Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
Xitoyning o'rta asr shaharlari qachon va qay tarzda vujudga kelganini ayting.
Mamlakat xo'jaligi taraqqiyotidagi qaysi xususiyatlarini eslab qoldingiz?
Xitoydagi ijtimoiy munosabatlar haqida nimalarni bilasiz?
Hunarmandchilik va savdoning yuksalishi haqida so'zlab bering.
Xitoyni mo'g'ullarning istilo qilishi va Yuan sulolasining boshqamvi qanday amalga oshirilgan?
Min sulolasi faoliyatidan nimalarni eslab qoldingiz?
Chjan Xe kim va uning faoliyati haqida gapirib bering.
Xitoyda uzoq davom etgan siyosiy tarqoqlik va o'zaro urushlarga Sun sulolasining (960-1279) hokimiyatga kelishi chek qo'ydi. Natijada mamlakat xo'jaligining yuksalishiga zamin yaratildi. X asrdan suvni nisbatan baland joylarga chiqaruvchi moslamalardan keng foydalana boshlandi. Chig'ir idishlari sopol ko'zachalar yoki yog'ochdan cho'michlar shaklida yasalgan bo'lib ulardan foydalanish ekin maydonlarini ko'paytirish imkonini beradi. Suv tegirmonlari yordamida sholini tozalash, moy olish, un chiqarish tobora keng qo'llanila boshlanadi. Dehqonchilikda almashlab ekishni Xitoyda ilk o'rta asrlardan qo'llay boshlaganlar. Erta pishar ekinlardan ikki marta hosil olingan. Asosiy ekin sholining urug'ini tanlashga, unib chiqqan sholi ko'chatlarini yaganalab ishlov berishga alohida e'tibor qaratilgan. Mamlakat janubida shakarqamish yetishtirish, shimoliy viloyatlarda esa pilla qurti boqish tobora keng tus ola boshlaydi. Xitoyda qishloq xo'jaligidagi yumushlarning deyarli barchasi sodda mehnat qurollari ko'magida qo'lda bajarilgan. Mamlakatda otlar kam bo'lib, borlaridan ham asosan harbiy maqsadlarda foydalanilgani buning asosiy sabablaridan biri edi. Rivojlangan o'rta asrlarda Xitoyda imperator, harbiy zodagonlar, amaldorlarga qarashli davlat yerlari kamayib, zamindorlarning xususiy yerlari tobora ko'payib boradi. Xususiy yerlar, shuningdek, yangi o'zlashtirilayotgan qo'riq va tog'oldi hududlari hisobiga ham kengayib borgan. Yirik mulkdorlar yerlarini ko'payishiga kambag'allarning qarzlari evaziga yerlarini tortib olinishi ham xizmat qilgan. Shu tariqa XI asr boshlarida ekin maydonlarining yarmi yirik zamindorlar qo'liga o'tadi. Bu yerlarda asosan ijarachi dehqonlar ishlaganlar. Xitoyda erkin dehqonlarning aksari qismida 30-40 mu yer bo'lib, davlat bu tabaqani qo'llashga intilgan. Xitoy dehqonlari o'zlari yetish- tirgan mahsulotlaridan davlatga har yili ikki marta soliq to'laganlar. Yer solig'i sholi yoki bug'doy bilan to'lansa, pilla boqqan xonadonlar soliqni gazlama bilan ham to'laganlar. Shaharlar va hunarmandchilik. Xitoyda shaharlarning vujudga kelishi X-XII asrlarda ham davom etadi. Kayfin, Chendu va lichan shaharlari Xitoyning yirik savdo va hunarmandchilik markazlari edi. Xitoy savdosida suv yo'llari alohida ahamiyat kasb etgan. Ko'pchilik shaharlar dengiz yoki daryo bo'ylarida, suv va quruqlikdagi savdo yo'llari ke- sishgan joylarda vujudga kelgan. Shaharlarning o'sishi hunarmandchilikni jadal rivojlanishini ta'minlaydi. Temir, mis qazib olish va eritish ko'payib boradi. Jum- ladan, IX asrdagiga nisbatan mis ishlab chiqarish 30, temir eritish 12 marta ko'payadi. Shuningdek, qo'rg'oshin, simob, qalay, oltin, ku- mush qazib olish ham yuksalib borgan. Xitoyliklar ma'danlarni eritish va ularga ishlov berishda maxsus kimyoviy moddalar, kokslovchi toshko'mirdan keng foydalanishgan. Bu|>csa temirchilikni yuksaltirib, undan qurol-aslaha, pichoqlar, mixlar, turli idishlar tayyorlashni kengayib borishini ta'minlagan. Xitoyning janubiy viloyatlarida hunarmand-to'quvchilar shoyi gaz- lamalarning o'nlab xillarini tayyorlaganlar. lpakdan shoyi so'zana — panno to'qish XII asrda ixtiro qilinib keng tarqaladi. Xitoyda paxtachi- lik ham tobora keng yoyilib, XIV asrdan undan gazlama tayyorlash ham rivojlana boradi. Xitoyda ayniqsa hunarmandchilikning an'anaviy turlari kulolchilik, chinni buyumlar ishlab chiqarish taraqqiy etadi. Yangi bo'yoqlar ixtiro qilinadi. Natijada chinnining: nim yashil, nim kulrang va nim havorang kabi nafis ranglilari tayyorlana boshlanadi. Sex a'zosi bo'lish Xitoy hunarmandlari uchun majburiy edi. Yevro- padagi kabi undagi sexlar ham xalfa, shogirdlar sonini, ularning ish sharoitini, tayyor hunarmandchilik buyumlarini sotishni, hunar sirlarini saqlashni nazorat qilgan.Savdo. Yevropadan farqliroq, Xitoy shaharlarining hunarmandlar yashaydigan qismida ham qizg'in savdo olib borilgan. Shaharlarda hatto tungi bozorlar ham joriy etilgan. Katta bayram kunlari yarmarkaiar tashkil qilingan. Mamlakatda pul munosabatlari yuksalgan, mis va temir pullardan tashqari, kumush va oltin, hatto qog'oz pullar ham tayyorlangan. Xitoy qo'shni mamlakatlar bilan keng ko'lamda savdo-sotiq olib borgan. Buyuk Ipak yo'li Xitoyni O'rta Osiyo orqali Eron va Vizantiya bilan savdo olib borishiga imkoniyat yaratgan. Dengiz sohilidagi port shaharlari: Ninbo, Xanchjou va Guanchjoular Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan faol savdo olib borishgan. Yozma manbalarda o'rta asrlarda Xitoyning port shaharlarida, bir paytning o'zida 200 mingga yaqin: hind, arab, fors, arman, yahudiy savdogarlari bo'lgani qayd etilgan. Dastlab Xitoyning shimolida tuzilgan mo'g'ullar davlati Xubilay xonligi davrida (1259-1294) o'z ta'sirini mamlakatning markaziy va janubiy hududlariga ham o'tkazadi. Xitoy 1279-yili to'liq bo'ysundirilib, yangi mo'g'ullar sulolasi Yuan (1279—1368) nomini oladi. Mo'g'ullar Xitoydagi yerlami. unda yashaydigan dehqonlari bilan birga bo'lib olishadi. Ammo dehqonchilikda xo'jalik yuritish usullari va soliqlar awalgjcha qoladi.Xubilay tnamlakatni boshqarishning xitoycha usulini qo'llasa-da, mahalli> amaldorlar xizmatidan voz kechadi. Natijada davlat moliyasi o'zbek Ahmadga topshirilsa, Nasriddin va Masariylar lashkarboshilikka tayinlangan. Davlat amaldorlan orasida turli xalq vakillarini uchratish mumkin edi. Xususan, venetsivalik sayyoh va savdogar Marko Polo Xubilayxon saroyida yuksak lavozimni egallagan. Min sulolasi boshqaruvi. Mo'g'ullar imperiyasining inqirozi boshlanishi bilan XIV asrning o'rtalaridan Xitoyda ham xalq ozodlik harakati kuchayadi. Xenan va Shandun viloyatlarida 1351-yili boshlangan dehqonlar qo'zg'oloni tez orada butun mamlakatni qamrab oladi. Qo'zg'olonga rohib Chju Yuan-Chjan boshchilik qiladi. 1368-yili mo'g'ullardan ozod bo'lgan Xitoyda Yuan Chjan asos solgan Min imperiyasi faoliyati boshlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |