Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7



Download 1,68 Mb.
bet167/222
Sana31.12.2021
Hajmi1,68 Mb.
#257044
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   222
Bog'liq
7 жаҳон тарихи конспект

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.

  1. Xalifalikda ilm-fanning qaysi sohalari rivojlangaqn?

  2. Osiyo mamlakatlari madaniyatlaridagi o’xshash va tafovutli tomonlar haqida fikr yuriting

Faol o`quvchilar baholanadi.



III.Yangi mavzu bayoni: Reja:

  1. Yevropada hunarmandchilikning qishloq xo'jaligidan ajralib chiqishi sabablarini ko'rsating.

  2. Levant savdo yo’li va u bog’lab turadigan mamalakat hamda shaharlar

  3. Bozor va yarmarkalarning o’rta asr shaharlari hayotidagi ahamiyati

  4. Bankl;ar va yarmarkalar qanday vujudga kelganligi haqida gapirib bering.

Yevropada X-Xl asrlarda ishlab chiqarish yuksalib, u eng avvalo hunarmandchilikda kuzatiladi. Meh- nat qurollarining takomillashuvi, ustalar mahoratining oshishi hunarmandchilikni dehqonchilikdan alohida sohaga aylantiradi.

Mehnat qurollari, ritsarlarning qurol-as- lahalari, himoya anjomlari tayyorlash uchun ko'plab metall zarur edi. Ehtiyojning oshi­shi Yevropada temir rudasini kovlab olish, eritish va ishlov berishni tezlashishiga olib keladi. Zig'irpoyadan to'qilgan gazlamalar odamlarni qoniqtirmay, jundan mato - movut to'qiy boshlaydilar. Gazlama to'- qishda yotiq dastgohlardan foydalanish ish- ning unumdorligi va mahsulot sifatini oshiradi. Dehqonchilikda olinadigan hosilning oshib borishi, hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga yo'l ochadi. Aholining ko'payib borishi o'rmonlarni kesib, yangi yerlarni o'zlashtirish. ekin maydonlarini ko'paytirishni talab qiladi. Qishloq xo'jaligida g'alla yetishtirishdan tashqari, bog'dorchilik, uzumchilik polizchilik, rivojlanadi. Vinochilik, yog'-moy olish, tegirmonchilik sohalari xuddi shu davrdan yuksala boshlaydi. Og'ir g'ildirakli plugning tarqalishi g'allani ekishdan oldin, yerni 2—3 marta haydash uchun imkoniyat yaratadi. Bo'yinturuqning kashf etilishi esa plugni otga qo'shib yerni haydashni tezlashtiradi. Hosildorlikning oshishi dehqon xo'jaligida ortiqcha mahsulotning ko'payishiga va uni hunarmandchilik buyumlariga ayirboshlashga yo'l ochadi.

Hunarmandlar tayyorlaydigan buyumlar turi, soni, sifati oshib boradi. Lekin qishloqda feodal hokimiyatning bo'lishi hunarmandning erkinligini cheklagan. Natijada ular qishloqlardan qochib, o'z buyum- larini tayyorlash va sotish imkoniyati bo'lgan joylarga keta boshlaydi.

Yevropada shaharlarning paydo bo'lishi va yuksalishi turli mamlakatlarda turlicha bo'ladi. Dastlab ltaliya va Fran- siyaning janubidagi: Venetsiya, Genuya, Florensiya, Marsel, Tuluzalar IX-X asrlardayoq yuksala boshlaydi. Vizantiya va Sharq mamlakatlari bilan O'rta dengiz orqali savdo yo'lida joylashgani bu shaharlarga qo'l keladi. Fransiyaning shimolida, Niderlandiya, Angliya va Germaniyada yangi shaharlar X-Xl asrlardan vujudga keladi. Vengriya, Boltiqbo'yi, Rus yerlarida esa shaharlar XII—XIII asrlardan ko'payadi. Yevropa sha- harlarini turli asrlarda vujudga kelishining asosiy sababi ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishdagi farqlar edi. Shaharlar ko'pincha feodallar yerida vujudga kelgan. Dastlab feodallar o'z yerlaridagi shaharlarga homiylik qilib, ko'chib kelgan hunarmandlarni soliqlardan ozod etgan. Ammo shaharlar o'sib, boyib borishi bilan xo'jayinlar ulardan ko'proq daromad olishga intilganlar. Feodallarning jabri hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga to'sqinlik qila boshlaydi. Natijada shaharliklar senor hukmidan ozodlikka chiqishga intilganlar. Ko'pincha shaharlar o'z erkinligini to'lov, pul evaziga qo'lga kiritgan. Bunday imkoniyat bo'lmagan holda ozodlik uchun qo'zg'olon yo'li tutilgan. Fransiyaning qator shaharlarida XII—XIII asrlarda senorlarga qarshi kurash bo'lib o'tadi.

Monastir va qasrlarda yashovchilar hunarmandlarga buyurtmalar bergani, dushman xavf solganida yashirinishi imkoniyati bo'lishi, ular­ning atrofida shaharlarni shakllanishiga sabab bo'lgan. Yevropadagi Myunster, Sen-Gallen, Sen-Dene, shaharlari monastirlar, Strasburg, Gamburg, Augsburglar feodallar qal'alari atrofida, Padeborn, Bre­men, Sveybryukken, Bryuggelar daryo sohillari bo'ylarida, ko'priklar yonida barpo qilingan. Dastlab shaharlar qishloqlardan aholisining ko'pligi bilangina farq qilgan, xolos. Shaharlar atrofi minorali mudofaa devori, suv toidirilgan handaqlar bilan o'ralgan. Qo'riqchi-soqchilar minoralarda tun-u kun almashib turgan. Dush- mandan himoyalanish maqsadida shahar darvozalari va ko'priklari mustahkam temirdan yasalgan. Darvozalar ichidan mahkam tam- balangan. Kechasi handaqlar ustidagi ko'priklar ko'tarib qo'yilgan va shahar darvozasi yopilgan. Shaharlar aholisining aksari qismini hunarmandlar, savdogarlar, hammol, aravakash, sartaroshlar tashkil qilgan. Yirik sha- harlarda boy zodagonlar, feodallar, amaldorlar, tabiblar, ruhoniylar ham talaygina bo'lgan.

Shahar aholisining katta qismi dehqonchilik bilan shug'ullanishda davom etgan. Qal'a devori ortida ekinzorlar, bog'lar, poliz hamda qo'y, qoramol, otlar o'tlab yurgan yaylovlar joylashgan.

Yevropa o'rta asr shaharlari aholisi ko'p bo'lmagan. Ko'pchilik sha­harlar aholisi 3-5 mingdan ortmagan, XIV-XV asrlarda ham 20-30 ming kishi yashagan shaharlar yirik hisoblangan. Eng yirik shaharlar: Parij, Konstantinopol, Milan, Florensiya, Kordova, Seviliyalarda 80- 100 ming aholi yashagan. Shaharlar xo'jaligi asosi hunarmandchilik bo'lgan. Hunarmand ishlab chiqaruvchi ish qurollari egasi bo'lib, xo'jaligini mustaqil yuritgan. Ular bozorlarni o'z buyumlari bilan ta'minlaganlar. Ustaning mehnati barcha ishlar qo'lda bajarilgani uchun nihoyatda mashaqqatli bo'lgan. Xususan temirchi omoch tishini tayyorlash uchun qip-qizil cho'g' bo'lib turgan temirni qo'rdan ombir bilan olib, sandon ustiga qo'ygan va kerakli shaklga keltirguncha uni bolg'alagan. Ma'lum kasb ustalari o'z uyushmalari — sexlarga birlashganlar. Ustalarning umumiy yig'ilishida hamma bajarishi majburiy bo'lgan sex nizomi qabul qilingan. Nizom talabiga binoan buyumlar faqat ma'lum naniuna bo'yicha yasalgan. Sexni boshqarish uchun saylangan oqsoqol hunarmandlarning nizomga rioya qilishini, tayyorlangan buyum- larning sifati va sonini nazorat qilgan. Nizomda ustaning dastgohlari, o'quvchi-shogirdlari, xalfalari soni belgilab qo'yilgan. Bu xildagi tad- birlar ustalar uchun bir xil sharoit yaratish, raqobatga yo'l qo'ymaslik.




Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish