Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7



Download 1,68 Mb.
bet14/222
Sana31.12.2021
Hajmi1,68 Mb.
#257044
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   222
Bog'liq
7 жаҳон тарихи конспект

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.

Faol o`quvchilar baholanadi.



III.Yangi mavzu bayoni: Reja:

  1. Amerika tub aholisining mashg'ulotlari haqida gapirib bering.

  2. Mayyaiar tarixi va madaniyati haqida nimalarni bilasiz?

  3. Asteklar kim? Ular haqida so'zlab bering.

  4. Inklar davlati qachon va qayerda vujudga kelgan?

Olimlarning fikricha, Amerika qit'asiga dastlabki odamlar, Shimoliy Osiyodan hozirgi Bering bo'g'ozi orqali buyuk muzlik davrida, bundan 40 ming yil awal o'ta boshlagan va bu jara- yon uzoq vaqt davom etgan. Natijada bu yerlarga yevropaliklar kelguniga qadar ham ko'psonli qabila va elatlar shakllangan. Bu qabilalarning asosiy qismi ovchilik va baliqchilik bilan shug'ullangan. Ammo Markaziy va Janubiy Amerikaning tog' va tog'oldi hududlarida dehqonchilik xo'- jaligi vujudga kelib keng taraqqiy etgan. Bu hududlarda kechua, mayya, astek, olmek va tolteklar yashaganlar. Ular tosh boltalar bilan o'rmondagi daraxtlarni kesib, shox-shabbalarini yon- dirib kulidan o'g'it sifatida foydalanish­gan. Bu yerlarda yevropaliklarga ma'lum bo'lmagan makkajo'xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki ekinlari o'stirilgan. Amerikaning katta qismida xonakilashtirilgan hayvonlar bo'lmagan. Ot, sigir, qo'y va echkilar qit'aga keyinchalik Yevropadan olib kelingan. Ular uy hayvonlaridan shimolda itni, janubda tuyasimon — lamani boqishgan. Parrandalardan kurka va o'rdak saqlangan. Temir, omoch, g'ildirak, o't ochar qurollarni amerikalik hindular bilishmagan. Ularning mehnat va ov qurollari: tosh, jez va yog'ochdan yasalgan. Aholining katta qismi urug'chilik jamoasida yashagan. Faqat dehqonchilik bilan shug'ullangan mayya, astek va kechualar o'zlarining davlatlarini barpo qilganlar. Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida (hozirgi Meksika) chakalakzorlar bilan qoplangan tog' oldi hududlarida qadimdan mayya xalqlari yashab kelgan. Mayyalarda yer jamoa mulki hisoblangan. Qishloq jamoasi ekin maydonlari har bir oilaga taqsimlangan. Jamoa a'zolari yetishtirgan hosilning bir qismi zodagonlar va kohinlarga berilgan. Dehqonlar soliq to'lashdan tashqari, zodagonlarning yerlarini ishlab berishda, ibodatxonalar va yo'llar qurilishida qatnashganlar. Eng og'ir ishlarni qullar bajargan. Qullar tabaqasi esa asir olingan jangchilar, jinoyatchilar, qarzdor- lar va yetimlardan tashkil topgan. Mayyalarda davlat vujudga kelsa- da, jamiyatda urug'chilik tuzumiga xos xususiyatlar saqlanib qolgan.

Dehqonlar makkajo'xori, qovoq, kakao, paxta, qalampir, tamaki, dukkakli ekinlar yetishtirganlar. Aholi mevali daraxtlarni parvarishlash, asalari boqish bilan ham shug'ullangan. Milodiy I ming yillikda mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keladi. Ularning har birini "buyuk kishi" - hukmdor boshqarib, uning hokimiyati merosiy bo'lgan. Hukmdorlar va zodagonlar shahar markazi- da bunyod etilgan saroy-qasrlarda yashaganlar. Shahar cheti va atrof- larida esa dehqonlar va hunarmandlarning tomi qamish bilan yo- pilgan, polsiz kulbalari joylashgan. Mayyalarning iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti milodiy asr boshlarida yozuvni yaratish imkonini jpradi. Kohinlar qilqalani bilan iyerogliflarni bitib, u rasmlar bilan bezatilgan. Ibodatxonalar devorlarida va baland tosh ustunlarda duolar, afsonalar, rivoyatlar, jangnomalar, tarixiy yil- nomalar o'yib yozilgan.

Mayyalar hayotida kohinlar mu­him o'rin tutgan. Ular jamoa a'zo- lariga dehqonchilik ishlarini bajarish muddatlarini belgilab berganlar. Mayyalar eng aniq taqvimlardan birini yaratganlar. Uning ixtirosi qishloq xo'jalik ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lib, matematika sohasida- gi muvafTaqiyatlarga asoslangan edi. Matematikaga "«o/"ni anglatuvchi belgi ham, mayyalar tomonidan hindlardan ham awal kiritilgan. Mamlakat poytaxti - Chichen-Itsada rasadxona ham qurilgan. Unda kohinlar sayyoralarning Quyosh tevaragida aylanishi vaqtini hisoblab chiqqanlar, Quyosh va Oyning tutilishini oldindan aytib bera olganlar.

Mayyalar maxsus tepaliklar yasab, baland poydevorlar ustida o'zlarining zinapoyali ehromlarini, saroy va ibodatxonalarini barpo et- ganlar. Binolar bo'rtma tasvirlar, ma'budlar haykallari, devoriy suratlar bilan bezatilgan. Saroy va ibodatxonalarning derazalari bo'lmasdan, ular eshiklar orqali yoritilgan. Shahar ko'chalari tekis va ravon, bir-birlari bilan to'g'ri burchakda kesishgan holda bunyod etilgan. Yo'llar ustiga yo'nilgan toshlar qoplangan. Mayyalar shaharlarini ham tosh yo'llar bog'lab turgan.




Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish