Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
1. Normandlar istilosining Angliya uchun ahamiyatini ta'riflab bering.
Feodal jamiyatining Angliya va Fransiyada o'rnatilishi xususi- yatlarini qiyoslab, farqlarini aniqlang.
"Buyuk ozodlik xartiyasi"ni siz qanday tushundingiz?
Angliya parlamenti haqida so'zlab bering.
Angliyada qirol hokimiyatining zaifligi uni daniyaliklarning talonchilik niaydoniga aylantiradi. Angl-sakslar bunga qarshi XI asrning 40-yillarida qo'zg'olon ko'targanida, ularga Fransiya- ning shimolidagi Normandiya gersogi yordamga keladi. Ammo ko'p o'tmay bu ko'mak beg'araz bo'lmagani tasdiqlanadi. Normandiya gersogi Vilgelm qo'shinlari 1066-yili Angliyaga kelib tushadi. Gastings jangida normandlarning otliq ritsarlari inglizlar piyoda qo'shinini qurshab oladi. Angliya qiroli Garold va uning qo'shini tengsiz jangda halok bo'Iadi. Normandiya gersogi qirollik taxtini egallab. Vilgelm I nomini oladi. Vilgelm mahalliy feodallar — angl-sakslar yerlarini tortib olib o'z ritsarlariga bo'lib beradi. Ayni paytda kichik va o'rta yer egalari o'z mulklarini saqlab qolishadi. Mamlakat ni itoatda saqlash uchun kuchli qirol hokimiyati zarur edi. Vilgelm barcha feodallarni qirolga sodiqlikka qasamyod qildiradi. Ayni paytda mamlakat yerlarining 1/7 qismi. qirol mulkiga aylanadi.Qirolning eng yirik mulkdor bo'lishi, baronlarga esa yer mulklari- ning turli viloyatlardan taqdim etilishi, Fransiyadagi kabi mustaqil graf- liklarni tashkil topishiga to'sqinlik qiladi. Normandlar istilosi natijasida Angliya dehqonlariga zulm o'tkazish kuchayadi.O'z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida normandlar Angliya bo'ylab ko'plab qal'alar qurdirgan. Ulardan eng mashhuri Londondagi Tauer bo'lib, u hozirgacha mavjud. Angl-sakslarning doimiy qo'zg'olon ko'tarish xavfi baronlarni qirol tevaragida yanada jipslashuviga olib keladi. Istilo qilingan mamlakat iqtisodiy imkoniyatlarini bilish maqsadida Vilgelm Yevropada ilk marotaba yer-mulk va aholi ro'yxatini o'tkazdi.l Ro'yxatga oluvchilar savollariga faqat haqiqatni aytib javob berish naqida qasamyod qildirilishi xalq orasida ro'yxat varaqalarini "Dahshatli sud kitobi" nomini olishiga sabab bo'ladi. Baronlarning aholiga zulmini cheklash uchun grafliklardagi angl- saks mahalliy sudlari saqlab qolinadi. Mamlakat grafliklarga bo'linib, ularning har biriga qirol vakili — sherif tayinlanadi.Angliyada dehqonlar kurashi asrlardan kuchayadi. Ularning bir qismi o'z xo'jayinlaridan qochrb o'rmonlarda yashaganlar. Qochoqlar birlashib feodallar, yepiskoplar, amaldorlar, qirol sudyalariga hujumlar uyushtirganlar. Ularni aholi qo'llab-quwatlagan. XIV asrda xalq og'zaki ijodining sevimli qahramoniga aylangan Robin (>ud siymo- si ana shu boylarning dushmani, ezilgan mehnatkash xalqning himo- yachisi sifatida tasvirlanadi. Genrix II (1154—1189) qirolligida Angliyada moliya va harbiy is- lohotlar o'tkazildi. Baronlar harbiy xizmat o'rniga xazinaga "qalqon puli" solig'i to'lashiga ruxsat berildi. Bu qirolga muntazam yollanma qo'shin tuzish imkonini berdi. Normandlarning mahalliy angl-sakslar bilan aralashishi ma'lum muddatni talab etgan. Qirollar XI1 asr davomida xalqqa "fransuzlar va inglizlar" deb murojaat qilganlar. Etnik va til borasidagi farqlar XII asr oxiridan yo'qola boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |