Ronald Reygan.
1980-yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Ronald Reygan ma’muriyati inqi- rozdan chiqish yo‘llarini topishga urinib, davlatning iqtisodga aralashu- vini chekladi, sarmoya kiritish uchun katta soliq imtiyozlari joriy qildi. Xususiy tashabbus rag‘batlantirildi. Bu va boshqa bir qator tadbirlar «Rey- ganomika» nomini oldi. «Reyganomi- ka» AQSH uchun yaxshi natijalarga olib keldi. Inflatsiya pasaydi, ishsizlik kamaydi, iste’mol buyumlariga talab ortdi. Chet el kapitalining kirib kelishi ancha kuchaydi.
1990-yillar boshida AQSH iqtisodiyotida qisqa muddatli retsessiya kuzatildi. O‘sish sur’atlarining pasayishi xo‘jalikning hamma jabhalari- ni qamrab oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |