. Roman ibodatxonasi — qalin devorli, baland minorali va tor derazali, salobatli uzun binodir. Tashqi tomondan u qal'ani eslatadi. Uning o'ziga xos tomonlari shundan iboratki, deraza tepasi, ibodatxonaga kirave- rish ichki gumbazlar yarim doira shaklidagi ravoq (ark)lar bilan bezatilgan. Germaniyadagi Laax monastiridagi cherkov (XI asr) roman uslubining yorqin namunasidir. An'anaga ko'ra shahar markazida eng ko'rkam va ulug'vor bino-cherkov qurilgan. Bu maydon tevaragidagi binolar gotika uslubida bunyod etilib, u me'morchilikdagi roman uslubini surib chiqaradi. Bu uslubda qurilgan imoratlar balandligi bilan xususiyatlangan. Salobatli, og'ir gumbaz o'rnini, uchli, baland gumbazlar egallaydi. Ibodatxonalar ichida baland va nafis ustunlar ko'plab qurilgan. Cherkov derazalari baland, oynalarida vitrajlar, nafis chizma naqshlari bo'lgan. Binolarning ichki va tashqi tomonidan haykallar, bo'rtma tas- virlar, osma gumbazlar, jimjimador naqshlar o'yib solingan tosh us­tunlar bilan minoralar ustida o'rnatilgan baland jomminorlar, ibodatxonalarga dabdabali tus bergan. Gotika uslubida bunyod etilgan eng mashhur inshootlar: Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi, Ruan, Reyms va Shartr (Fransiya), Milan (Italiya) ibodatxonalaridir. O'rta asrlarda Vizantiya va Arab me'morchiligi ham o'zidan ajoyib inshootlar qoidirgan. Venetsiyadagi Avliyo Mark ibodatxonasi va Dojlar saroyi vizantiya uslubida bunyod etilgan. Ispaniyaning Sevilya shahrida masjid va Al-Qasar qasri, Granadadagi Al-Humro saroylari arab me'morchiligi durdonalari hisoblanadi. Uning rivojlanishi bevosita me'morchilik bilan bog'liq bo'lgan. Cherkov va monastirlar binolari, xudo, avliyolar va qiroilar haykallari bilan bezatilgan. Haykallarning asosiy buyurtmachilari cherkov bo'lgani sababli ularda diniy mavzu yuqori turgan. Lekin haykaltaroshlarning o'zlari oddiy xalq orasidan yetishib chiqqanligi sababli ularning asarlarida insonning eng yaxshi fazi- latlari ifodalangan. Xususan, eng ko'p uchray- digan Bibi Maryam haykallari (Yevropada "Madonna" deb nomlanadi) o'zida onaning farzandga mehr-muhabbatini mujassamlagan. Antik davr haykallarida inson tanasining go'zalligi ulug'langan bo'lsa, o'rta asr haykal- taroshlari tashqi go'zallik orqali o'z qahramon- larining o'y-hayollari, hislarini ifodalashga in- tilganlar. Ularda insonlar nimjon, ozg'in, xunuk ko'rsatilgan va bu ularning iloh, avliyo-anbiyolar oldidagi ojizligini ifodalashi mumkin. Roman uslubida qurilgan ibodatxonalar devorlari va shiplari- ni diniy mavzudagi suratlar bezab turgan. Gotika me'morchiligidagi cherkovlarda derazalar orasida rasmlar chizish uchun

joy ham bo'lgan. Shu sababli derazalarga oddiy oynalar o'rniga vitrajlar — tiniq rangli shishalardan yasalgan surat yoki alohida bezaklar solingan. Kitoblarni bezash uchun tasviriy san'at- ning yangi yo'nalishi — miniaturalar ixtiro qilinadi. Ularda o'rta asr kishilari hayoti- ning turli manzaralari tasvirlangan. Vitrajlar va miniaturalarda dehqonlar va hunarmand- larning mehnat jarayonlari ifodalangan. VIII—IX asrlardan ritsarlar hayoti, harbiy yurishlari va jasoratlarini ifodalovchi xalq qo'shiqlari hamda qissalari shakllana boshlaydi. Keyinchalik ular to'planib ritsarlik jangnomalariga aylantiriladi. Dostonlardan eng mashhuri — "Roland haqida qo'shiq" bo'lib, u XII asrda yaratilgan. Jangnoma Buyuk Karlning Ispaniyaga yurishlari va franklar qahramonligini madh etadi.

Ispan xalq og'zaki ijodi durdonasi "Sid haqida qo'shiq" ham XII asrda yaratilgan. Unda ispan xalqining arablarga qarshi ozodlik uchun kurashi tasvirlangan. Germaniyada "Nibelunglar haqida qo'shiq" dostoni vujudga keladi. Unda xunnlarning burgundlar (nibelunglar) davlatini tor-mor etishi voqealari tasvirlanadi. Dostonda o'rta asr folklori, ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bilan qorishib ketgan.

Ritsarlarning Sharqqa salib yurishlari davomida to'plagan boy taas- surotlari asosida XII asrdan adabiyotning yangi sohasi ritsarlar roman- lari yozish vujudga keladi. Ushbu romanlar orasida eng mashhuri qadimgi britan qiroli Artur haqidagi asarlar turkumidir. Yana bir mashhur roman - "Tristan va Izolda"da asar bosh qahramonlarining fojiali sevgisi hikoya qilinadi.



Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish