I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish,siyosiy yangiliklar bilan tanishtirish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: Savollarga javob bering
«Afrika davlatlari» xaritasi bilan tanishing va mav- zu matnidagi voqelik bilan bog‘liqlikda sharh yozing.
O`q1uvchilar fikri tinglanadi .Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:Ilmiy-texnik inqilob va uning natijalari. So‘nggi yuz yil davo- mida fanning rivojlanishi XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilobga olib keldi. Bu inqilobning asosiy belgilari tabiiy va sinte- tik materiallardan tovarlarni ommaviy ishlab chiqarish, mashinalardan keng foydalanish, ishlab chiqarishning konveyerli liniyalarini, zavod- avtomatlarni va sanoat robotlarini yaratish bo‘ldi. Ilmiy-texnik inqilob jahon iqtisodiyotini kapitalizmning postindustrial davriga olib chiqdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin boshlanib ketgan «sovuq urush» hamda AQSH va SSSR o‘rtasidagi qurollanish poygasi kosmos soha- siga ham ko‘chdi. 1957-yili 4-oktabr kuni Sovet Ittifoqida dunyoda birinchi Yerning sun’iy yo‘ldoshi uchirildi. Akademik S.P. Korolyov boshchiligidagi guruh tomonidan Oyga kosmik kema uchirish bora- sida tadqiqotlar olib borildi. Ular natijasida 1961-yil 12-aprel kuni dunyoda birinchi marta Yuriy Gagarin «Vostok» kosmik kemasida koinotga parvoz qildi. Kosmonavtika davri boshlanib, u koinot haqi- dagi bilimlarimizni kengaytirdi. Dunyoda birinchi temiryo‘l qachon va qaysi dav- latda ixtiro qilingan edi? Aniq fanlardagi kashfiyotlar. Bu yillari aniq fanlar erishgan eng katta yutuqlardan biri lazerning kashf etilishi bo‘ldi. Bu kash- fiyot XX asr fizika fanidagi eng yorqin kashfiyotlardan biri sifatida tan olingan. 1960-yili sovet fiziklari N.G. Basov, A.M. Proxorov va amerikalik olim Ch. Tauns lazer (bu so‘z inglizcha Light Amplifica- tion bu Stimulated Emission of Radiation — majburiy nurlanish nati- jasida yorug‘likning kuchaytirilishi iborasining bosh harflaridan olin- gan) — nurning mutlaqo yangi turini yaratdilar. Bu uchala olimlarga fizika sohasida Nobel mukofoti berildi. Yangi texnika va texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq yana bir yangilik kompyuterning ixtiro qilinishi bo‘ldi. Kompyuter (inglizcha computer — «hisoblagich») dastlab axborotni qayta ishlash va hisoblash uchun yaratilib, elektron hisoblash mashinasi — EHM deb yuritilar va juda katta hajmga ega edi.Integral mikrosxemalarning yaratilishini olimlar XX asrning so‘nggi 50 yili ichida qilingan eng mashhur ixtiro deb atadilar. Insoniyat tarixida binnchi bo lib koinotga parvoz qilgan inson - Yuriy Gagarin.
Hozir deyarli barchamiz foydalanadigan uyali telefonlar ham XX asr ixtirosi. Shvetsiyaning Televerket kompaniyasi 1940-yillar oxiri- dayoq uyali telefonlarni yaratish ustida ish boshlagan edi. Shved- lar tomonidan taklif qilingan birinchi ommaviy uyali telefon alo- qasi MTS — Mobil telefon sistem (mobil telefon tizimi) deb ataldi. 1970 — 1980-yillari Ericsson, Philips va boshqa ko‘plab mashhur kompaniyalar tomonidan uyali telefon apparatlarining yangi turlari yaratildi. Shu yillari zamonaviy ko‘rinishga yaqin apparatlar pay- do bo‘ldi. Massachuset texnologiya instituti xodimlari uzoq maso- fadan turib kompyuter orqali aloqa o‘rnatish mumkinligini asosla- di va internetning yaratilishini yaqinlashtirdi. 1969-yili Internetning o‘tmishdoshi ARPANET yaratildi. 1972-yili E-mail (elektron pochta) paydo bo‘ldi. San’at. XX asrning ikkinchi yarmida san’atda abstraksionizm (abstraksiya-mavhum) yo‘nalishi keng ommalashdi. Abstraksionizm fotografiya san’atining rivojlanishiga o‘ziga xos javob tarzida paydo bo‘ldi. Abstraksionizm vakillari endi tasvirda harakatni, hissiyotni ifodalashga intildilar, zotan, ularning fikricha, aynan shu jihatlarni fotografiyada aks ettirishning iloji yo‘q edi. Abstraksionizmga qarama-qarshi ravishda pop-art (ommaviy san’at) paydo bo‘ldi va tezda Yevropaga tarqaldi. Pop-art ixlosmandlarining fikricha, dunyodagi har qanday buyum o‘zining dastlabki iste’molchilik ahamiyatini yo‘qotib, badiiy, estetik sifat kasb etishi mumkin. San’atning bu yo‘nalishlarida olam qiyofasidagi mantiq va aniqlik- ning yo‘qligi san’atdagi modernizm bosqichi o‘z imkoniyatlarini tugatganidan dalolat edi. Endi G‘arb va Sharq san’ati, o‘tmish va zamonaviy uslublar, folklor va ommaviy madaniyat elementlarini o‘zida jamlagan postmodernizm uslubi paydo bo‘ldi. Adabiyot. Urushdan keyin bir qator yozuvchilarning roman- lari urushni badiiy usullar bilan anglashga bag‘ishlandi. Bu davr- da ko‘pchilik asarlar antifashistik, patsifistik ruhda yozilgan bo‘lsa, 1960-yillardan keyin realizm jamiyatdagi yangi dolzarb muammolar- ni aks ettirish quroliga aylanadi. Ularda inson va tabiat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, tabiatdagi halokatlar inson va jamiyatning ham tubanlashuviga olib kelishi haqida o‘ta ta’sirli badiiy obrazlar orqali yorqin ifoda qilinadi. Bayon qilishning realistik shakli XX asrning yangi adabiy yo‘na- lishi — ommaviy adabiyotda o‘ziga yo‘l topdi. IV.Mustahkamlash: Quyidagi atamalarni izohlang
Konveyer…, Postmodernizm…, Patssifizm…, Yuriy Gagarin…, Arpanet…
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: Savollarga javob yozib kelish