Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.
Yevropada hunarmandchilikning qishloq xo'jaligidan ajralib chiqishi sabablarini ko'rsating.
Levant savdo yo’li va u bog’lab turadigan mamalakat hamda shaharlar
Bozor va yarmarkalarning o’rta asr shaharlari hayotidagi ahamiyati
Bankl;ar va yarmarkalar qanday vujudga kelganligi haqida gapirib bering.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
1.Yevropada asosiy savdo yo'llari haqida nimalarni eslab qoldingiz?
2. Bozor va yarmarkalar o'rta asr shaharlari uchun qanday ahamiyatga ega bo'lgan?
3. Birjalar nima, ular qanday vujudga kelgan?
Sexlar nazoratiga qaramasdan hunarmandlar savdo uchun tayyorlagan buyumlari soni ko'paygan. Natijada xomashyoga va qishloq xo'jalik mahsulotlariga talab ham oshib boradi. O'z navbatida yirik yer egalari va dehqonlarning yetishtiradigan mahsulotlarini ko'payishidan manfaatdorligi oshib boradi. O'z mah- sulotlarini sotib, hunarmandchilik buyumlarini xarid qiluvchilar ko'paya boshlaydi. Yirik shaharlar faqat atrofdagi viloyatlargina emas, chet mamlakatlar bilan ham savdo aloqalarini o'rnatadi. Ilk o'rta asrlardagi natural xo'jalik o'rnini tovar xo'jaligiga bo'shata boshlaydi. Savdoning jonlanishi yo'llarni yaxshilashni talab etadi. Fransiyada qirol farmoniga binoan asosiy yo'llarga tosh yotqizila boshlanadi. Dar- yolar ustida yog'och va toshdan ko'priklar qurish ishlari yo'Iga qo'yiladi. Savdoning yuksalishi kemasozlik va dengizchilik san'atining o'sishiga omil bo'ladi. Suriya, Misr, Eron va O'rta Osiyogacha borgan yevropalik savdogarlar sharq bozorlaridan shoyi gazlamalar, zeb-ziynat buyumlari, ziravorlar xarid qilardilar. G'arb va Sharq mamlakatlari orasidagi aloqalarni yuksalishida Xitoydan boshlanib O'rta Osiyodan o'tgan Buyuk Ipak yo'lining ahamiyati beqiyos edi. Bu karvon yo'li O'rta dengizning sharqiy sohiliga qadar davom etgan. G'arbiy Yevropada XIII-XV asrlarda: Ispaniya, Italiya, Janubiy Fransiyani dengiz orqali Vizantiya hamda Osiyo mamlakatlari bilan bog'laydigan Levant, shimolda Boltiq dengizi orqali London, Bryugge, Lyubek, Novgorod shaharlarini bog'laydigan Shimoliy savdo yo'llari harakatda bo'lgan. Shaharliklar hayoti faqat to'qnashuv yoki isyonlardan iborat bo'lmagan. Ularda harakatchan, ishbilarmon odamlar yashagan. Shaharliklar o'z foydasiga mol sotishni, kimga qarzga pul berishni, aql bilan nimaga pul sarflashni yaxhshi bilganlar. Tinib-tinchimas savdogarlar boyib ketish maqsadida uzoq va xatarli sayohatlarga chiqishgan.
O'rta dengiz sohillari bo'ylab italiyalik savdogarlar o'zlarining savdo manzilgohlari — faktoriyalar tizimini yaratishgan. Ularning ko'pchiligi genuyalik va venetsiyaliklar bo'lishgan. Bu dengiz respublikalari ajoyib savdo va harbiy flotlariga ega bo'lishgan. Ularning kemalari Yaqin Sharq- dan Yevropaga qimmatbaho mollar: shoyi matolar, chinni idishlar, turli ziravorlar va boshqa narsalarni olib o'tardi. Venetsiyalik savdogarlar Pololar oilasi vakillari XIII asrda mo'g'ullar xonining Osiyoning ichkarisidagi qarorgohiga yetib boradi. Marko Polo 25 yil davom etgan sayohatining 17 yilini Xitoyni egallagan mo'g'ullar xoni Xubilay saroyida xizmatda o'tkazib, yevropaliklardan birinchi bo'lib bu sirli o'lkalarni o'z kitobida tavsiflaydi. Yevropaliklar faqat XIX asrdagina dengiz orqali o'tib, XIII asrda Marko Polo sayo- hat qilgan o'lkalarni o'z ko'zlari bilan ko'radilar. Marko Poloning kitobidagi Sharq mamlakatlarining af- sonaviy boyliklari 200 yildan so'ng genuyalik dengizchi Xristofor Kolumbda shunchalik katta taassurot qoldiradiki, u nima bo'lganda ham Hindistonning boy sohillariga yetishga qaror qiladi.
Yevropaning aksari shaharlarida dastlab bozorlar haftaning 1—2 kunida bo'lgan. Doimiy bozorlar faqat yirik shaharlarda uchragan. Mol ayirboshlash va savdoning o'sishi shaharlarda bozorlar quri- lishiga ehtiyoj tug'diradi. Jumladan, Londondagi birinchi yopiq bozor Blekuelxoli 1397-yili qurib bitkazilgan. Bozorlar ma'lum buyumlar yoki mahsulotlarni sotishga ixtisoslasha borgan. Tuluza (Fransiya)da 1203-yili g'alla bozori ishga tushadi. Shaharda boshqa bozorlar ham bo'lib, biri- da vino, boshqasida mo'yna, teri, poyabzallar sotilgan. Yarrnarkalar mol ayirboshlashning kengayishiga xizmat qilgan. Yarmarkalarni yuksaltirish maqsadida hukmdorlar turli imtiyozlar (xususan yo'l solig'ini vaqtinchalik bekor qilish) bcrishgan. Yarrnarkalar savdo-sotiqdan tashqari, xalq sayllari, bayramlari markaziga ham aylangan. Unda sayyor artistlar tomonidan musiqa, qo'shiqlar, sahna tomoshalari ko'rsatilgan. Atrof qishloqlardan kelgan aholi uchun bu tomoshalar, mushakbozliklar yilda bir marta bo'ladigan ko'ngilochar tadbir hisoblangan. Sen-Jermen (Parij) yarmarkasida spektakllar qo'yilgan. Venetsiya yarmarkasida ikki hafta davomida 100 ming kishi qatnashgan. Manbalarda lionlik qahvaxona egalaridan birining yarmarkaga kelgan bitta boy, yaxshi xonada yashashni istagan savdogarga o'nta eng arzon xona yoki bepul tunash istagidagi kishilar to'g'ri kelishi haqidagi xotiralari saqlanib qolgan. O'rta asrlar Yevropasining eng mashhur yarmarkasi Fransiyaning shimoliy-sharqidagi Shampan grafligida (markazi Reyms shahri) bo'lgan.
Savdoning yuksalib borishi natijasida Yevropada turli mamlakatlar savdogarlari to'planib pullarini almashtiradigan joylar - birjalar vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |