I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish,siyosiy yangiliklar bilan tanishtirish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: Atamalarni izohlang
F.Kasto…, Salvador Alyende…, Augusto Pinochet…, P.Eylvin…,
O`q1uvchilar fikri tinglanadi .Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:Ikkinchi jahon urushi va uning oqibatlari. Ikkinchi jahon uru- shidan so‘ng Afrikada milliy-ozodlik harakatining xarakteri o‘zgardi. 1945-yil Manchester shahrida V Panafrika kongressi bo‘ldi. U Af- rika xalqlari kurashida sifat jihatidan yangi davr boshlanganligini aks ettirdi. Bu kongressda oldingilariga nisbatan juda ko‘p Afrika tashkilotlari qatnashdi. Kongressda mustamlakachilikka va imperia- lizmga qarshi ruh ustuvor bo‘ldi. Afrikaning barcha mintaqalari va mamlakatlaridagi ahvol muhokama qilindi. Kongress butun qit’aga va barcha yirik mintaqalar hamda mamlakatlarga qaratilgan yangi inqi- lobiy talablarni ilgari surdi. Ko‘plab Afrika mamlakatlari uchun urushdan keyingi yillar siyosiy partiyalarni tuzish, mustamlaka rejimlarini qulatish uchun kurash davri bo‘ldi. Afrikaliklar ongida mustamlakachilik tushunchasi Yevropaning hukmronligi bilan bog‘liq edi. Shu sababli mustaqillik uchun kurash ko‘pincha barcha yevropacha narsalarni rad qilishga aylanib qoldi. Bu haqida g‘arbiy afrikalik shoir Bernar Dadye shunday yozgan edi: Men galstuk taqishni yoqtirmayman. Bo‘ynimga hashamli zanjir taqaman, Boadab Yevropaning qullik zanjiri... Men soat taqishni yoqtirmayman. Qo‘limga zulmni taqib yuraman, Yevropaning bema'ni zulmini... Metropoliyalar ham asta-sekin hukmronlikning avvalgi usullaridan voz kechib bordi. «Afrika yili». Mustamlakachilikdan ozod bo‘lish jarayonining eng yuqori nuqtasi 1960-yilga to‘g‘ri keldi. U tarixga «Afrika yili» si- fatida kirdi. Shu yili jahon xaritasida 17 ta yangi Afrika davlat- lari paydo bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi fransuz va ingliz mustam- lakalari edi. Afrikaning eng katta davlatlari Nigeriya va Kongo o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Mustamlakachilik davrida ikkiga bo‘linib ketgan Somali birlashib, mustaqil Somali Demokratik Respublikasi nomini oldi. «Afrika yili» qit’adagi holatni o‘zgartirib yubordi. Boshqa mam- lakatlarda ham mustamlaka tuzumining qulashi muqarrar bo‘lib qoldi. Keyingi yillarda Buyuk Britaniyaga qarashli deyarli barcha davlat- lar o‘z mustaqilligini e’lon qildi. 1975-yili Portugaliyada inqilob yuz bergandan so‘ng uning mustamlakalari ham mustaqil davlatlar sifatida tashkil topdi. Shu tariqa, 1990-yillarga kelib, Sahroyi Kabirdan janubda 40 dan oshiq siyosiy mustaqil davlatlar tashkil topdi. Ularning ko‘pchiligi o‘zlarini respublika deb e’lon qildi. Afrika davlatlari muammolari. Mustamlakachilik rejimining ag‘da- rilishi va siyosiy hokimiyatning afrikaliklarga o‘tishini butun Afrika juda katta yutuq deb hisobladi. Ular o‘zlarining ulkan umidlarini mustaqillik bilan bog‘ladilar. Deyarli birdaniga hayot tubdan yax- shilanadi, degan ishonch keng tarqalgan edi. Bu quvonchli umidlarga aholining katta qismi singari soddadillik bilan bo‘lmasa-da, har qalay afrikalik liderlarning ham ko‘pchiligi ishonar edi. Hayot yaxshilanib bordi. Afrikaliklar davlat apparatining barcha bo‘g‘inlarini, armiya, politsiyani o‘zlari shakllantira boshladi. Afri- kaliklar madaniyatining rivoji uchun keng imkoniyatlar paydo bo‘ldi. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar ishida teng huquq bilan ishtirok etish, yangi davlatlar va ular fuqarolarining o‘zligini namoyon qi- lishida katta rol o‘ynadi.